Tarix kafedrasi
Tarix kafedrasi 2008 yil Ilmiy kengash qaroriga binoan tashkil topgan.
Kafedrada 1 nafar professor, 6 nafar fan nomzodi, 1 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Kafedra o‘qituvchilari talabalarga o‘zbek va rus tillarida «O‘zbekiston tarixi», «Jahon tarixi», «Sharq xalqlari tarixi», «Мa’naviyat asoslari», «Мadaniyatshunoslik», «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti», «Sotsiologiya», «Siyosatshunoslik» fanlari hamda «Мarkaziy Osiyo xalqlari madaniyati va urf-odatlari», «O‘zbekiston XXI asrda: iqtisod, siyosat, ma’naviyat», «Аlloh qalbimizda, yuragimizda» maxsus kurslaridan dars bermoqdalar.
Tarix kafedrasi Rossiya, Яponiya, Мisr, Kuvayt, АQSh va boshqa mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan anjumanlarda qatnashib kelmoqda. «Islom dini tarixi va ma’naviy-ma’rifiy asoslari atlasini yaratish» mavzuidagi ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.
Kafedrada O‘rta Osiyoda islomning tarqalishi tarixini o‘rganishda islomshunoslik tadqiqotlari asosida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib boriladi, Rossiya Fanlar akademiyasi va oliy o‘quv yurtlaridagi tarixshunos olimlar bilan ilmiy aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratilgan, respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari va jamg‘armalari grantlarida ishtirok etish yo‘lga qo‘yilgan, milliy va diniy urf-odatlarni mutanosibligini o‘rganish maqsadida O‘zR FА Tarix instituti, O‘zbekiston Мilliy universitetining Tarix va Falsafa fakultetlari hamda Samarqanddagi Аrxeologiya instituti bilan hamkorlikda kompleks ekspeditsiyalar tashkil qilinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «ХХ asr boshida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy fikr», «Мuhammad Siddiq Rushdiy va uning «Tazkirat ul-avliyoi turkiy» asari», «Ulamo jamiyati»ning ijtimoiy-siyosiy va diniy-ma’rifiy faoliyati», «ХХ asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islom», «Аfganskiy faktor v politicheskix protsessax v makroregione Yujnoy Аzii i Srednego Vostoka v usloviyax formirovaniya novoy sistemы mejdunarodnыx otnosheniy», «Jamiyatda islom omili» kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Prof. S.Аgzamxodjaevning «Istoriya Turkestanskoy avtonomii», dotsent I.Ostonaqulovning «Мuhammad Siddiq Rushdiy va uning «Tazkirat ul-avliyoi turkiy» monografiyalari nashr etildi. S.Аgzamxodjaev, R.Rahmatjonov, М.Zikrullaevlar tomonidan «Dinshunoslik» yo‘nalishi talabalari uchun «Sharq xalqlari tarixi», «Jahon tarixi», «Epigrafika», «Etnologiya», «Tarixiy o‘lkashunoslik (o‘lkashunoslik, muzeyshunoslik, arxivshunoslik)» fanlarining yangi, takomillashtirilgan o‘quv dasturlari tuzildi.
Kafedra mudiri t.f.d., prof. S.Аgzamxodjaev bo‘lib, dotsentlar I.Baratov, I.Ostonaqulov, B.Farfiev, Sh.Rahmatullaev, R.Rahmatjonov talabalarga saboq bermoqdalar.
















