SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda talabalar ishtirokida “Siyrat musobaqasi” bo‘lib o‘tdi.

20-dekabr kuni “Tarix” kafedrasi tashabbusi bilan “Siyrat musobaqasi” o‘tkazildi.

 

sir1

             Musobaqada “Tarix” va “Dinshunoslik” yo‘nalishlaridan iborat jamoalar 6 guruh doirasida 4 shart asosida o‘zaro bellashdilar.

         Musobaqa shartlarini tarix fanlari doktori, professor A.Hasanov, “Manbalar xazinasi” mudiri o‘rinbosari B.Ahmedov, “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi mudiri D.Maxsudov, “Tarix” kafedrasi mudiri N.Nasrullayev, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi xodimi A.Murotov hakamlar hay'ati a'zolari sifatida baholab bordilar.

sir2

1-shartda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) hayotlari va faoliyatlari bilan bog‘liq devoriy gazetalar talabalar tomonidan sharhlab berildi.

sir33

2-shart savol-javob bo‘lib, 10 ta qisqa savollar berildi va guruhlarning islom tarixiga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

3-shartda “Bu kim” mavzusi ostida islom tarixiga oid kitobdan shaxs nomlari hamda voqyelik haqida ma'lumot berishlari kerak. Talabalar ham bu shartda faollik ko‘rsatdilar.

4-shart taqdimot-prizintatsiya sharti bo‘lib, bunda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) hayotlari bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni tushuntirib berishlari lozim. Bu shartni ham bilag‘on talabalarimiz a’lo darajada bajarishga harakat qildilar.

 Nihoyat, musobaqaning yakuniy bosqichida faol guruhlar hakamlar tomonidan aniqlandi. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra,

1-o‘rinni “Tarix” yo‘nalishi 2-kurs talabalari,

2-o‘rinni “Dinshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs hamda 3-o‘rinni “Tarix” yo‘nalishi 1-kurs talabalari qo‘lga kiritdi.

G‘olib guruhlar universitet tomonidan esdalik sovg‘alari, kitoblar bilan taqdirlandilar.

O‘tkazilgan tadbir islom tarixiga oid chuqur bilimga ega bo‘lish hamda olingan bilimlarni yanada mustahkamlash barobarida, boy ilmiy merosimizni yosh avlod tomonidan keng o‘rganish va tadqiq etish imkonini beradi.

Ishtirokchilar musobaqa shartlari orqali islom tarixi bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar.

sir3

Tadbir samarali va mazmunli hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yuqori darajada tashkil etildi va o‘tkazildi. Bu kabi tadbirlar universitet talabalari uchun nazariy bilimlarni amaliy jihatdan ifodalab berishda va muayyan darajada tahlil qilishda samarali vosita hisoblanadi. 

TIU Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top