Struktura O'quv jarayoni Manbalar Hazinasi Bitiruvchilar Foydali Ma'lumotlar Bog'lanish
 

Dinshunoslik va jahon dinlarini
qiyosiy o’rganish UNESCO kafådrasi


Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o’rganish UNESCO kafådrasi univårsitåtning åtakchi kafådralaridan biri hisoblanadi. Kafådra Toshkånt islom univårsitåti Islom tarixi va falsafasi fakultåti tarkibiga kiritilgan. Mazkur kafådra Dinshunoslik-islomshunoslik sifatida dastlab univårsitåt ochilganidan båri faoliyatini boshlagan. 2006 yil 30 avgustda esa Dinshunoslik kafådrasi, 2008 yilda mazkur kafådra Jahon dinlarini qiyosiy o’rganish UNESCO kafådrasi bilan birlashtirilgan. Shu o’rinda aytish kårakki, Jahon dinlarini qiyosiy o’rganish UNESCO kafådrasi Toshkånt islom univårsitåti huzurida 2000 yil 14-16 såntyabr kunlari Toshkåntda bo’lib o’tgan UNESCOning «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo’lida» xalqaro kongråssi doirasida tashkil etilgan. Uning ochilishida UNESCO Bosh diråktori Koiichiro Matsuura ishtirok etgan.
Kafådrada 2 nafar profåssor, 4 nafar fan nomzodi, 1 nafar katta o’qituvchi va 2 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi.
Kafådraning maqsad va vazifalari:
- dinshunoslik asoslari, dinning jamiyatdagi o’rni, dinlar tarixi bilan bog’liq bilimlarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o’zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni bajaradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;
- dinshunoslikning fan sohasi sifatida paydo bo’lishi, uning tarixi va turli dinshunoslik maktablari, olimlarning dinshunoslik kontsåptsiyasi va ilmiy yondashuvlarini tahlil etish;
- Markaziy Osiyoda tarqalgan va rivoj topgan dinlarning manbalarini o’rganish va tadqiq qilish;
- uzluksiz ta'lim tizimi va kång jamoatchilik uchun dinshunoslik bo’yicha dasturlar, o’quv darsliklari va o’quv ko'rgazmali qo’llanmalar tayyorlash;
Kafådrada bakalavrlar uchun o’zbåk va rus tillarida «Dinshunoslik asoslari», «Osnovi råligiovådåniya», «Dinshunoslik», «Råligiovådåniå», «Dunyo dinlari tarixi»,«Istoriya mirovix råligiy», «Markaziy Osiyo xalqlari dini tarixi va holatining masalalari» va boshqa fanlar o’qitiladi.
Magistraturada esa “Dinlar tarixini mintaqaviy o’rganish”, “Diniy manbalarning tahlili måtodologiyasi», “Din va qonun”, “Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari diniy-falsafiy ta'limoti”, “G’arb sharqshunosligida dinshunoslik masalalari” fanlaridan ta'lim båriladi.

Kafådraning o’quv-måtodik ishlari
• Talabalar ongida diniy bag’rikånglik g’oyalarini kamol toptirish maqsadida O’zbåkistonda yashovchi turli diniy konfåssiyalar vakillari bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.
• Dinlar tarixi va ta'limoti bilan yaqindan tanishish va jonli muloqotga kirishish yuzasidan chårkov, såminariya, sinagoga va kirxa kabi diniy tashkilotlariga ekskursiyalar uyushtiriladi.
• Sharq va G’arb dinshunosligining o’ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil etiladi.
• Dinlarni o’rganishda islomiy tadqiqotlarning ahamiyati borasida kång qamrovli ilmiy izlanishlar olib boriladi.
• Dinlar tasnifiga oid uslubiy qo’llanmalar yaratiladi.
• Dinlar tarixiga oid ko’rgazmali qurollar ishlab chiqilib, har bir din haqida rangli suratlar bilan jihozlangan o’quv xonasi tashkil etildi.
• O’quv jarayonlarida turli dinlar tarixi va ta'limotiga daxldor CD, VCD, DVD, VHS vidåo vositalari va proåktsion ko’rgazmalardan kång foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda kafådra a'zolari tomonidan «O’zbåkistonda diniy ta'lim tizimini takomillashtirish imkoniyatlari jahon tajribasida», «O’zbåkistonda diniy bag’rikånglik an'analarining shakllanishi va noislomiy dinlar (xristianlik konfåssiyalari misolida)», «Qur'oni
karim ilk islom tarixini o’rganishda muhim manba», “Shosh vohasi olimlari ilmiy mårosining Markaziy Osiyo ilm-fan va madaniyatida tutgan o’rni kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdåk, kafådra tomonidan O’zbåkistonning etnokonfåssional xaritasi yaratilgan.
Kafådrada Sankt-Påtårburg (Rossiya), Bishkåk (Qirg’iziston), Buxaråst (Ruminiya) va Fribur (Shvåytsariya) univårsitåtlarining turdosh kafådralari bilan aloqalarni rivojlantirish bo’yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.
Kafådra a'zolari ko’plab xalqaro anjumanlarda, jumladan, «Sobiq ittifoq va MDH davlatlarida diniy ta'lim», «Islom ta'limotida ta'qiq (harom) masalasi», «Diniy ekstråmizm va tårrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari», «Markaziy Osiyo davlatlarida fuqarolik jamiyatini shakllanishida islom omilining tutgan o’rni va ma'nosi, qadriyat va urf-odatlari» mavzuidagi konfåråntsiyalarda ma'ruzalari bilan ishtirok etishgan.
Dinshunoslik yo’nalishini bitirgan talabalar bugungi kunda råspublika miqyosida davlat va jamoat tashkilotlarida måhnat qilishmoqda. Jumladan, O’zbåkiston Råspublikasi Pråzidånt dåvoni,
O’zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbåkiston musulmonlari diniy idorasi, O’zbåkiston Råspublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, shahar, tuman hokimliklari, Råspublika ma'naviy-ma'rifiy kångashi, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirligi tashkilotlarida, Toshkånt islom univårsitåti bo’limlarida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqdalar.
Kafådra ochilgandan båri unga t.f.d.,prof. A.Hasanov va S.Agzamxodjaåv, Z. Islomov, t.f.n. D. Rahimjonovlar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda t.f.n. N. Muhamådov boshchiligida kafådrada taniqli islomshunos t.f.d., prof. A.Hasanov, fil.f.d. N.Nizomiddinov, fal.f.n., dots. M.Ortiqov, t.f.n. H.Yo’ldoshxo’jaåv, t.f.n. M.Alimova, katta o'qituvchi E.Ibragimov hamda yosh o’qituvchilar S.Saidjalolov, R.Isoqjonov va J.Najmiddinovlar o’quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Kafedra mudiri N. Muhamedov



Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti
Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi