Islom huquqi kafedrasi 2000 yilda universitet rektori buyrug'i bilan tashkil etildi. Kafedra dasturi, huquqshunoslik fanlarining asosiy sohalari bilan bir qatorda islom huquqining barcha tarmoqlarini o'zlashtirish va zamon talablariga javob beradigan huquqshunos kadrlarni tarbiyalab yetishtirishga mo'ljallangan.
Kafedrada yu.f.d. A.SH.Jo'zjoniy, yu.f.d., prof. A.X.Saidov, yu.f.d. M.Radjabova, yu.f.d. Q.Abdurasulova, yu.f.n., prof. O.Karimova, yu. f.n.,dosentlar A.Tuxtaxunov, F.Muxitdinova, M.Axmadshoyeva, A.Mamatqulov, L.Kashinskaya, U.Mamadaliyev, D.Karimov, katta o'qituvchi H.To'ychiyeva, o'qituvchilar N.Yusupova, O.Sarsenboyev, N.Qo'ldosheva, kabinet mudiri N.Xakimova, va metodist N.Ibragimovalar faoliyat olib borishadi.
"Islom huquqi" kafedrasining faoliyati Islom huquqshunosligining asoslari va taraqqiyot bosqichlari, Islom huquqi rivojiga O'rta Osiyo faqihlarinig qo'shgan hissasi, Islom huquqini boshqa huquqiy tizimlar bilan qiyosiy o'rganish kabi asosiy yo'nalishlarda olib boriladi..
Kafedra bakalavr yo'nalishida "Islom huquqi" va magistraturada "Islom huquqi" hamda "Musulmon mamlakatlari huquqiy tizimlari" mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlaydi.
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan o'quv darsliklar va ilmiy ishlar nashrdan chiqarilmoqda. A.SH.Jo'zjoniyning oliy o'quv yurtlari uchun "Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O'rta Osiyo faqihlari" o'quv qo'llanmasi o'zbek tilida birinchi marta nashr etildi.