|
AspiranturaO'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom
universiteti aspiranturasi 2000 yil tashkil etilgan. Har yili 15 dekabrda
kunduzgi aspiranturaga qabul o'tkaziladi. Aspiranturada 240000 "Sharqshunoslik
fanlari" mutaxassisligining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot
ishlari olib boriladi:
- 240001 - "Dinshunoslik nazariyasi"
- 240002 - "Islom tarixi va manbashunosligi"
- 240003 - "Islom huquqi"
Bo'limni fil.f.n. N.S.Azizova boshqaradi.
Bugungi kunda Toshkent islom universiteti aspiranturasida 17 ta aspirant, 35
ta tadqiqotchi, 2 ta doktorant-tadqiqotchi din tarixi, falsafasi, nazariyasi,
islom dini tarixi, falsafasi, manbalari, islom huquqi masalalariga doir turli
mavzularda ilmiy izlanish olib bormoqda. Ularga professorlar, fan doktorlari,
dosentlar, fan nomzodlari ilmiy rahbarlik qiladilar.Universitet aspirant va tadqiqotchilari respublika miqyosida o'tkaziladigan
hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda uzlarining ilmiy maqolalari bilan faol
ishtirok etadilar. Har yili universitet miqyosida aspirant va tadqiqotchilarning
ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkaziladi hamda muhokama qilingan maqolalar
nashrga tavsiya etiladi. Shu bilan birga, aspirantlar o'z mutaxassisliklari
bo'yicha talabalar, akademik lisey o'quvchilari uchun ma'ruzalar o'qiydilar,
amaliy mashg'ulotlar o'tkazadilar.
Hozirgi kunda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar
yaratilgan. Universitet Ilmiy kengashi aspirantlarning faoliyatiga alohida
e'tibor bilan qaraydi. O'quv yili davomida Ilmiy kengash majlislarida
aspirantlar va ularning ilmiy rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda
muhokama qilib boradi. Ilmiy kengash qarorlari asosida ularga imtiyozlar,
qulayliklar yaratiladi. Muddatidan ilgari ilmiy ishini nihoyasiga yetkazgan
aspirant va uning ilmiy rahbariga Ilmiy kengash qarori bilan stipendiyasi va
oylik maoshining 10 barobar miqdorida mukofot beriladi. Aspirant va
tadqiqotchilarning o'z ilmiy ishlarini himoya qilishlari uchun universitetda
nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarining himoyasi bo'yicha Ixtisoslashgan
kengash faoliyat ko'rsatmoqda.
Bugungi kunda 3 ta aspirant o'z ilmiy ishini yakunlab, muvaffaqiyatli himoya
qildi.
|