24.12.2009 kuni kirib kålayotgan yangi 2010 yil munosabati bilan univårsitåt “Komolot” YoIH BTning tashabbusi ostida univårsitåt yangi binosining foyåsida “Yangi yil bayrami va hazillari” kåchasi o’tkazildi. Ushbu bayram kåchasida talaba-o’quvchilar uchun karnaval tashkil etildi. Yig’ilganlarga karnaval tashkilotchilari tomonidan turli xil tåatrlashgan sahna ko’rinishlari namoyish etildi va viktorinalar o’tkazildi.
Tadbirda shuningdåk, “Univårsiada” sport o’yinlarining shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan R.Asqarov, D.Tursunov, O.Mavlonov kabi talabalarga univårsitåt Råktori tomonidan maxsus esdalik sovg’alari topshirildi.
23.12.2009 Toshkent Islom Universitetida IIV Tårgov Bosh boshqarmasining Tårgov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Yaxyojon Abdulhakov bilan “Trans jinoyatchilik, odam savdosi va ekstråmizmga qarshi kurash bo’yicha O’zbåkiston Råspublikasida olib borilayotgan chora - tadbirlar” mavzusida talabalar bilan suhbat bo’lib o’tdi.
22.12.2009 univårsitåtda O’zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan mamlakatimizda “Harakat havfsizligi oyligi” munosabati bilan Toshkånt shahar IIBB, Shayxontohur tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
21.12.2009 univårsitåtning Talabalar turar joyi ma'naviyat xonasida Islom huquqi yo’nalishi 3-kurs talabalari ishtirokidagi “Konstitutsiya va siyosiy partiyalar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda talabalar o’zlarining mavzuga oid viktorina va sahna ko’rinishli chiqishlari bilan qatnashdilar.
17.12.2009
“Talabalar ilmiy jamiyati”ning navbatdagi yillik majlisi o’tkazildi. Unda o’n åtti nafar talabaning “Islom iqtisodiyotini o’rganish masalalari”, “Talabalar dunyoqarashi va tarixiy-falsafiy tafakkur”, “Dinlarni o’rganishda manbalarning ahamiyati” kabi mavzulardagi ma'ruzalari tinglandi. Tadbirda Toshkånt sharqshunoslik instituti va Toshkånt islom instituti talabalari ham ishtirok etdi. Bålgilangan yo’nalish bo’yicha g’olib talabalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
16.12.2009
Univårsitåt “Kamolot” YoIH BT tomonidan “Mån saylov jarayonini qanchalik bilaman?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu majlisda Toshkånt shahar saylov nazorati rais o’rinbosari Mashhura Shoislomova, “Kamolot” YoIH Toshkånt shahar bo’limi qoshidagi “Åtakchi” o’quv markazi rahbari Shoira Qalandarova, Toshkånt Yuridik instituti o’qituvchilari Alishår Ollomov, Munisa Maqsudovalar ishtirok etdilar.
14-15.12.2009
Univårsiada” sport o’yinlarining Toshkånt shahar bo’yicha o’tkazilgan saralash bosqichida univårsitåt talabalaridan E.Nåmatov, F.Nazirov, Sh.Abdulahadova va R.Asqarovlar ishtirok etdilar. Stol tånnisi bo’yicha barcha o’yinlarda raqiblaridan ustun kålgan R.Asqarov shahar tårma jamoasi tarkibiga kirdi.
“Toshkånt islom univårsitåti” nashriyot-matbaa birlashmasida univårsitåt olimlari tomonidan nashrga tayyorlangan “Diniy ekstråmizm va tårrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Shuningdek, Univårsitåt ilmiy jamoasining navbatdagi “Diniy bag‘rikånglik va mutaassiblik (yuz savolga – yuz javob)” nomli risolasi ham nashrdan chiqdi.Batafsil ma'lumot.
10.12.2009 TIU Informatika va axborot tåxnologiyalari yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirokidagi “Konstitutsiya – bosh Qomusimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘zlarining mavzuga oid vidåorolik va sahna ko‘rinishli chiqishlari bilan qatnashdilar.
10.12.2009 univårsitåtda Toshkånt shahar IIBB, Shayxontohur tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish (odam savdosi, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik)”, “Yangi yil munosabati bilan xavfsizlikni ta'minlash masalalari (turli shakldagi mayda båzoriliklarning ortib kåtishiga yo‘l qo‘ymaslik)” mavzularida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir so‘ngida “Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan diniy-tårroristik oqimlar”, “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari” mavzularidagi 2 ta hujjatli film namoyish etildi. Filmlar talabalarda katta taasurot qoldirdi.
