O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti G'arb tillari kafedrasi faoliyati haqida ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti g'arb tillari kafedrasi universiteti ilmiy kengashining 1999 yil 30 avgustda bo'lib o'tgan 1-sonli qarori bilan tashkil etilgan. 1999 yildan 2003 yilgacha kafedra mudiri lavozimida filologiya f.n., dots. K.Raxmonberdiev faoliyat olib borgan. 2003-2007 yillar mobaynida SH.Minovarov kafedraga rahbarlik qildi. 2008 yildan beri D.Muxitdinova G'arb tillari kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2009 yil dekabr oyidan boshlab A.Qodirov rahbarlik qildi. 2011 yil sentyabr` oyidan beri Barno Shamsematova kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra professor va o'qituvchilari bakalavr va magistratura talabalariga «Ingliz
tili» va «Rus tili» fanlaridan ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar olib boradilar.
Kafedrada 11 ta professor-o'qituvchi dars beradi. Shundan, 1 ta fan nomzodi, 1 ta katta o'qituvchi va 9 ta o'qituvchi faoliyat olib boradi. Kafedra o'qituvchi- professorlarining 7 ta nafari asosiy, 4 nafari o'rindosh asosida dars beradilar.
Kafedra o'qituvchilarining har biri zamonaviy pedtexnologiya va interaktiv
usullardan keng foydalangan holda amaliy mashg'ulotlarni olib boradilar. Dars jarayonini yanada samarali bo'lishini ta'minlash maqsadida kafedra o'qituvchilari zamonaviy pedogogik texnologiyalarning “Aqliy hujum”, “Charxpalak”, “Loyiha”, “Bumerang”, “6x6” kabi turlaridan unumli foydalanmoqdalar. Darslar texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. Bu esa shubhasiz vatanimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodning bilim saviyasi tobora ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Shuningdek, kafedra o'qituvchilari har o'quv yilida ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etadilar, ilmiy-uslubiy seminarlar va ochiq darslarni amalga oshiradilar. Ilmiy-uslubiy seminarlarda qilingan ma'ruzalar respublika miqyosidagi jurnallarda chop etib kelinmoqda. Jumladan, M.Musamuhamedova va M.Abralovalar - "Ingliz tili darslarida xadislardan foydalanish", "Toshkent islom universiteti professor-o'qituvchilari ilmiy-amaliy anjumani ma'ruza tezislari to'plami", "Toshkent islom universiteti professor-o'qituvchilari ilmiy-amaliy anjumani ma'ruza tezislari to'plami", Sultonqulov G'ayrat - “Hayotga rahna soladi”, “Inson va qonun” gazetasining 2008 yil 24 iyun` №29 sonida maqolalar nashrdan chiqdi.
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan quyidagi uslubiy qo'llanmalar chop
etildi. Shu jumladan, M.Abralova, M.Musamuhamedova, “101 Hadis”, TIU, (2007) o'quv qo'llanmasi nashrdan chiqarildi.
G'arb tillari kafedrasi o'qituvchilari turli dasturlarda malaka oshirib boradilar.
Masalan, K.Mahkamova Elektron darslik bo'yicha va B.Shamsematovalar Vestminster universitetida “Academic writing” bo'yicha malaka oshirdilar. Kafedra o'qituvchilari universitet o'qituvchilarini ingliz tili bo'yicha malakasini oshirish maqsadida dars berib keldilar.
Kafedra respublikamizdagi bir qator elchixonalar va markazlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatgan. Bular sirasiga, British Council (Britaniya kengashi), UzTEA (O'zbekiston ingliz tili o'qituvchilari uyushmasi) ham kiradi. Shuniningdek, kafedra O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, Toshkent Xalqaro Vestminister Universiteti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib boradi.
Kafedrada murabbiylik faoliyati ham yo'lga qo'yilgan. G'.Sultonqulov “Islom huquqi” 2 kurs va O.Mavlonov “Informatika” 2-kurs talabalari bilan murabbiylik faoliyatini samarali olib bormoqdalar.
Kafedra a'zolari turli bayramlar, jumladan “Konstitutsiya kuni”, “O'qituvchi va
murabbiylar kuni”, “Navro'z” “8 Mart” kabi qator tadbirlar, talabalar turar joyida
ma'naviyat xonasida uyushtirilidigan kechalar va YUNESKO tasarrufidagi maktab o'quvchilari uchun ma'naviy-ma'rifiy treninglarda faol ishtirok etib keladilar.
21.02.2012 yangilandi
















