Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
 
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

 

www.dc.uz

  • Uzbek
  • English (United Kingdom)
  • Russian (CIS)
Bosh sahifa
There are no translations available.

Dinshunoslik va jahon dinlarini

qiyosiy o'rganish YUNESKO kafedrasi

 

 


Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish YUNESKO kafedrasi universitetning yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra Toshkent islom universiteti Islom tarixi va falsafasi fakul`teti tarkibiga kiritilgan. Mazkur kafedra Dinshunoslik-islomshunoslik sifatida dastlab universitet ochilganidan beri faoliyatini boshlagan. 2006 yil 30 avgustda esa Dinshunoslik kafedrasi, 2008 yilda mazkur kafedra Jahon dinlarini qiyosiy o'rganish YUNESKO kafedrasi bilan birlashtirilgan. Shu o'rinda aytish kerakki, Jahon dinlarini qiyosiy o'rganish YUNESKO kafedrasi Toshkent islom universiteti huzurida 2000 yil 14-16 sentyabr` kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan YUNESKOning «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo'lida» xalqaro kongressi doirasida tashkil etilgan. Uning ochilishida YUNESKO Bosh direktori Koiichiro Matsuura ishtirok etgan.

Kafedrada 2 nafar professor, 4 nafar fan nomzodi, 1 nafar katta o'qituvchi va 3 nafar o'qituvchi faoliyat olib boradi.

Kafedraning maqsad va vazifalari:




– dinshunoslik asoslari, dinning jamiyatdagi o'rni, dinlar tarixi bilan bog'liq bilimlarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o'zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni bajaradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

- dinshunoslikning fan sohasi sifatida paydo bo'lishi, uning tarixi va turli dinshunoslik maktablari, olimlarning dinshunoslik kontseptsiyasi va ilmiy yondashuvlarini tahlil etish;

- Markaziy Osiyoda tarqalgan va rivoj topgan dinlarning manbalarini o'rganish va tadqiq qilish;

- uzluksiz ta'lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik bo'yicha dasturlar, o'quv darsliklari va o'quv ko'rgazmali qo'llanmalar tayyorlash.

Kafedrada bakalavrlar uchun o'zbek va rus tillarida «Dinshunoslik asoslari», «Osnovi religiovedeniya», «Dinshunoslik», «Religiovedenie», «Istoriya mirovix religiy», «Dunyo dinlari tarixi», «Markaziy Osiyo dinlari tarixi» va boshqa fanlar o'qitiladi.

Magistraturada esa “Dinlar tarixini mintaqaviy o'rganish”, “Diniy manbalarning tahlili metodologiyasi», “Din va qonun”, “Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari diniy-falsafiy ta'limoti”, “G'arb sharqshunosligida dinshunoslik masalalari” fanlaridan ta'lim beriladi.

Kafedraning o'quv-metodik ishlari

Talabalar ongida diniy bag'rikenglik g'oyalarini kamol toptirish maqsadida

O'zbekistonda yashovchi turli diniy konfessiyalar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkaziladi.

Dinlar tarixi va ta'limoti bilan yaqindan tanishish va jonli muloqotga kirishish

yuzasidan cherkov, seminariya, sinagoga va kirxa kabi diniy tashkilotlariga ekskursiyalar uyushtiriladi.

Sharq va G'arb dinshunosligining o'ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil etiladi.

Dinlarni o'rganishda islomiy tadqiqotlarning ahamiyati borasida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Dinlar tasnifiga oid uslubiy qo'llanmalar yaratiladi.

Dinlar tarixiga oid ko'rgazmali qurollar ishlab chiqilib, har bir din haqida rangli suratlar bilan jihozlangan o'quv xonasi tashkil etildi.

O'quv jarayonlarida turli dinlar tarixi va ta'limotiga daxldor CD, VCD, DVD, VHS video vositalari va proektsion ko'rgazmalardan keng foydalaniladi.

Hozirgi vaqtda kafedra a'zolari tomonidan «O'zbekistonda diniy ta'lim tizimini takomillashtirish imkoniyatlari jahon tajribasida», «O'zbekistonda diniy bag'rikenglik an'analarining shakllanishi va noislomiy dinlar (xristianlik konfessiyalari misolida)», «Qur'oni karim ilk islom tarixini o'rganishda muhim manba», “Shosh vohasi olimlari ilmiy merosining Markaziy Osiyo ilm-fan va madaniyatida tutgan o'rni” kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kafedra tomonidan O'zbekistonning etnokonfessional xaritasi yaratilgan.

Kafedrada Sankt-Peterburg (Rossiya), Bishkek (Qirg'iziston), Buxarest (Ruminiya) va Fribur (Shveytsariya) universitetlarining turdosh kafedralari bilan aloqalarni rivojlantirish bo'yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.

