Struktura O'quv jarayoni Manbalar Hazinasi Bitiruvchilar Foydali Ma'lumotlar Bog'lanish
 

Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi


Êàôåäðà Èíôîðìàòèêè è èíôîðìàöèîííûõ

Kafedra «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishida bakalavriat bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi universitetning yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.Kafedra Toshkent islom universiteti rektorining 28 avgust 2001 yil ¹ 01-29 sonli buyrug‘i bilan,”Fiqh. iqtisod va tabiiy fanlar“ fakulteti tarkibida tashkil etilgan.2004 yil 2 oktyabrdan “Informatika va axyuorot texnologiyasi” kafedrasi alohida faoliyat yurita boshladi.

Kafedraning maqsad va vazifalari.

Kafedraning maqsadi axborot texnologiyalari, zamonaviy va kommunikatsion  texnologiyalarning jamiyatdagi o‘rni, ular bilan bog‘liq bilimlarni hamda mutaaxassislik fanlarini chuqur o‘zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, barcha muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida hal qilishga qodir, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Kafedrada axborot almashuvini tashkil etish;  dars berishda yangi pedagogik usullar (interaktiv, aqliy hujum,”o‘qituvchi-talaba” davra suhbati)ni qo‘llashni jadallashtirish (barcha fakultetlarda); har bir pedagog darsida «Ochiq dars», “Ochiq ma’ruza”, «Muammoli dars»lar o‘tkazishni tashkil etish; fanlar bo‘yicha test savollarini tuzish va uni kompyuterda darslarga tadbiq etish, yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy, ma’rifiy va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish; aspirant va tadqiqotchilarni kafedra yo‘nalishida izlanishlar olib borishga jalb etish kabi ishlar rejalashtirilgan. Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanmalarining matnli va elektron ko‘rinishlarini yaratish yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijalari turli ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilinib, ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Kafedra tomonidan kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga binoan «Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari» yo‘nalishi bo‘yicha kafedraning yosh pedagoglari o‘z malakalarini oshirib kelmoqda.

Kafedra tomonidan uzluksiz ta’lim tizimi va jamoatchilik uchun «Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi» hamda «Hadisi sharif» bo‘yicha elek­tron darslik tayyorlanib, keng ommaga havola etilgan. Ushbu elektron darsliklarga keng jamoatchilik talab va qiziqishlari kamaygani yo‘q. Hozirgi kunda mutaxassislikka oid elektron darsliklar ham universitet axborot resurs markazining elektron-o‘quv zalida talabalar tomonidan foydalanilmoqda. Yoshlarimizga zamon talabiga mos nazariy bilim berish bilan birga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratilgan. «Informatika» yo‘nalishida beshta kompyuter sinfi tashkil etilib, ular universitet mahalliy tarmog‘iga, Internet tarmog‘iga «Ziyo» provayderi orqali ulandi va talabalarimiz xalqaro tarmoqdan ham axborotlar olishga muyassar bo‘lmoqdalar.

Talabalar zamonaviy axborot texnologiyalarini mukammal egallashlari bilan bir qatorda, arab, g‘arb tillari va diniy ilmlarni ham o‘zlashtiradilar. Kafedraning bakalavriat yo‘nalishida «Informatika va axborot texnologiyalari», magistratura yo‘nalishida «Hisoblash mashinalari va matematik modellashtirish usullarini dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi ilmiy tadqiqotlarida qo‘llash» mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda. 

“Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

professor-o‘qituvchilari

 

Kafedrada  5,7 shtat mavjud bo‘lib, 9 nafar professor-o‘qituvchilar (shu jumladan

 4 ta asosiy, 3ta o‘rindosh, 2ta soatbay) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

2009-2010 o‘quv yilida kafedra tarkibi quyidagicha:

 

¹

FISh

lavozimi

Ilmiy darajasi

Shtat

Mutaxassisligi

1

N. X. Tursunov

Kafedra mudiri

T.f.n.

1

matematik, injener-sistemotexnik

2

M. S. Xodjaeva

Dotsent

T.f.n.

 

1.25

injener mexanik

3

R. B. Jo‘raeva

Katta o‘qituvchi

 

1

injener-sistemotexnik

4

Z.Z. Xodjimuratova

Katta o‘qituvchi

 

1

injener programmist

5

M. Ismoilov

Professor

 

T.f.d.

0.5 o‘rindosh

avtomatlashtirish bo‘yicha muxandis texnolog

6

S. Fayzullaev

 

Dotsent

T.f.n.

0,5

o‘rindosh

 

7

O’. Xaitmatov

Dotsent

T.f.n.

0,5 o‘rindosh

 

8

R. Abdunazarov

 

O’qituvchi

 

soatbay

 

9

 

O. Dadamuxammedov

O‘qituvchi

 

soatbay

 

 

 

           

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

«Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasining  ish  faoliyati

Kafedraning  ish  faoliyati barcha o‘quv shakllari bo‘yicha  oliy ta’limning davlat ta’limi standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy darajada o‘tkazish;

Ø      talabalarning kurs va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha nizomlarni ishlab chiqish va shu nizom asosida ishlarni qabul qilish;

Ø      talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs ishlariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga  raùbarlik qilish;

Ø      talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Ø      rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

Ø      kafedra bakalavr yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi  bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turli oliygoùlarning turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

Ø      darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, universitet raùbarining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan ùammualliflikda yaratilgan ishlarga xulosalar yozish;

Ø      nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

zamonaviy axborot texnologiyalaridan (xususan Internet) tizimidan  samarali foydalangan ùolda iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni turli olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning  mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;

Ø      tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muùokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Ø      kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy rejalaridagi o‘quv, o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarini ko‘rib chiqish; tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish; pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik maùoratni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish; xorijiy o‘quv yurtlarining  ish tajribasini yoritib borish;

Ø        raqobatbardosh va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan ùimoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish, ta’lim ùujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruùlari tarkibida ishtirok etish;

Ø        byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, deùqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

Ø        kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish; talim xizmati tizimini keng rivojlantirish;

Ø        xorijiy ùamkorlik, ilmiy va talim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

Ø        byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish;

Ø        universitetni bitirganlar, magistrantlar va aspirantlar bilan muntazam aloqa o‘rnatish;

Ø        kafedra ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishda tadbirlar ishlab chiqish. 

«Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasining istiqbolli rejalari

Kafedraning asosiy rejalari axborot texnologiyalari, zamonaviy texnologiyalarning jamiyatdagi o‘rni, telekommunmkatsion texnologiyalar bilan bog‘liq bilimlarni ùamda zamonaviy mutaxassislik fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, davlat va nodavlat jamoat tashkilotlari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni zamonaviy texnologiyalari yordamida ùal qilishga qodir, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

·        kafedra bakalavr yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi  bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turli oliygoùlarning turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash; talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

·        darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash;

·        zamonaviy axborot texnologiyalaridan (xususan Internet) tizimidan  samarali foydalangan ùolda iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni turli olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning  mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;

·        tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

·        tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish; pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik maùoratni egallashda yordam berish; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanish, xorijiy o‘quv yurtlarining  ish tajribasini yoritib borish;

·        byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, deùqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

·                kafedra o‘quv tarkibiy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi, kompyuter sinflariga ega bo‘lish;

·                talabalarda vatanparvarlik, o‘z Vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, xalq merosiga va umuminsoniy qadriyatlarga ùurmatni shakllantirish bo‘yicha «Ma’naviyat» markazlarida, talabalar turar joylarida tadbirlar o‘tkazish.

 


Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti
Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi