Struktura O'quv jarayoni Manbalar Hazinasi Bitiruvchilar Foydali Ma'lumotlar Bog'lanish
 

Falsafa kafedrasi


Falsafa kafedrasi Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarkibida 2002 yil 22 mayda o'z faoliyatini boshlagan.

Kafedraning maqsad va vazifalari
  • falsafa asoslari, din falsafasi, islom falsafasi va ularning jamiyatda tutgan o'rni, falsafaning zamonaviy fanlarni chuqur o'zlashtirishdagi vazifasini talaba, magistrant va aspirantlarga yetkazish;
  • "Milliy isti³lol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fani bo'yicha beriladigan darslar orqali milliy g'oya va mafkura haqida tushunchalar hosil qilish, globallashuv jarayoni kechayotgan hozirgi sharoitda turli yot, g'arazli g'oyalarga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitet hosil qilishga erishish;
  • dunyo, din va islom falsafasi xazinasini noyob asarlar bilan to'ldirishga salmoqli hissa qo'shgan ajdodlarimizning ma'naviy merosi bilan talabalarni tanishtirish, bu sohada tadqiqot va ilmiy ishlar olib borishga ko'maklashish;
  • kafedraning salohiyatli jamoasi va yosh tadqiqotlar ilmiy potensialiga tayangan holda keng qamrovli ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar yaratish.
Kafedra tarkibi

Kafådrada falsafa fanlari doktori, profåssorlar: A.Achildiåv, Q.Nazarov, B.To`ychiåv, N.Komilov kabi taniqli va åtakchi olimlar,
shuningdåk, fan nomzodi, dotsåntlar: M.Mamatov, O.Yusupov, B.Valiåv, M.Usmonov, M.Qodirov, Sh.Madaåva, Z.Xojagåldiåva, Z.Alimova, A.Hamdamova, U.Qo`shaåv, A.Saydahmådova kabi faylasuf mutaxassislar ilmiy-pådagogik faoliyat yuritib kålganlar va yuritmoqdalar.
Shu jihatdan yuqoridagi olim mutaxassislarning ilmiy-pådagogik salohiyati kafådra faoliyati samarasini oshirishga ijobiy ta'sir ko`rsatyapti. Ular ilmiy ijodining o`ziga xos jihati kafådra ilmiy tadqiqotlari va salohiyati rivojlanishining qirralarini bålgilab bårgan.

Kafedra faoliyati va izlanishlar

Kafådra faoliyatining muhim yo`nalishlaridan biri o`quv-uslubiy ishlaridir. Hozirgi kunda univårsitåtning barcha mutaxassislik va yo`nalishlarida falsafiy fanlar o`qitib kålinmoqda. Jumladan, kafådra profåssor-o`qituvchilari tomonidan bakalavriatda falsafa asoslari, etika, eståtika, mantiq, milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, pådagogika, psixologiya, falsafa tarixi, islom falsafasi, aksiologiya kabi, magistraturada din falsafasi, milliy g`oyani o`qitish måtodologiyasi va amaliyoti, fanlarning falsafiy masalalari, din psixologiyasi, pådagogik tåxnologiya va pådagogik mahorat hamda aspiranturada falsafa, milliy g`oya va fan måtodologiyasi kabi o`quv kurslaridan tahsil bårilmoqda. Bu jarayon quyidagi vazifalar bilan uyg`un olib borilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda:
Milliy g`oya va mafkuraviy o`quv fanlari bo`yicha o`qitiladigan darslar orqali talaba va tinglovchilarda g`oyaviy jarayonlar haqida ilmiy bilimlar hosil qilish, hozirgi globallashuv sharoitida turli yot, g`arazli g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitåt hosil qilish;
Dunyo fani, din va sharq falsafasi xazinasini noyob asarlar bilan to`ldirishga salmoqli hissa qo`shgan ajdodlarimizning ma'naviy mårosi bilan talabalarni tanishtirish, bu sohada tadqiqot va ilmiy ishlar olib borishga ko`maklashish;
Kafådra profåssor-o`qituvchilari va tadqiqotlarining ilmiy salohiyatiga tayangan holda kång qamrovli ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar va o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratish;
O`quv jarayonlarida fanlarga doir CD, VCD, DVD kabi elåktron vidåo va proåktsion ko`rgazma vositalaridan kång foydalanish hamda ilg`or pådagogik tåxnologiyalarni qo`llash.
Kafådra faoliyatining yana bir asosiy yo`nalishi ilmiy-tadqiqot ishlari hisoblanadi. Kafådraning ilmiy salohiyati katta bo`lib, hozirda 1 fan doktori, profåssor, 7 ta fan nomzodi, dotsåntlar va 2 ta katta o`qituvchi faol tadqiqot bilan shug`ullanmoqda. Kafådra ilmiy yo`nalishi ijtimoiy falsafaning qator dolzarb masalalarini qamrab olgan. Xususan, madaniyat falsafasi, iqtisodiyot falsafasi, siyosat falsafasi, din falsafasi, inson falsafasi, falsafa tarixiga doir muammolar kafådra profåssor-o`qituvchilari tomonidan nomzodlik va doktorlik dissårtatsiyalari darajasida tadqiq etib kålinmoqda. Kafådra a'zolari “Hozirgi davrda madaniyat taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari, rivojlanishining istiqbollari va fuqarolik jamiyatining madaniy-ma'rifiy asoslarini mustahkamlashdagi o`rni” mavzuidagi fundamåntal tadqiqot loyihasini va boshqa tadqiqot dasturlarini bajarishda faol ishtirok etib kålmoqda. Shuningdåk, ular “Islom entsiklopådiyasi”, “Falsafa: qomusiy lug`at”, “Milliy g`oya: pådagogik tåxnologiyalar va atamalar lug`ati” kabi yirik asarlarning yaratilishiga o`zlarining salmoqli hissalarini qo`shishgan.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar ham kafådra faoliyatining muhim yo`nalishi. Kafådra profåssor-o`qituvchilari faoliyati davomida talabalar uchun yurtimizning boy tarixini, buyuk ajdodlarimizning ma'naviy må'rosi, milliy qadriyatlarimizni o`rganish, råspublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni kång targ`ib qilish maqsadida, turli qadamjolar, muzåylar, madaniy va tarixiy obidalarga tizimli ravishda ekskursiyalar tashkil etiladi.
Kafådra o`qituvchilari O`zbåkiston tarixi muzåyi, Tåmuriylar tarixi davlat muzåyi, «Qatag`on qurbonlari» muzåyi, Tabiat muzåyi, Botanika ilmiy-tadqiqot bog`i bilan o`rnatilgan hamkorlikdan unumli foydalangan holda, ayrim fanlar bo`yicha amaliy mashg`ulotlarni ushbu tashkilotlarda o`tkazmoqdalar.
Shuningdåk, kafådra milliy g`oya targ`iboti hamda yurtboshimiz asarlaridan foydalanish uslubiyotini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo`yicha univårsitåtda o`ziga xos g`oyaviy-ma'rifiy markaz vazifasini bajarib kåladi. Jumladan, Pråzidånt I.A.Karimov asarlari va ma'ruzalaridagi mafkura, din, siyosat, milliy taraqqiyot xususiyatlarini, ekstråmizm hamda tårrorizmning asl mohiyatini ochib båradigan fikrlarni o`rganish maqsadida quyidagi ishlar yo`lga qo`yilgan:

• ijtimoiy-falsafiy fanlar bo`yicha ma'ruzalarni tayyorlashda Pråzidånt I.A.Karimov asarlaridan manba sifatida foydalanish;
• ushbu asarlarning univårsitåtda o`qitiladigan o`quv kurslari mavzulariga oid matni(båtlari)ni mustaqil ta'lim uchun tavsiya etish;
• asarlardagi g`oyalardan fanning o`rganilayotgan masalalarini tavsiflash va asoslashda foydalanish;
• amaliy mashg`ulotlarga tayyorlanish, ilmiy ma'ruza va råfåratlar yozishda asarlar mazmunidan aniq foydalanish bo`yicha tavsiyalar bårish;
• bitiruv malakaviy ishlari va boshqa tadqiqotlar uchun kårakli tavsiyalarni ishlab chiqish.

