Struktura O'quv jarayoni Manbalar Hazinasi Bitiruvchilar Foydali Ma'lumotlar Bog'lanish
 

Tabiiy fanlar kafedrasi


Tabiiy fanlar kafedrasi 2004 yil 21 sentabrda Toshkent islom universiteti Ilmiy kengashining qaroriga asosan o'z faoliyatini boshladi.

Kafedraning asosiy vazifalari:

O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng islom diniga munosabat ham tubdan o'zgardi. Mamlakatimiz bo'yicha milliy qadriyatlarimiz tiklanib, asori-atiqalarga e'tibor kuchaydi. Shu bilan birga aqidaparastlik va fundamentalizm kuchaya bormoqda. Shuning uchun islom dinining sof ta'limotlarini turli diniy oqimlarning maqsadlaridan farqlash uchun, uning asl mohiyatini xalqqa, ayniqsa, yosh avlodga tushuntirish zaruriyatini zamonaviy tabiiy fanlar yutuqlari asosida olib borilishi zamon talabi bo'lib qoldi. Kafedraning maqsad va vazifalari dars berishda diniy ilmlar bilan tabiiy fanlar orasidagi uzviy bog'lanishni ko'rsatgan holda yangi pedagogik usullar (kompyuter orqali muloqot, o'qituvchi-talaba davra suhbati)ni qo'llashni jadallashtirish (barcha fakultetlarda); fanlar bo'yicha test savollarini tuzish.

Hozirda "Tabiiy fanlar" kafedrasi prfessor-o'qituvchilari universitetda tayyorlanadigan barcha mutaxassislarga quyidagi tartibda tabiiy fanlardan dars berib kelmoqdalar.

-"Informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga "Matematika", "Matematik mantiq", "Fizika", "Ekologiya", "Elektrotexnika va elektronika", "Diskret matematika", "Sun'iy tafakkur", "Prgrammalash tillarining matematik tasnifi";
-"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga "Oliy matematika", "Ehtimollar nazariyasi", "Iqtisodiy miqdoriy usullar", "Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi", "Ekologiya asoslari", "Jahon iqtisodiy geografiyasi", "Tibbiy tayyorgarlik";
-"Islom huquqi" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga "Ekologiya asoslari", "Jahon iqtisodiy geografiyasi", "Tibbiy tayyorgarlik", "Geografiya zarubejno'x stran", "Osnovo' ekologii" kabi tabiiy fanlardan o'zbek va rus tillarida;
-"Dinshunoslik" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga "Xorijiy mamlakatlar geografiyasi", "Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi", "Tibbiy tayyorgarlik", "Ekologiya asoslari", "Konsepsiya sovremenno'x yestestvenno'x znaniy" "Geografiya zarubejno'x stran", "Osnovo' ekologii" fanlardan o'zbek va rus tillarida ta'lim berib kelmoqdalar.
Kafedra tarkibi

Kafedrada 1 ta fan doktori, professor b.f.d. M.Valixonov, 5 nafar fan nomzodlari. dosentlar: f-m.f.n. M.Abdullayeva, A.Alimov, A.Abdumalikov, g.f.n. A.G'ofurov va A.Zaynitdinov, katta o'qituvchilar SH.Shojalilov, A.Alimov va G.Nazarova, o'qituvchilar S.Xaqnazarova, M.Akbarova, N.Muslimova, N.G'aniyeva, O.Tolkachevalar sidqidildan, fidoiylik ko'rsatib yoshlarimizga izchil bilim berib kelmoqdalar.

O'quv uslubiy ishlar

Kafedrada o'qitiladigan barcha fanlardan o'quv rejasi, namunaviy dasturlar mavjud bo'lib, shularga asosan o'quv dasturlari ishlab chiqilgan. Har bir pedagog o'quv dasturi asosida ma'ruzalar matni tayyorlagan. Kafedraning yetuk professor-pedagoglari tomonidan darslik va o'quv qo'llanmalar yozib borilmoqda. Professor M.Valixonov tomonidan "Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi" fani bo'yicha o'quv qo'llanma, dosent A.Alimov tomonidan "Ehtimollar nazariyasi" nomli o'quv qo'llanma muallifning o'z hisobidan nashrdan chiqarilib, universitet kutubxonasiga 60 nushada berildi.

Ilmiy tadqiqotlar

Kafedraning ilmiy salohiyati katta bo'lib, uning barcha a'zolari o'z ilmiy yo'nalishlari bo'yicha izlanishlar olib bormoqdalar. Ular Xalqaro va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, professor M.Valixonov Moskva Davlat universitetida, dosent A.Alimov Malayziya Putra universitetida o'tkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashdilar. "Diniy va dunyoviy ilmlarni egallashda tabiiy fanlarni o'rgatish muammolari" yo'nalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari turli ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilinmoqda va ilmiy maqolalar chop etilmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun kafedraning barcha pedagoglari ma'naviy-ma'rifiy sohadagi bilimlarini yoshlarimizga yetkazish maqsadida davra suhbatlari o'tkazib kelishmoqda. Kafedraning salohiyatli pedagoglari guruhlarga murabbiylik qilishmoqda, Shuningdek fanlar bo'yicha to'garaklar tashkil qilinib jumladan, "Oliy matematika" (dos. A.Alimov), "Paskal programmasi" (dos. M.Abdullayeva), o'lkashunoslik (katta o'qituvchi SH.Shojalilov) bo'yicha to'garaklar ishlamoqda.

Kafedraning professor-o'qituvchilari tomonidan darslik, o'quv qo'llanmalarining matnli va elektron ko'rinishlari ishlab chiqilgan. Jumladan, "Ekologiya asoslari", "Oliy matematika" "Matematik taqribiy hisoblash usullari", "Jahon iqtisodiy geografiyasi", "Iqtisodiy matematik usullar", "Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi", "Ehtimollar nazariyasi", "Dasturlash texnologiyasi", "Hisoblash tizimlarining informasion asoslari" o'quv qo'llanma va ma'ruzalar matnlari nashr etilgan va ularning elektron variantlari elektron kutubxonaga kiritilgan. "Islom ommabop ma'lumotnomasi" va "Matematik mantiq" bo'yicha elektron darsliklar tayyorlangan.

Ilmiy hamkorlik va xalqaro aloqalar

Kafedraning ilmiy-uslubiy hamkorligi O'zbekiston Fanlar akademiyasi "Matematika" instituti, O'zbekiston Milliy universiteti va boshqa muassasalar bilan bog'langan.

Xalqaro aloqalar Malayziya Putra universiteti, Malayziya islom universiteti, Moskva Davlat universiteti bilan bog'langan.


Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti
Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi