SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet o‘qituvchi va magistrlari “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’ruza olib bordilar.

19-dekabr kuni universitetning bir guruh o‘qituvchi-xodim va magistrlari Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti talabalari uchun ma'ruza mashg‘ulotlari o‘tkazdilar.

  

boB

Universitetning “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO” kafedrasi o‘qituvchilaridan R.Isoqjonov, I.Haydarov, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi N.Mukaramxonov, magistr B.Botirov ishtirok etdi va auditoriyalar doirasida talabalarga ma’ruza olib bordi.

Ma’ruzada diniy ekstremizm, terrorizm tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, tarixiy ildizlari, guruh va oqimlarning yuzaga kelishi, vayronkorlikka qaratilgan harakatlari, Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siri, umuman davlatlar tinchligiga tahdidi, global xavfi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

Ma'ruza davomida diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siridan himoyalanishda islom ma'rifatini to‘liq anglab yetish, din haqida atroflicha bilimga ega bo‘lish, islom dinining bunyodkorolikka, ezgulikka, poklikka qaratilgan g‘oyalarini ongu shuurga singdirish lozimligi ta'kidlandi.

b02

Shuningdek, islom ma’rifati yo‘lida Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, buyuk allomalarimiz boy ilmiy merosini tadqiq etish va o‘rganishga qaratilgan sa’y harakatlar, bu borada qabul qilingan qaror va farmonlar, muhim islohotlar xususida gapirib o‘tdilar.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachilar atroflicha ma'lumotlarni berdilar.

       sav1 

Ma’ruza orqali talaba-yoshlarda atroflicha nazariy bilim hosil qilish barobarida ular qalbida buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish tuyg‘usi hamda fan sohalari bo‘yicha yetarli bilimlarni egallagan holda yurt ravnaqi, uning ertangi porloq kelajagiga munosib hissa qo‘shishlari lozimligi g‘oyasi shakllantirildi.

TIU Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top