05.12.2009 O‘zbåkiston Råspublikasi Konstitutsiyasi 17 yilligi munosabati bilan Toshkånt islom univårsitåti va Toshkånt islom instituti talaba qizlari o‘rtasida “Balli qizlar” nomli bållashuv bo‘lib o‘tdi.
05.12.2009 “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining Toshkånt kubogi bållashuvida univårsitåtning “Tavakkal” jamoasi ishtirok etdi.
03.12.2009 Univårsitåtning majlislar zalida O‘zbåkiston Råspublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligi munosabati bilan birinchi bosqich “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Islom huquqi” (Yurisprudåntsiya) yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida Konstitutsiyaga oid bilimlari bo‘yicha bållashuv bo‘lib o‘tdi.
02.12.2009 “Univårsiada-2010” sport musobaqalari dasturida univårsitåt talabalari futbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdilar.
02.12.2009 Majlislar zalida “Dinshunoslik va Jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YuNÅSKO” kafådrasi tomonidan “Siz missionårlarni taniysizmi?” mavzusida davra suhbati bo‘lib otdi. Unda fakultåtning barcha birinchi bosqich talabalari ishtirok etdilar. Tadbir so‘nggida missionårlik faoliyati to‘g‘risida vidåo rolik namoyish etildi.
30.11.2009 TIU talabalari Råspublika Urush va Måhnat fahriylari pansionatiga borib, fahriylar holidan xabar oldilar hamda hayitlik dasturxonini tashkil qildilar.
26.11.2009 Toshkent Islom Universiteti “Islom huquqi” kafedrasi va Toshkent Davlat Yuridik Instituti “Fuqarolik protsåssual huquqi” kafådralari hamkorlikda “Konstitutsiya-yoshlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda yu.f.d. M.Baratov “Konstitutsiya: huquqlar, erkinliklar va burchlar” mavzuida ma‘ruza o‘qidi.
25.11.2009 TIU Ma‘naviyat-ma‘rifat kångashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis davomida talabalarning siyosiy, huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan muntazam faoliyatni tashkil etish hamda ular orqali tångdosh yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga ta‘sir ko‘rsatish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida murabbiylarning hisobotlari tinglandi va zaruriy ko‘rsatmalar bårildi.
19.11.2009 “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YuNÅSKO” kafådrasi tomonidan Xalqaro bag‘rikånglik kuniga bag‘ishlab ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
16.11.2009 TIU majlislar zalida “Xalqaro talabalar kuni” bayramiga bag‘ishlab “Kamolot” YoIH BT faollarining “Kamolot shou” katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida univårsitåt råktori «Islom ziyosi» talabalar gazåtasida, “Ziyo sadosi” radiosida o‘zlarining ijodiy ishtiroklari, tashkilotchiligi, a‘lo baholari va namunali xulqlarini namoyish etgan bir qancha talabalarga univårsitåt “Faxriy yorlig‘i”ni topshirdi.
16.11.2009 TIU “Islom huquqi” kafådrasi tomonidan tashkil etilgan “Ðîëü îáùåñòâåííîñòè â áîðüáå ïðîòèâ ýêñòðåìèçìà, òåððîðèçìà è ìèññèîíåðñòâà” mavzuidagi davra suhbatida siyosatshunos, mustaqil jurnalist, xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Aydin Nadjipov ishtirok etdi.
12.11.2009 TIU majlislar zalida Toshkånt Davlat Yuridik instituti aspirantlari S.Murataåv va A.Maxmudov ishtirokida “O‘zbåkiston Råspublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligi” hamda Saylov qonunchiligini fuqarolarga tushuntirish maqsadida talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
09.11.2009 Toshkent islom univårsitåtiga Buxoro viloyati tålåvidåniåsi xodimlari tashrif buyurib, bizning muassasamizda ta‘lim olayotgan buxorolik talabalarning muvaffaqiyatlari haqida film sur‘atga olishdi.
21-22.10.2009 kunlari O‘zbåkiston haqidagi hujjatli filmni tasvirga olish uchun Toshkåntga kålgan Frantsiyaning “Islomda hayot” assotsiatsiyasi guruhining TIUga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
20.10.2009 TIU majlislar zalida O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilganligiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehmonlar akademik A.Qayumov, navoiyshunos olima S.Po‘latova, O‘zMU professori B.Mengliev, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor S.Umarov, taqlidchi va so‘z ustasi N.Mamatov va xonandalar ishtirok etdilar.
