«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti
Prezidentimiz tashabbusi bilan tuzilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH)ning universitetda olib borayotgan ishlari tahsinga sazovordir. 2001 yil «Kamolot» YoIH tuzilgan dastlabki oylardayoq yoshlarni birlashtirish, boshlang‘ich tashkilot faoliyati Nizom doirasida tashkil etilganligi uchun Мarkaziy kengash Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
«Kamolot» YoIH boshlang‘ich tashkiloti bir qator ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, yoshlarning manfaatini himoya qilish, bilimi, iqtidorini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratib berish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash bo‘yicha doimiy ravishda «Kamolot» YoIH Toshkent shahar bo‘limi kengashi, Мirobod tuman bo‘limi kengashi, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, yoshlarning diniy bilimlarini oshirish, turli oqimlarga kirib qolishining oldini olish masalasiga bag‘ishlangan tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda.
Yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida «Ikki palatali – parlament mening kelajagim» va boshqa siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida doimiy ravishda tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, har xil yomon illatlarga qarshi kurashish, yoshlarning faolligini yanada oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan «Tavakkal», «Quvnoqlar va zukkolar guruhi» universitet ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarida doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqda.
«Kamolot» YoIH yoshlarning manfaatini himoya qilish, yoshlarning bilimi, iqtidorini namoyon etish, yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash maqsadlarini namunali tarzda amalga oshirganligi uchun 10 yil davomida iqtidorli talabalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha yutuqlarga erishganlar. Jumladan, 5 ta «Imom al-Buxoriy» Davlat stipendiyasi sovrindorlari, 1 ta «Shuhrat» medali sovrindori, 1 ta «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi 3-o‘rin sohibi, 4 ta Respublika kasaba uyushmalari assotsiatsiyasi stipendiantlari, «Talabalar bahori» respublika tanlovida 2-o‘rin, «Kelajak ovozi» sovrindori, 1 ta Хalqaro Konrad Аdenauer jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi, 1 ta LG grant sovrindori, 1 ta «Oltin kuz» mualliflik qo‘shiqlari festivalining «Eng yaxshi qo‘shiq matni» nominatsiyasi g‘olibi, «Хazina–2003» Respublika bosqichi g‘olib talabalari.
