Kafedra a'zolari ko'plab xalqaro anjumanlarda, jumladan, «Sobiq ittifoq va MDH davlatlarida diniy ta'lim», «Islom ta'limotida ta'qiq (harom) masalasi», «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari», «Markaziy Osiyo davlatlarida fuqarolik jamiyatini shakllanishida islom omilining tutgan o'rni va ma'nosi, qadriyat va urf-odatlari» mavzuidagi konferentsiyalarda ma'ruzalari bilan ishtirok etishgan.

Dinshunoslik yo'nalishigi bitirgan talabalar bugungi kunda respkblika miqyosida davlat va jamoat tashkilotlarida mehnat qilishmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezident devoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari diniy idorasi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, shahar, tuman hokimliklari, Respublika ma'naviy-ma'rifiy kengashi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirligi tashkilotlarida, Toshkent islom universiteti bo'limlarida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqdalar.

Kafedra ochilgandan beri unga t.f.d.,prof. A.Hasanov va S.Agzamxodjaev, fil.f.d, prof. Z.Islomov, t.f.n. D. Rahimjonovlar rahbarlik qilishgan.

Hozirgi kunda t.f.n. N. Muhamedov boshchiligida kafedrada taniqli islomshunos t.f.d., prof. A.Hasanov, fil.f.d. N.Nizomiddinov, fal.f.n., dots. M.Ortiqov, t.f.n. H.Yo'ldoshxo'jaev, t.f.n. M.Alimova, katta o'qituvchi E.Ibragimov hamda yosh o'qituvchilar S.Saidjalolov, R.Isoqjonov va J.Najmiddinovlar o'quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Kafedra professor-o'qituvchilarining nashrlari

Ma'lumki, Shosh (Toshkent) mintaqadagi yirik madaniyat markazlaridan bo'lgan. Shosh vohasida islom ilmlari va madaniyati tarixiga doir masalalar muarrixlar, tadqiqotchilarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Biroq ularning aksariyati O'rta Osiyodagi shahar, qishloqlar geografiyasi va topografiyasi, ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid bo'lib, ularda Shosh vohasi va olimlariga tsgishli ma'lumotlar tarqoq holda ifodalangan.

Ushbu monografiyada X—XIX asrlarda faoliyat ko'rsatgan voha olimlarining islom ilmlari rivojida tutgan o'rni o'rta asr arab manbalari yordamida kompleks tarzda tadqiq etilgan. Bunda "Shoshiy", "Toshkandiy" nisbasidagi muhaddislar, faqihlarning nomlari aniqlanib, ularning qayoti va faoliyatiga oid yangi ma'lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi.

Shosh vohasida hadis va fiqh ilmlari rivoji jarayonlari islom dunyosidagi ilmiy-lgadaniy markazlarga qiyosan o'rganilib, tadqiq etildi. Tadqiqot natijasida Shosh vohasi olimlari va ularning islom dunyosidagi turli markazlardash ilmiy faoliyash to'g'risida bibliografik ma'lumotlar to'plandi.

Shuningdek, shoshlik buyuk allomalar – Abu Sa'id Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947), Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976), Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114), Shayx Xovandi Taxur (XIV), Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1490)lar hayoti, faoliyati va ilmiy-ma'naviy merosiga doir yangi ma'lumotlar ilmiy istifodaga kiritilgan.

 

Ushbu risolada istiqlol tufayli diniy sohada erishilgai ijobiy natijalar, milliy-ma'naviy qadriyat, urf-odat, an'ana va marosimlarning tiklanishi aniq va keng qamrovli ma'lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, islom dini asosini Qur'on oyatlari, hadislar bilan bir qatorda, odob-axloq mezonlari, umumbashariy qadriyatlar majmui tashkil etishi, sof islomiy tushunchalarning sog'lom va ma'rifiy talqinlari hamda turli diniy ekstremistik oqim va firqalar, missionerlik harakatlari, ularning kelib chiqishi, jamiyatdagi barqarorlik va xavfsizlikka taxdidi kabi masalalar qisqa savol-javoblar shaklida o'z ifodasini topgan.

Risola din va uning jamiyat hayotidagi o'rni bilan bog'liq muammolarga qiziquvchilar, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma Toshkent islom universiteti «Dinshunoslik» kafedrasida tuzilgan.

Unda «Jahon dinlarn tarixi» fanini o'qitishda e'tibor berilishi lozim bo'lgan asosiy jihat va yo'nalishlar ko'rsatib o'tilgai. Diniy fanlar tizimida «Jahon dinlari tarixi» faniga muhim o'rin ajratilgan. Hozirgi zamonda xalqaro munosabatlar kengaygan sari, dinlar orasidagi muammolar ham ijobiy hal qnlinmoqda.

Dunyoda keng tarqalgan buddaviylik, xristianlik va islom dinlari bilan bogliq global jarayonlarni tahliliy o'rganib aniq xulosalar chiqara oladishn mutaxassislarni tayyorlash uchun darslik va o'quv-uslubny qo'llanmalarning yangi avlodnni yaratishga ehtiyoj ortib bormoqda.