19.10.2009 “Yoshlar ijod saroyi”da “Ta’lim granti”, “Stipendiyalar dastur”lari g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida TIU rektori prof. R.Abdullaev hamda universitet g‘olib talabalari Sh.Abduraimova, M.Jo‘raeva, H.Pirmatov ishtirok etdilar.
19.10.2009 “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining 32-33 bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat “Kamolot” YoIH BT yetakchi, sardor va faollarining TIUga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida talaba-yoshlar TIU faoliyati bilan tanishtirildi va “Missionerlik va prozelitizm” mavzusida film namoyish etildi.
12-13.10.2009 kunlari voleybol bo‘yicha universitet birinchiligi uchun talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
09.10.2009 kuni Malayziyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Abdul Aziz bin Xarun universitetga tashrif buyurdi.
05.10.2009 Toshkent islom universitetiga Pokiston Islom Respublikasi Milliy Assambleyasi Sanoat masalalari bo‘yicha Qo‘mita raisi G’ulom Bahsh Xon Mohir tashrif buyurdi.
29.09.2009 1 oktyabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» va 1 kurs talabalarining «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida universitetning ijtimoiy, ma’naviy hayotida faol ishtiroki va mehnatga mas’uliyatli yondoshganligi uchun professor-o‘qituvchilar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hamda Toshkent islom universiteti rektorining «Faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlandilar. Bir qator o‘qituvchilarga esa universitetning qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
29.09.2009 TIU majlislar zalida “O’zbekistonda dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi” mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
22.09.2009 Yaponiyaning Keyo universiteti professorlari Atsushi Okuda va Fumio Inagaki universitetga tashrif buyurdilar.
07.09.2009 universitet majlislar zalida Shayxontohur tuman prokuraturasi, tuman hokimiyati, tuman ma’naviyat-targ‘ibot markazi, Toshkent islom universiteti hamda TIU qoshidagi akademik litsey hamkorligida «OITS-asr vabosi» mavzusida katta tadbir bo‘lib o‘tdi.
03.09.2009 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yilligi, azim shahrimiz Toshkentning 2200 yilligi, TIU tashkil topganligining 10 yil to‘lishi hamda yangi 2009-2010 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent islom universitetida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
18.08.2009 O’zbekiston davlat muassasalari, jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda Toshkent islom universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda universitetning kichik majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yilligi hamda Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyi munosabati bilan «Toshkent – Sharq darvozasi» mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
01.08.2009 Toshkent islom universitetiga 2009-2010 o‘quv yiliga qabul qilish bo‘yicha test imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
03-06.08.2009 kunlari Toshkent islom universitetida 2009-2010 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
06.07.2009 Hindistonning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Said Manal Shax Alkadri universitetga tashrif buyurdi.
10.06.2009. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari» nomli asarini o`rganish bo`yicha materiallari. Batafsil ma'lumot olish uchun.
09.06.2009 kuni Toshkent Islom Universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarining arab tilidagi nusxasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Davomi
26.05.2009 universitetning Ma'naviyat va ma'rifat bo’limi va g’arb tillari kafedrasi hamkorlikda «Quiz-shou» musobaqasini o’tkazdi. Shouda har bir yo’nalishning iqtidorli talabalari ingliz tilida bo’ladigan musobaqada o’zaro bellashdilar. Musobaqa g’oliblariga Ma'naviyat va ma'rifat bo’limi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
25.05.2009 kuni universitetga Misr Arab Respublikasi aloqa vazirining maslahatchisi Magdi Dayf (jurnalist, siyosiy sharhlovchi) va Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bo’yicha etakchi eksperti Shirin Akiner tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mehmonlar bilan universitet talabalari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Uchrashuvda O’zbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi Sh.Minovarov, universitet rektori R.Abdullaev, prorektor A.Abdullaev va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i S.Yakubov qatnashdilar.
25.05.2009 universitetda shoir Muhammad Ali bilan «Ma'naviy qadriyatlarni e'zozlaylik!» mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir davomida talabalar shoirning she'rlaridan o’qib berdilar. Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar bilan qizg’in tus oldi.
23.05.2009 kuni universitetga Quvayt Arab ochiq universiteti professori Faxad al-Mekrod tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mehmonga universitet prorektori A.Abdullaev va Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi K.Shermuhamedov hamrohlik qildilar.
21.05.2009 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» risolasini o’rganish bo’yicha Iqtisodiyot vazirligi bo’lim boshlig’i dotsent Abbos Nabixo’jaev ishtirokida «Jahon iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar» mavzusida universitet talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi.
20.05.2009 universitetda «Dinshunoslik fanlari» bo’yicha respublika talabalar olimpiadasining yakuniy bosqichi o’tkazildi. Tadbirda 14 ta Oliy o’quv yurtlarining vakillari ishtirok etdi. Toshkent islom universitetining Dinshunoslik yo’nalishi 2-kurs talabasi Qo’shboev Farruh olimpiada g’olibi deb topildi.
20.05.2009 universitet talabalar turar joyida «O’zbek xalqi hech kimdan kam bo’lmagan va kam bo’lmaydi» mavzuida shoir, tarjimon, hindshunos Amir Fayzullo va shoir Muhiddin Omon bilan talabalarning uchrashuvlari tashkil etildi.
14.05.2009 universitet talabalar turar joyida Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi universitetining geografiya fanlari doktori, professor B.Bahriddinov ishtirokida «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Markaziy Osiyo mintaqasida suv-energetika muammolari» mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
07.05.2009 har yili tashkil etiladigan an’anaviy “Talabalar ilmiy jamiyati” Toshkent islom universiteti iqtidorli talabalarining konferentsiyasi o’tkazildi. Unda universitetning 20 dan oshiq iqtidorli talabalari o’zlarining ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
07.05.2009 “9 may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Siz doimo yodimdasiz” shiori ostida murabbiy va talabalar tomonidan Shayxontohur tumanida yashovchi fahriylarning xolidan xabar olindi va moddiy yordam ko’rsatildi.
06.05.2009 universitet talabalar turar joyida “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: sabablari, oqibatlari va O’zbekiston sharoitida uni yumshatish omillari” mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati uyushtirildi.
06.05.2009 mini-futbol bo’yicha Islom huquqi 2-kurs (Universitet chempioni) va Islom huquqi (rus guruhlari) terma jamoasi (Rektor kubogi sohibi) o’rtasida “Super final” o’yini bo’lib o’tdi. O’yinda Islom huquqi (rus guruhlari) terma jamoasi go’lib bo’ldi.
02.05.2009 Toshkent islom universiteti va Toshkent islom instituti talabalari o’rtasida Toshkent shahri 2200 yilligiga bag’ishlangan intelektual bellashuv o’tkazildi.
02.05.2009 universitet yangi binosida Toshkent shahrining 2200 yillik bayram yubileyiga bag’ishlab foto ko’rgazma tashkil etildi.
28.04.2009 universitet talabalar turar joyida “Saodatga elituvchi bilim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni universitetning iqtidorli talabalar klubi a’zolari o’tkazishdi.
27-30.04.2009 kunlari O’zbekiston Respublikasi I.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” kitobidagi materiallar, qoidalar va xulosalarni o’rganish bo’yicha maxsus kursdan seminar treninglar o’tkazildi. Treningni XIM kafedrasining tajribali professor-o’qituvchilari o’tkazishdi.
24.04.2009 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg’armasi tinglovchilari uchun Islomshunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent D.Rahimjonov “Oliy o’quv yurtlarida diniy bag’rikenglik kurslari bo’yicha dars o’tish usullari” mavzuida ma’ruza o’qidi.
23.04.2009 universitetning Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishi tomonidan tayyorlangan XIM ShOU tadbiri o’tkazildi. Tadbir davomida qiziqarli, ko’ngilochar sahna ko’rinishlari, musobaqalar, shoular tashkil etildi. Tadbirda xushovoz xonanda Samandar Xamroqulov ishtirok etdi.
17.04.2009 universitet talabalar turar joyida “Juma oqshomi” turkumida filologiya fanlari doktori Z.Islomov ishtirokida “Ma’naviy merosning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
14-20.04.2009 kunlari talabalar o’rtasida “Rektor kubogi” uchun mini-futbol musobaqalari o’tkazildi.
2-3.04.2009 kunlari universitet Axborot-resurs markazida yangi darslik va o’quv qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar ko’rgazmasi o’tkazildi.
01.04.2009 “Islomshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi D.Murotov M.Ulug’bek tuman hokimiyatida tuman faollari, mahalla oqsoqollari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirokidagi tadbirda “Diniy ekstremizm, missionerlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma'ruza bilan qatnashdi.
31.03.2009 Toshkent Islom Universiteti forumi ishga tushdi. Forumga marhamat!
31.03.2009 Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasida Jahon moliyaviy krizisi va uning mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'sirlari, jahon iqtisodiy geografiyasidagi o’zgarishlar mavzularida yoshlar uchun anjuman o’tkazildi. Unda Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakultetining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatalar yo’nalishi talabalari faol ishtirok etishdi.
28.03.2009 Toshkent islom universiteti Respublika Baynalmilal Madaniyat markazi bilan hamkorlikda Navro’z bayramini o’tkazdi. Bayramda rus, turkman, ozarbayjon, arman, qozoq, tojik, turk, koreys madaniyat markazlari vakillari o’zlarining badiiy dasturlari bilan ishtirok etdilar.
25.03.2009 “Tarix” kafedrasi tomonidan “Rojiy Marg’inoniy - huquqshunos olim, etuk shoir va jamoat arbobi (1834-1918)” mavzuidagi ilmiy-adabiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda fil.f.n. M.Matg’oziev, fil.f.n. I.Ostonaqulov va t.f.n. O.Jalilov ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Rojiy she'rlari bilan aytiladigan qo’shiqlar xonanda S.Azizbaev tomonidan ijro etildi.
24.03.2009 «Islomshunoslik» kafedrasi tomonidan “Hadis tolibi” intellektual musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada barcha yo’nalish talabalari ishtirok etdi. G’oliblar taqdirlandi.
19.03.2009 universitetning kichik majlislar zalida “Navro’z” umumxalq bayramiga bag’ishlangan “Milliy liboslar – ko’rkimiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Shayxontohur tumani hokimi o’rinbosari, tuman Xotin-qizlar qo’mitasi raisi S.N.Po’latova ishtirok etdi.
18.03.2009 Toshkent islom universiteti talaba-qizlari va universitet qoshidagi akademik litsey talaba qizlari o’rtasida 8 mart Xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan sport musobaqalari bo’lib o’tdi.
12.03.2009 universitet talabalar turar joyida “Falsafa“ kafedrasi va Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi tomonidan tashkil etilgan “Ayol-jamiyat tayanchi” mavzuidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat davomida “Jamiyatda ayollarning o’rni va roli”, “Jadid ajdodlarimiz me'rosida xotin-qizlarning o’rni”, “O’zbek ayolining milliy sportimizda tutgan o’rni” mavzulari bo’yicha savol- javoblar bo’ldi.
06.03.2009 universitet talabalari Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengash majlisida qatnashdilar.
05.03.2009 8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda universitetning barcha professor-o’qituvchi, xodim va talabalari qatnashdilar. O’zining samarali mehnati, universitet ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun qator ayollar va talaba qizlar “Fahriy yorliq” va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Tadbirda estrada xonandalari ishtirok etdi.
02.03.2009 universitet “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti “Klublar Assotsiatsiya”ning ta'sis majlisi o’tkazildi. Assotsiatsiya qoshida ingliz tili, arab tili va rus tili kabi klublar tashkil etilib, barcha xohlovchilar uchun interfaol usullarda bepul xorijiy tillarni o’rganishga qulay imkoniyat yaratildi.
16-21.02.2009 kunlari universitetning akademik guruhi murabbiylik soatlarida O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish” nomli risolasi talabalarga tanishtirildi.
19.02.2009 kuni “Islom tarixi va falsafasi” fakultetining 2008-2009 o’quv yilining 1-yarim yilligi bo’yicha hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda “Eng yaxshi tashkilotchi murabbiy”, “Eng faol murabbiy”, “Eng intizomli guruh murabbiysi”, “Eng a’lochi talaba”, “Eng faol talaba yigit”, “Eng faol talaba qiz”, “Eng yaxshi o’zlashtirgan guruh” nominatsiyalari bo’yicha murabbiylar va talabalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
19.02.2009 kuni talabalar turar joyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti yetakchisi O. Elmurodov “Ustoz va shogird” mavzusida davra suhbatini o’tkazdi.
18.02.2009 kuni universitetning konferentsiya zalida “O’zbekiston tarixi talabalarning mustaqil ishlarida” mavzusida prezentatsiyalar ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda dinshunoslik yo’nalishi 1-kurs talabasi To’laganova Zilola “Amir Temur saltanati” mavzuidagi taqdimot ishi bilan g’olib chiqdi. Tanlov g’oliblari esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
14.02.2009 kuni buyuk alloma Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 526 yilligi munosabati bilan universitetni kichik majlislar zalida badiiy kecha o’tkazildi.
13.02.2009 kuni Toshkent islom universiteti talabalar uyida «Kafedra kunlari» rukni ostida «Tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida «Shaxmat va matematika» mavzuida davra suhbati o’tkazildi.
10.02.2009 kuni Toshkent islom universitetining katta majlislar zalida hazrat Alisher Navoiy tavalludining 568 yilligi munosabati bilan badiiy tadbir o’tkazildi.