Shuningdåk, kafådrada islom falsafasi va din falsafasi kabi o`quv kurslari nazariy asoslarining ishlab chiqilishi, bu sohada ilmiy-uslubiy izlanishlar olib borilishining yo`lga qo`yilganligi muhim ishlardan hisoblanadi. Bu sohada o`quv dasturlari va ma'ruza matnlarining yaratilganligi hamda kafådraning ushbu yo`nalishda univårsitåt bo`yicha tayanch bo`g`inga aylantirilganligi ham diqqatga sazovordir.
Kafådra faoliyati samarasiga ijobiy ta'sir ko`rsatayotgan omillardan biri ( hamkorlik aloqalaridir. Falsafa kafådrasi O`zbåkiston Milliy univårsitåtining falsafa fakultåti, O`zR FA I.Mo`minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, O`zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akadåmiyasi, Råspublika Ma'naviyat va ma'rifat kångashi huzuridagi “Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi” hamda “Ma'naviyat targ`ibot markazi”, O`zbåkiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Buxoriy nomli Toshkånt islom instituti, O`zbåkiston faylasuflari milliy jamiyati, O`zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari qo`mitasi, Imom Buxoriy xalqaro markazi bilan ilmiy-amaliy aloqalarni o`rnatgan va ular bilan birgalikda ilmiy anjumanlar o`tkazishda hamkorlik qilib kålmoqda. Råspublikamizning åtakchi faylasuf olimlari, davlat va jamoat arboblari bilan univårsitåt talabalari uchrashuvlarini o`tkazish an'anaga aylangan.
Falsafa kafådrasi profåssor- o`qituvchilari Rossiya, Qozog`iston, AQSh, Shvåtsiya, Misr, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda o`tkazilgan falsafiy masalalarga bag`ishlangan xalqaro konfåråntsiyalarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, so`nggi ikki yilda kafådra a'zolari AQShning Garvard univårsitåti Markaziy Osiyoni tadqiq etish markazi tomonidan o`tkazilgan 1-hududiy konfåråntsiyasida, Shvåtsiyada o`tkazilgan “Og`zaki tarix måtodologiyasi va amaliyoti”, Rossiya Fådåratsiyasi RGGU tomonidan tashkillashtirilgan “Islam Såntralnoy Azii: politika, obhåstvo i kultura”, Moskvada bo`lib o`tgan “Måjkulturno`y i måjråligiozno`y dialog v sålyax ustoychivogo razvitiya” nomli xalqaro anjumanlarda ishtirok etishdi.
Ilmiy-pådagogik kadrlar tayyorlash borasida ham kafådra univårsitåtda o`z o`rniga ega. Kafådrada B.Valiåv: “O`zbåkistonda iqtisodiyot falsafasi rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari”; O.Yusupov: “Milliy istiqlol g`oyasi: qadriyat va an'analarni tiklash va asrab-avaylash muammolari” mavzuida doktorlik; kafådra katta o`qituvchisi A.Hamdamova: “Ekologik xavfsizlik milliy manfaatlarni ta'minlashning muhim omili”, A.Mansurov “Ijtimoiy boshqaruv stratågiyasida siyosiy åtakchining o`rni” mavzularida nomzodlik dissårtatsiyalari bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Yuqori malakali ilmiy-pådagogik kadrlar tayyorlash borasida 2008 yilgi natija sifatida U.Qo`shaåvning “Gåostratågik manfaatlarning mohiyati va amalga oshirish yo`llari” mavzuida nomzodlik dissårtatsiyasini himoya qilganligini ko`rsatish mumkin.
Bularning barchasi kafådra ilmiy-pådagogik salohiyatining o`sayotganidan, qolavårsa univårsitåtda ijtimoiy-falsafiy fanlarni o`qitish samarasining o`ziga xos ravishda ortayotganidan dalolat båradi. Bu esa, o`z navbatida mamlakatimizda ijtimoiy-falsafiy fanlarni rivojlantirish, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashda qo`lga kiritilayotgan yutuqlarimizdan har tomonlama foydalanish vazifasini bajarishga xizmat qiladi.
 


Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti
Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi