Toshkent islom universiteti qoshidagi xorijiy
tillarga
ixtisoslashtirilgan Respublika maktabi
Ixtisoslashtirilgan Respublika maktabi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunining 9-moddasiga binoan uzluksiz ta'limni ta'minlash maqsadida Toshkent islom universiteti rahbariyati tashabbusi va Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda 2003 yilda tashkil etilgan.
Asosiy maqsad va vazifalar
Ixtisoslashtirilgan Respublika maktabining asosiy maqsad va vazifalari ma'naviy barkamol vatanparvar, mehnatsevar va bunyodkor, har tomonlama yetuk, mustahkam bilimli avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, kamol toptirish, iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularda o'z bilimlarini mustaqil rivojlantirish ko'nikmasini hosil qilish, o'quvchilar aqliy, ma'naviy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ta'lim jarayoni
Ixtisoslashtirilgan Respublika maktabi 5-9-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unga iqtidorli o'quvchilar tanlov imtiholari asosida 5-sinfga qabul qilinadi. O'quv kuni 5-sinflar uchun soat 08:30 dan 16:00 ga qadar, 6-9-sinflar uchun 15:00 ga qadar davom etadi, shanba-14:05 gacha, yakshanba dam olish kuni.
O'quv jarayoni va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, xorijiy (ingliz, arab) tillar bo'yicha dars mashg'ulotlarini chuqurlashtirilgan tarzda olib borish yo'lga qo'yilgan.
Ixtisoslashtirilgan Respublika maktabida hozirga kelib 46 nafar o'qituvchi faoliyat ko'rsatmokda. Ulardan 7 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan
O'quvchilarga ta'lim jarayonida qulay sharoit yaratish, ta'lim samaradorligini yanada oshirish maqsadida fan kabinetlari (ona tili, adabiyot, tarix, dunyo dinlari tarixi, matematika, biologiya, arab tili, ingliz tili, informatika, duradgorlik, tikuvchilik, shaxmat, lingofon xonalari) tashkil etilib, ko'rgazmali qurollar bilan jihozlangan. 5-sinflar xonasi 10 ta fan (ona tili va adabiyoti, matematika, tarix, dunyo dinlari tarixi, arab, ingliz, rus tillari, geografiya, botanika) bo'yicha fanlar majmuasi tarzidagi ko'rgazmali jihozlar bilan ta'minlangan.
Maktabni moliyalashtirish
Davlat byudjeti mablag’lari;
Byudjetdan tashqari mablag’lar:
o’quvchilarni ovqatlantirish va to’garak mashg’ulotlari
uchun ota-onalar tomonidan to’lanadigan mablag’;
Homiylar mablag’i.
Ushbu mablag'lardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
o'quvchilarga har kuni ikki mahal issiq ovqat;
madaniy maskanlarga o'quvchilar tashriflari;
to'garak mashg'ulotlari;
o'qituvchilarning kasb-mahoratiga ko'ra qo'shimcha maosh.
maktabning moddiy-texnika va o'quv bazasini mustahkamlash.
Kutubxona zaxirasi
Maktab kutubxonasida 9.650 ta kitob mavjud bo'lib, ulardan 8.822 tasi darsliklar, 704 tasi (121 nomda) badiiy adabiyotlar. O'quvchilar 100 foiz darsliklar bilan ta'minlangan. Rossiya elchixonasi tomonidan 62 nomdagi jami 124 ta rus tilidagi jahon adabiyoti namunalari xayriya sifatida taqdim etildi.