|
|||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||
|
Litsey
Toshkent islom universiteti qoshidagi akademik litsey O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimovning 1999 yil 7 apreldagi Farmoni va Toshkent islom universitetining 20 iyun 2000 yildagi 01-24-sonli buyrug'i asosida tashkil etilgan. Akademik litseyning asosiy maqsadiDinshunoslik, islomshunoslik, fiqh, islom tarixi va falsafasi bilan birga zamonaviy iqtisodiyot va siyosat, tabiiy va aniq fanlar, matematika, hamda arab va ingliz tillarini chuqur o'rgatish bilan yuqori, har taraflama etuk shaxslarni rivojlantirish; nafaqat islom universitetiga, balki yana boshqa universitetlarga kirish uchun kerak bo'lgan ilmiy-nazatiy jihatdan o'quvchilarda fundamental baza yaratish; Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha o'quvchilarni izlanishga va mustaqil fikrlashga jalb etish. Milliy madaniyatimizga bo'lgan hurmat va muhabbatni uyg'otish, dinlar o'rtasidagi o'zaro do'stlik va Vatanga bo'lgan bo'lgan vatanparvarlik tuyg'ularini tarbiyalashdan iborat. O'qitishHozirgi paytda akademik litseyda 2 ta yo'nalish mavjud:
Ta'lim muassasasida ilm o'rganish va tarbiya olish uchun barcha sharoitlar mavjud. Universitet va akademik litseyning yuqori malakali va eng yaxshi mutaxassislari dars berishadi. Akademik litsey zamonaviy fan kabinetlari: kimyo, fizika, biologiya, hamda lingafon va kompyuter xonalarini o'z ichiga oladi. Litseyimiz bitiruvchilari mamlakatimizdagi Oliy o'quv yurtlariga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishmoqda. Misol uchun, ular hozirgi kunda Toshkent iqtisodiyot instituti, ToshDavTexUniversiteti, Vestmister, Toshkent davlat jahon tillari universiteti, Irrigatsiya instituti, Aloqa universiteti, Pedagogika universiteti, Bojxona va Moliya institutlari va boshqa oliy o'quv yurtlarida tahsil olishmoqda. Litseyga kirish sharti9-sinfni bitirgan o'quvchilar test va imtihonlarni yaxshi topshirganlaridan so'ng akademik litseyga qabul qilinadi. Quyidagi fanlar bo'yicha imtihon olinadi: Bukletni yuklab olish |
|
|
Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti |
| Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi |