O‘quv-uslubiy kengash
Universitet o‘quv-uslubiy kengashi 1999 yil sentyabrda tashkil topgan.
Kengash har oyda bir marotaba o‘z majlisini o‘tkazadi.
Universitet o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv-uslubiy ishlarni rejalashtirib, amalga oshirib kelmoqda.
Hozirga qadar professor-o‘qituvchilar tomonidan 150 dan ortiq fan darsliklari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi.
Hozirda yuqoridagi qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari hamda o‘quv dasturlari qaytadan ko‘rib chiqilmoqda va mukammallashtirilgan variantlari axborot-resurs markazi fondiga kiritilmoqda.
O‘quv-uslubiy kengash raisi fil.f.n., dots. А.Аbdullaev




