Bu o'quv-uslubiy qo'llanma asl diniy manbalar va ilmiy tadqiqotlardan foydalangan holda tuzilgan bo'lib, butunlay yangicha uslub va mazmuii bilan nlgari tuzilgan o'quv-uslubiy qo'llanmalardan ajralib turadi. Shunga ko'ri, manba va adabiyotlar bilan imkon qadar kengroq tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, o'quv-uslubiy qo'llanmaga foydalanuvchilar uchun rus va o'zbek tilidagi adabiyotlar bilan ishlash, mustaqnl bilim olishlarida yengilliklar yaratnsh mgaqsadida «Qisqacha ruscha-o'zbekcha atamalar lug'ati», «Ba'zi diniy atamalarning qisqacha izohln lug'ati» kiritilgan.

O'quv qullanmada davlat va din orasidagi munosabatlar, uning O'zbekistonda namoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari, Markaziy Osiyo xalqdari hayotida islom dinining tutgan o'rni atroflicha yoritilgan. Diniy ekstremizm va terrorizmning mohiyati, unga qarshi kurashning xalqaro xuquqiy asoslari kabi masalalar tizimli ochib berilgan.

Shuningdek, O'zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi global kurashda tutgan o'rni, mamlakatimizning tadrijiy taraqqiyotini ta'minlash yo'lida olib borilayotgan ishlarning ustuvor yo'nalishlari, xususan, din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat va fuqarolarda mafkuraviy immunitet-ni shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning mazmunini ochib berishga ham alohida e'tibor berilgan.

O'quv qo'llanmani tayyorlashda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning ma'lumotlari va amaliy taklif-tavsiyalaridan foydalanilgan.

 

Ushbu ilmiy to'plamdan "Dinshunoslshshing dolzarb muammolari" an'anaviy ilmiy-amaliy anjuman materiallari o'rin olgan. Unda respublikamizdagi taniqli dinshunos, sharqshunos, manbashunos, tarixchi olim va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Anjuman materiallarida diniy bag'rikenglik, milliy va diniy qadriyatlar uyg'unligi, ajdodlar ilmiy-ma'naviy merosining ma'naviy hayotimizda tutgan o'rni o'zining ifodasini topgan. Shuningdek, dinshunoslik, islomshunoslik, falsafa va tarix fanlariga doir dolzarb mavzular aks etgan. To'plam materiallaridan oliy o'kuv yurtlari professor-o'qituvchilari, aspirant, magistr va yosh tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.

Mazkur ilmiy to'plamdan "Dinshunoslikning dolzarb muammolari" an'anaviy ilmiy-amaliy anjuman materiallari o'rin olgan. Unda respublikamizdagi taniqli dinshunos, sharqshunos, manbashunos, tarixli olim va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Anjuman materiallarida diniy bag'rikenglik, milliy va diniy qadriyatlar uyg'unligi, ajdodlar ilmiy-ma'naviy merosining ma'naviy hayotimizda tutgan o'rni o'zining ifodasini topgan. Shuningdek, dinshunoslik, islomshunoslik, falsafa va tarix fanlariga doir dolzarb mavzular aks etgan. To'plam materiallaridan oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, aspirant, magistr va yosh tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.

Kafedra keyingi 2 yilda quyidagi yutuqlarga erishdi:

- kafedra mudiri N.Muhamedov Respublika Ma'naviyat targ'iboti markazi tomonidan o'tkazilgan “Yilning eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi” Respublika ko'rik tanlovining tuman, shahar bosqichlarida g'olib chiqib, respublika bosqichida faxrli 2-o'rinni egalladi hamda “Milliy g'oya va mafkura targ'ibotchisi” nominatsiyasi bo'yicha diplom bilan taqdirlandi.

- Kafedra o'qituvchisi R.Isoqjonov 2010 yil 13-26 dekabr` kunlari Misr Arab

Respublikasi Qohira shahridagi Milliy telekommunikatsiya institutida malaka oshirib, informatsion texnologiyalar kursining sertifikatiga ega bo'ldi.

- Kafedra o'qituvchisi S.Saidjalolov dekabr` oyida O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Iste'dod” jamg'armasida “Innovatsion texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari va masofali o'qitish”, “Yuksak ma'naviyatli barkamol shaxs mezonlari”, “Barkamol avlodga yo'naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab sertifikatga ega bo'ldi.

- respublikaning turli viloyatlarida diniy-ma'rifiy suhbatlar o'tkazishda faol

ishtirok etdilar;

- kafedra a'zolari 20 dan ortiq risola, ilmiy maqola va o'quv-uslubiy qo'llanmalar

nashr ettirdilar;

- kafedra professor-o'qituvchilari Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni

muvofiqlashtirish qo'mitasining 2 ta Amaliy loyihasida faoliyat olib bormoqdalar.

Кафедра мудири т.ф.н., доц. Н.Муҳамедов

16.02.2012.