Kafedra Islom tarixi va falsafasi fakulteti tizimida 1999 yil avgust oyida tashkil etilgan.
Kafedraning maqsadi va vazifalari- talabalarga arab, fors, nutq madaniyati va o'zbek tillaridan ta'lim berish , yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash: sharq manbalarini o'rganish va filologik tahlil etish, tarjima qilishdan iborat.
Kafedra tarkibi
Kafedra mudiri -f.f.n. A.Abdullayev, mudir o'rinbosari- katta o'qituvchi R.Matibayeva.
Kafedrada 4 ta fan o'qitiladi. Sharq tillari kafedrasida jami 33ta professor-o'qituvchi jumladan, arab tili bo'yicha asosiy mutaxassislardan f.f.d.E.talabov, f.f.n. A.Qaxorov, shuningdek fors tili bo'yicha mutaxassislar f.f.n. M.g'anixonov, f.f.n. S.Yuldasheva katta o'qituvchilar dars o'tadilar.
Kafedraning ilmiy salohiyati haqida ma'lumot:
Kafedramizda: 2- professor,1- f.f.d. dosent; 6- dosent; 1- t.f.n.; 11- katta o'qituvchi; 10- o'qituvchi faoliyat yuritadilar.
Kafedramizning asosiy o'qituvchisi I.Usmanov 2006-2007 o'.y. nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.
So'ngi yillarda nashr etilgan va narga tayyor ishlar:
M.Hasanov va M.Abzalovalarning "Arab tili",darsligi. "O'qituvchi-2006 ",210 bet
Katta o'qituvchi A.Abdujabborov:
"Inmuzaj"- o'quv qo'llanma, "Ota-ona, qarindosh-urug' va qo'shnichilik" munosabatlari haqida qur'oni karim oyatlari va xadis tarjimasi, "Bilim-iymon chirog'i" oyat, xadislar to'plami, "Inson ko'rki odob"oyat,hadislar to'plami, "Arab tilidan test savollari" elektron varianti tayyorlangan, "Arab tili"darsligi nashrda;
F.f.d. dosent E.Talabov:
"Mumtoz matnlar saylanmasi"-3-4 bosqichlar,dinshunoslik va islom xuquqi yiunalishi uchun matnlar to'plami, "Ilk islomda mashhur ismlar va tushunchalar"- ma'lumotnoma,150b, "O'zbekcha-arabcha tarjima"-3 bosqich, uslubiy qo'llanma, "Kitobdan kitobga - Iqra' silsilasi" 1-2 kitoblar.
Katta o'qituvchi B.Ibrohimov:
"Arab tilini o'qitish"-xammabop darslik, "Siyosiy-iqtisodiy terminlar"-o'quv qo'llanma.
F.f.n.Ddsent M.g'anixanov:
"Matnlar to'plami" - o'quv qo'llanma.
O'quv-uslubiy ishlarning ahvoli
Arab va fors tillari uchun namunaviy dastur asosida Toshkent davlat sharqshunoslik institutining o'quv dasturlari, o'zbek tili va nutq madaniyati uchun Milliy universitetning o'quv dasturlari olingan.
Shu dasturlar asosida quyidagi dasturlar tuzilgan:
O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari fanidan namunaviy dastur
Tuzuvchi:f.f.d. prof. Ё.tojiyev, katta o'qituvchi N.Hasanova.
Manaviy-marifiy ishlar
Kafedra tomonidan muntazam ravishda mashxur sanalarga bag'ishlangan tadbirlar, "Til bayrami", navruz bayramlarini xorijiy tillarda talabalar ishtroqida tantanali tadbirlar o'tkazish hayrli an'anaga aylangan.
Universitet yotoqxonasida tashkil etilgan navbatchilikka kafedra ustozlari muntazam qatnashib, u yerda ma'ruzalar chiqish qiladilar.
Kafedra professor-o'qituvchilari universitetda bo'lib o'tadigan xar bir ma'naviy va ma'rifiy ishlarda ishtiroq etadilar.
Kafedrada professor-o'qituvchilari diniy matnlarni arab tilidan o'zbek tiliga va o'zbek tilidan arab tiliga tarjima qilish asosida o'quv qo'llanmalari yaratishmoqda.
Kafedra Toshkent davlat sharqshunoslik instituti , Toshkent islom instituti, Misr madaniy markazi va arab davlatlaridagi oliy o'quv yurtlari bilan o'quv-uslubiy ishlarda o'zaro hamkorlik qiladi.Dars o'tish jarayonida texnik vositalar maxsus arab tilidagi disklar, audio-video kassetalar hamda ijtimoiy-siyosiy gazeta va jurnallardan keng foydalaniladi.
Kafedra kelajakda mamlakatda arab tili o'qitish uslublarini o'rgatish markazini tashkil qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.