Universitet kutubxonasi o'z mehnat faoliyatini Davlat qonunlari va farmonlari, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", universitet rahbariyati, kafedra mudirlari, o'qituvchi va talabalar talablari, takliflariga muvofiq holda olib bormoqda.
Kutubxona zahirasining asosiy qismini ilmiy adabiyotlar, o'quv darsliklar va qo'llanmalar, ensiklopediya, lug'atlar tashkil etadi. 2007 yil 1 yanvarda kutubxona zahirasi 25897 nusxa kitoblarni tashkil etdi. Kitoblar Toshkentdagi nashriyotlardan, kitob do'konlaridan, Oliy o'quv yurtlarining nashriyotlaridan pul o'tkazish yo'li bilan keltirildi va har oyning oxirida hisobxonaga xarid qilingan kitoblarning pullik hisoboti berib borildi.
Kutubxonada qo'yidagi bo'limlar faoliyat olib bormoqda
- Uyga va qiroatxonaga kitob berish bo'limi;
- Adabiyotlarni jamlash va ularga ilmiy ishlov berish bo'limi;
- Axborot-bibliografiya, ma'lumotlar berish bo'limi va unda tashkil etilgan Internet sinfi.
- Qiroatxona.
- Kitoblarni saqlash xonalari.
TIU fondi 3637 nomda 25897 nashr birligini tashkil etadi. Fondning asosiy qismini o'quv adabiyotlar va ilmiy adabiyotlar tashkil etadi. Kutubxonaga har yili professor-o'qituvchtilar, talabalar talab va takliflari asosida yangi adabiyotlar, pul o'tkazish yo'li bilan kiritiladi. Yangi olingan adabiyotlarning ko'rgazmalari tashkil qilinadi. Adabiyotlar to'g'risidagi axborotlar kafedralarga ham berib boriladi. Har yili mamlakatimiz va MDH gazeta va jurnallariga ham obuna tashkil qilinadi.
2006 yil kutubxonaga a'zo bo'lgan kitobxonlar ko'rsatkichi
- Professor-o'qituvchilar-96 kishi;
- Xodimlar-59 kishi;
- Bakalavr talabalari-505 kishi;
- Magistrantlar-62 kishi;
- Aspirantlar-16 kishi.
Jami: 738 kitobxon a'zo bo'lgan.
ARM fondini tashkil kilish bo'yicha ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida" 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida, TIU Kutubxonasini Axborot-resurs markaziga aylantirish bo'yicha qator ishlar olib borilmoqda.
TIU ARMi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, qonunlariga, universitet rahbariyati qarorlari, buyruqlari va boshqa me'yoriy-xuquqiy xujjatlariga, universitet nizomiga, farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga, hamda "Oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalarining axborot-resurs markazlari to'g'risida" gi namunaviy Nizomga amal qiladi.
TIU ARM o'z faoliyati bilan universitet talabalari, professor-o'qituvchilari, xodimlarning axborot resurslari va kutubxona fondidan foydalanish xuquqini ta'minlaydi.
TIU ARM foydalanuvchilarni asosiy axborot xizmatlari bilan bepul ta'minlaydi:
- - kataloglar, kartotekalar tizimi va axborotlar berishning boshqa shakllari orqali ARM fondi tarkibi to'g'risida to'liq axborot beradi;
- - matbaa asarlari va boshqa xujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko'rsatadi;
- - ARM fondlaridan xujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi;
- - universitetning ilmiy va o'quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko'rsatkichlar, adabiyotlar ro'yxati tuzadi;
- - tematik, adresli va boshqa bibliografik ma'lumotlar beradi;
- - bibliografik sharhlar o'tkazadi;
- - kitob ko'rgazmalari tashkil qiladi;
- - foydalanuvchilari, rahbariyat, professor-o'qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi, o'rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.
Foydalanuvchilar uchun informatika va bibliografiya asoslari bo'yicha mashg'ulotlar tashkil qiladi. O'quv, ilmiy, davriy ma'lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarni sotib oladi. ARM fondlarini hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularni saqlash rejimini, xujjatlar nusxasini olishni va mikrofilmga, hamda elektron formatga ko'chirishni ta'minlaydi.
TIU ARMning xuquq va majburiyatlari
TIU ARM qo'yidagi xuquqlarga ega:
- - TIU ARM tuzilmasini, shtat ro'yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish, hamda ularni universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlash;
- - yagona tarif setkasi asosida, mehnatga xaq to'lash fondi doirasida lavozim maoshlarini, lavozim maoshlariga ustamalar v qo'shimcha to'lovlarni, xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdorlarini belgilash;
- - ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga yetkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilash;
- - universitet o'quv dasturlari, o'quv rejalari, ilmiy tadqiqot ishlari tematikasi bilan tanishish, kafedralardan ARM oldiga qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olish;
- - kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo'yicha ilmiy konferensiyalar, yig'ilishlar va seminarlar ishida bevosita qatnashish;
- - amaldagi qonun xujjatlarida belgilangan tarbida axborot-kutubxona birlashmalariga kirish;
- - xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari, hamda boshqa muassasa va tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, kitoblar ayirboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashish.