|
|||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||
|
| ![]() |
Islomshunoslik kafedrasi |
Universitetning yetakchi kafedralaridan biri. Islomshunoslik kafedrasi Toshkent islom universiteti Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarkibiga kiradi. Mazkur kafedra 2006 yil 30 avgustda tashkil etilgan.
Kafedrada 11 nafar professor-o'qituvchilar dars beradi. Ulardan 1 fan doktori, 7 fan nomzodi.
T.f.n., dots. D.Rahimjonov — kafedra mudiri, fil.f.d., prof. Z.Islomov,
t.f.n. R.Obidov, t.f.n. S.Oqilov, t.f.n. I.Usmonov, t.f.n. A.Abdullaev,
t.f.n. D.Murodov, t.f.n. Sh.Ziyodov, kafedrada o’qituvchilardan A.Soliev,
B.Ahmedov, A.Alloqulovlar faoliyat ko’rsatishmoqda.
Kafedra ustozlari talabalarga «Islomshunoslik», «Islom manbashunosligi», «Islom
tarixi va falsafasi», «Hadis va hadisshunoslik», «Qur’on va tafsir», «Qur’oni
karim ma’nolarining tarjimasi», «Balog’at», «Islom ilohiyoti», «Kalom ilmi (aqoid)»,
«Chet tillardagi maxsus adabiyot bo’yicha amaliyot» va «Qur’onshunoslik»
kabi fanlardan saboq berishmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari — f.f.d., prof. Z.Islomov «Mahmud
Zamaxshariyning ilmiy merosi va uning jahon fani tarixida tutgan o’rni»; t.f.n.
R.Obidov «Qur’on oyatlari, tafsirlari va hadislarning diniy aqidaparastlikka
qarshi kurashdagi ahamiyati»; t.f.n. D.Rahimjonov «Samarqandda hadis ilmi
taraqqiyoti (VIII-XIX asrlar)»; o’qituvchi D.Murodov «Xanafiy mazhabining
shakllanishida sunnaning o’rni»; o’qituvchi A.Abdullaev «Abu Lays
Samarqandiyning «Bahrul-ulum» asarining tahlili»; o’qituvchi A.Soliev
«Abu-l-Lays as-Samariandiyning «Xizonatu-l-fiqh» asari Hanafiy fiqhiga oid muhim
manba» kabi mavzularda ilmiy ish olib borishmoqda.
Kafedra ustozlaridan Z.Islomov «Islom manbashunosligi» va «Qo’lyozmalarni o’qish
amaliyoti», B.Ahmedov «Qur’on va tafsir» va A.Soliev «Koranistika» kabi
to’garaklarni olib boradilar.
Kafedra professor-o’qituvchilari turli grant va innovasion loyihalarda ishtirok
etib kelmokdalar. Bunga misol qilib «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashda allomalar ilmiy merosining mohiyati», «Islom manbalari asosida atama va
iboralarning ensiklopedik lug’atini yaratishning ilmiy nazariy asoslari», «Uzluksiz
ta’lim tizimida din haqida ma’lumot beruvchi qo’llanmalar yaratish», «VII—XX
asrlarda islom dinining hududiy tarqalishi bo’yicha xaritalar yaratishning
ilmiy-uslubiy asoslari» va «Islom tarixi, falsafasi, ma’naviyati, qadriyatlari
manbalarini aniqlash, ilmiy tahlil etish va nashrga tayyorlash» grantlarini
ko’rsatish mumkin.
|
Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti |
| Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi |