XALQARO ALOQALAR BO'LIMI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti 1999 yil ta’sis bo’lgan kunidan boshlab hozirgi kungacha xorijdagi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O’zbekistondagi chet el vakolatxonalari bilan ilmiy-madaniy sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni o’rnatgan.
O’tgan yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida dunyoning turli mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari: jumladan Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universiteti, Amerika Qo’shma Shtatlarining Sietl shahridagi Vashington nomli universiteti, Indoneziya Respublikasi Xalqaro Davlat islom universiteti, Pokiston Islom Respublikasining Islomobod Xalqaro islom universiteti, Malayziya Xalqaro islom universiteti va Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan ilmiy-madaniy sohalarni rivojlantirishga oid Shartnoma va Anglashuv Memorandumlari imzolangan.
Ikki tomonlama imzolangan hujjatlarga asosan 1999 yildan 2009 yilgacha universitetning 200 ga yaqin professor-o’qituvchilari, talaba, stajyor, aspirant va xodimlari almashinuv yoli bilan Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Malayziya, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Avstraliya, Hindiston, Pokiston, Eron Islom Respublikasi, Avstriya, Daniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi davlatlarga turli o’quv kurslari, Xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun safar qildi.
Shu paytga qadar Toshkent islom universiteti bilan tanishish, hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida dunyoning ko’plab mamlakatlaridan 300 ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi. Ular orasida davlat boshliqlari, davlat arboblari, yetuk olimlar, chet davlatlarning O’zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari bor.
Misr Arab Respublikasi Al-Azhar universiteti Shayxi Muhammad Sayyid At-Tantoviy hamda Germaniyaning Bonn universiteti professori Gudrun Kremerga Toshkent islom universitetining Faxriy doktori unvoni, Rossiyaning sobiq Prezidenti Vladimir Putinga Faxriy talaba unvoni berilgan.
O’zbekistondagi Amerika Qo’shma Shtatlari, Kuvayt Davlati, Misr Arab Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi elchixonalari tomonidan universitetning 5 ta sinf xonasi ta’mirlanib, umumiy qiymati 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan zarur mebellar, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan.
AQSh, Kanada, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Malayziya, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Avstraliya va Hindiston kabi davlatlar oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Yaponiyaning Maorif universiteti bilan birgalikda Mahmud Az-Zamahshariyning Toshkentda saqlanayotgan dunyoda yagona to’rt tillik “Muqaddamat ul-Adab” asari yuzasidan 3 jildlik ilmiy tadqiqot amalga oshirildi (2006-2009 yillar). Birinchi jild – uning faksimil nashri 600 varaqda; ikkinchi jild – asardagi so’zlikning indeksi 20 bosma taboqda; uchinchi jild – asar bo’yicha nashr etilgan materiallar to’plami 15 bosma taboqda. Loyihani amalga oshirishda universitet professori Zohidjon Islomov, Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi xodimi Hamid Hasanov va Yaponiya Maorif universiteti professori Saito Yoshiro qatnashgan.
Toshkent islom universiteti professor-o’qituvchilarining tilshunoslik, manbashunoslik, O’rta Osiyo tarixi, tabiiy fanlar, siyosatshunoslik, falsafa va iqtisod bo’yicha maqolalari Yaponiya, Italiya, AQSh, Shvetsiya, Turkiya, Rossiya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlardagi gazeta va jurnallarda chop etilgan.
2009 yil 9 iyun kuni Toshkent islom universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarining arab tilidagi nusxasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda davlat jamoat tashkilotlari vakillari, universitet professor-o’qituvchilari va talabalari, taniqli sharqshunos, dinshunos, islomshunos olim va mutaxassislar, musulmon davlatlarining O’zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Hozirgi kunda Toshkent islom universitetida Misr Arab Respublikasidan kelgan 2 nafar professor beg’araz yordam sifatida talabalarga arab tilidan dars bermoqda.
Yaponiyaning JICA agentligi volonterlari professor Kaziyuki Nakao “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasida va Nakasawa Hudaki "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasida master klass kurslarini olib borishmoqda.
2012 йил давомида Тошкент ислом университети - Ҳиндистон Молия институти, Кореянинг Жонгбу университети, Туркиянинг Гази Давлат университети, Чехиянинг Марказий Богемия университети, АҚШнинг Вашингтон университети ва Кореянинг Юҳан университети билан “Ниятлар Протоколи” имзолади;
Кореянинг КАИСТ университети, Малайзиянинг Перлис университети ва Россиянинг С.Петербург давлат университети билан ТИУнинг ҳамкорлик алоқаларини ўрнатиш доирасида ишлар олиб борилмоқда;
Германиянинг Мюнстер университети билан “Сиёсат ва дин” дастурида иштирок этиш юзасидан ТИУда Мюнстер университети раҳбарияти билан ҳамкорлик масалалари муҳокама этилди;
9 июль куни НАТО Мудофаа Институти ҳамда Тошкентдаги Конрад Аденауэр Фонди томонидан “Центральная Азия после вывода войск НАТО из Афганистана” номли Италиянинг Рим шаҳрида бўлиб ўтган халқаро анжуманда ТИУ Малака ошириш факультети декани Ғофуров Уйғун ўз маърузаси билан иштирок этди;
ТИУда “Исломшуносликнинг долзарб масалалари” номли навбатдаги семинар ўтказилди. Унда Россия ФА Шарқ қўлёзмалари институти директор ўринбосари С.Прозоров иштирок этди;
Шунингдек, 2012-йилнинг 27-28 ноябрь кунлари Москва шаҳрида Россия муфтийлар Кенгаши ва Москва ислом университети билан ҳамкорликда ўтказилган VIII Мусульманский Форум «Консолидация мусульманского сообщества стран СНГ: достижения и цели» номли форуми ва унинг негизида ташкил этилган “Международное измерение исламского образования в России” МДҲ давлатлари ва хорижда ислом таълими мавзуидаги V Халқаро таълим конференциясида ТИУ ректори Р.В.Абдуллаев иштирок этди;
Миср Араб Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонаси қошидаги Миср маданият маркази билан ҳамкорликда ТИУда “Ўзбекистон ва Миср илмий-маданий алоқалари: ҳозирги кун ва истиқбол” номли тадбир ўтказилди;
Кувайт университетида бўлиб ўтган “Ноараб Осиё ва замонавий араб маданиятидаги ўзгаришлар” номли халқаро конференцияда ТИУнинг 2 нафар ходими иштирок этди;
Бирлашган Араб Амирликлари Бош вазири ўринбосари, Ички ишлар вазири шайх Сайф бин Зойид Ол Наҳённинг Тошкентдаги ваколатхонаси тарафидан Тошкент ислом университети моддий техник базани бойитиш мақсадида 120.000 АҚШ доллари миқдоридаги "Листоподборочный комплекс" DUPLO SYSTEM 5000PRO (Япония) нашриёт-матбаа ускунаси тақдим этилди. Ҳозирда ускунанинг монтаж ишлари якунланмоқда.
Tashkent Islamic University
International Cooperation Dept.
Head: Mr.: Khamidbek Khasanov
e-mail:
Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим.
Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим.
tel.: +998-71-2449593
tel.: +998-71-2449593
fax.: +998-71-2440065
A.Kadiri 11, 100011,
Tashkent, Uzbekistan
















