"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi Toshkent islom universiteti rektorining 2001 yil 28 avgust № 01-29 buyrug'iga binoan "Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar" fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Mazkur kafedra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 aprel Farmonida zikr etilgan 4 ixtisoslik yo'nalishidan biri, ya'ni V 5341100-"Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" mutaxassisligi bo'yicha ham dunyoviy ham diniy bilimlarga ega bo'lgan va ikki xorijiy til (arab va g'arb) tillarini mukammal egallagan yuqori malakali iqtisodchi bakalavr mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasiga i.f.d., prof. F.X.Nazarova rahbarlik qilmoqda. Jamoada 19 nafar professor-o'qituvchilar, jumladan, 5 fan doktori, 7 fan nomzodi, 1 katta o'qituvchi va 6 o'qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra a'zolaridan 2 kishi doktorlik va 4 kishi nomzodlik dissertasiyasi ustida ishlamoqda.
Hozirgi kunda kafedrada bakalavr bosqichi talabalariga 40 ta fandan ma'ruza, amaliy mashg'ulot va mustaqil ta'lim darslari olib borilmoqda. Ulardan "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar", "Xalqaro valyuta kredit munosbatlari". "Xalqaro marketing", "Xalqaro savdo va biznes", "Xalqaro turizm iqtisodiyoti", "Xalqaro diplomatik munosabatlar", "Jahon iqtisodiyoti", "Islom mamlakatlari iqitisodi", "Islom iqitsodiyoti asosolari", "Xalqaro iqtisodiy integrasiya" kabilarni misol tariqasida sanab o'tish mumkin.
Shuningdek "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi ayni vaqtda 5341104 "Xoriji mamlakatlar iqtisodiyoti" mutaxassisligi bo'yicha magistrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Magistraturada talabalar kunduzgi bo'limda tahsil olmoqdalar. Ularga quyidagi "Xalqaro bojxona ishi", "Xalqaro iqtisodiy statistika", "Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti", "O'tish iqtisodili va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti", "Islom mamlakatlar jahon xo'jaligi tizimida", "Islomda savdo-sotiq va tadbirkorlik", "Islomda ijtimoiy himoya", "Islomda moliya va bank ishi" kabi fanlardan dars mashg'ulotlari olib borilmoqda.
Hozirgi kungacha 134 nafar bakalavr muvaffaqiyat bilan diplom ishlarini yakunlashdi. Ularning ishlari asosan quyidagi mavzularga qaratilgan: Zamonaviy bozor iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy aloqalar, Rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan Yevroosiyo va Afrika mamlakatlari iqtisodiyoti hamda bir oz islom iqtisodiyoti asoslari kabilar. Ulardan ayrimlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin: "Xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi", "Tashqi savdoda tijorat banklarining ahamiyati", "O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi va istiqbollari", "O'zbekston iqtisodiyotida qo'shma korxonalarning to'tgan o'rni", "Markaziy Osiyo mamlakatlarining integrasiyalashuv mummolari", "Islomda savdo munosabatlari", "Islomda ishlab chiqarishni tashkil etish", "Arab mamlakatlarida neft sanoatining roli" kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasida o'tiladigan fanlarda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan darslik va o'quv qo'llanmalardan foydalaniladi. O'tgan vaqt ichida kafedra o'qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq maqola, tezis, monografiya, darslik va qo'llanmalar chop etilgan va 25 ta darslik, o'quv qo'llanmalari esa chop etishga tayyorlab qo'yilgan.
Kafedraning professor-o'qituvchilaridan M.Saidkarimova, Z.Sodiqov va A.Abdurashidovlar 2004 yil "O'zbekiston Milliy universiteti Pedagogik kadrlarni tayyorlash instituti"da, R.Abdullayev, A.Xudoyorov, A.Abdurashidov va SH.Djumayevlar esa, 2005 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iste'dodli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish "Iste'dod" jamg'armasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda g'olib chiqib, Daniya Qirolligining "Aarhus" universitetida bir oylik malaka oshirib qaytdilar. Bu an'ana hozirgi kungacha davom etib, A.Abdirashidov 2006 yil aprel oyida Italiya tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Shuningdek kafedra professor-o'qituvchilari Jahon taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, USAID, TACIS, TEMPUS dasturlari bo'yicha grantlarda ishtirok etmoqdalar.
"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishining 20 nafardan ortiq talabalari o'quv yillari davomida Respublika olimpiyadalari va tanlovlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Masalan 2005-2006 o'quv yilida o'tkazilgan olimpiada va tanlovlarda talabalardan:
"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishi bakalavr bosqichi talabalari:
- 1-kurs Yozgi amaliyotni "O'zbekiston Respublikasi Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati" tuman bo'limlarida va Toshkent islom universiteti;
- 2-kurs Malakaviy amaliyotni "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti", "Bozor islohotlar ilmiy-tadqiqot institutida", "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita", "O'zbekiston Musulmonlar idorasi";
- 3-kurs Malakaviy amaliyotni "O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi", "O'zbekiston Respublikasi Yengil sanoat vazirligi", "Samarali iqtisodiy siyosat markazi", Aksionerlik tijorat "Turon" banki;
- 4-kurs Bitiruv oldi amaliyotni "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti", "Bozor islohotlar ilmiy-tadqiqot institutida", "Samarali iqtisodiy siyosat markazi" kabi tashkilotlarda amaliyotlarini o'tashmoqda.
Universitetning moddiy-texnik bazasini yanada kengaytirish uchun quyidagilar bilan aloqalar o'rnatish o'z samarasini beradi deya tavsiya beramoqdamiz