Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
 
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

 

 

Все о погоде - Pogoda.uz

www.dc.uz

 

  • Uzbek
  • English (United Kingdom)
  • Russian (CIS)
Bosh sahifa

 

Bir yilda o'rta hisobda 70-80 ta maqola, 2012 yil bilan hisoblaganda, Axborotning jami 40 ga yaqin sonida 700 ta atrofida maqola chiqarilgan. Bu maqolalar Ilmiy-tahliliy Axborot yo'nalishidan kelib chiqib, diniy-ijtimoiy, ajdodlar va musulmon olami ilmiy merosi, zamonaviy islomshunoslik va dinshunoslikning dolzarb masalalari, islom huquqi va falsafasi, islom tarixi va manbashunosligi, diniy ekstremizm va terrorizm, iqtisod va islom iqtisodi, informatika, axborot texnologiyalari, pedagogika va shu kabi boshqa turli mavzularga qaratilgan. Hozirda Axborot jurnali 100 adadda chop qilinmoqda.

Axborotning tahrir hay'ati – rais, mas'ul kotib va a'zolardan iborat bo'ladi. Rais – universitet rektori, mas'ul kotib – ilmiy kotib, a'zolar esa universitetning ilmiy darajali va malakali professor-o'qituvchilaridan iborat bo'ladi. Hay'atga tashqaridan yetuk olim va mutaxassislar ham jalb qilinishi mumkin. Tahrir hay'ati Axborotga kelib tushgan maqolalarni tahririy ko'rib chiqadi. E'tirozlar bo'lsa, muallifga qaytariladi. Tahrir hay'ati universitet rektori (rais) tomonidan tayinlanadi.

Axborotda Toshkent islom universiteti, boshqa oliy o'quv va ilmiy muassasalar professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchilari, ilmiy xodimlari, shuningdek, mahalliy va xorijlik olimlar, ulamolar, mutaxassislar va boshqa sohalardagi izlanuvchilar maqola nashr qila oladilar.

Maqola qabul qilish va nashr etish tartibi:

1) nashr xususiyatidan kelib chiqqan holda maqolalar ilmiy-tahliliy ruhda bo'lishi shart;

2) topshiriladigan maqolalarga mutaxassislar, olimlar tomonidan taqriz yozilib, ular o'zlari mansub tashkilot tarafidan tasdiqlanishi kerak. Bunda ilmiy darajasiz tadqiqotchilar 1-2 ta taqriz taqdim etadilar;

3) o'zbek tilidagi maqolaga rus va ingliz, rus tilidagiga o'zbek va ingliz, ingliz tilidagiga o'zbek va rus tillarida rezyume (maqolaning qisqacha mazmuni) yoziladi;

4) Axborotga maqolalar Word dasturida “Times New Roman”, 14 shrift, 1,5 interval oraliqda, 5-10 bet atrofida, elektron varianti bilan topshiriladi;

5) maqolalarning ilmiy apparati – snoskalari har bir betning pastki qismida quyidagi tartibda ko'rsatiladi:

- muallif va asar nomi;

- asar chop etilgan shahar va nashriyot;

- nashr etilgan yili va beti.

Masalan: Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. –B. 37.

Matveev S.A. Anglo-russkiy teologicheskiy slovar`. Iudaizm–Xristianstvo–Islam/ S.A.Matveev. –M.: AST: Vostokzapad, 2006. –S. 272.

6) Maqolaning yakunida (oxirgi betida) muallifning ismi-sharifi, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi to'liq ko'rsatilishi hamda muallif imzosi, maqola topshirilgan kun va sanasi, xizmat, uy telefoni raqamlari qayd etiladi.

Masalan: imzo, Matiboev Matiboy, Toshkent islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi o'qituvchisi, tarix fanlari nomzodi, 10.02.2012 y. tel: 243-00-00 uy, 430-00-00 sot.

Maqolalarni yig'ish, ko'rish va nashr etish bosqichlari

Maqolalar:

• har bir chorakning 1-oyida “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa

birlashmasi tahririyatiga Axborotning mas'ul kotibi qayd etganidan so'ng, qabul qilinadi va nashriyot muharrirlari tomonidan tahrir qilinadi;

• chorakning 2-oyida Axborotning tahrir hay'ati a'zolari va boshqa mutaxassislar tomonidan ko'rib chiqiladi;

• chorakning oxirgi 3-oyida Axborot sahifalanadi, nashr etishga tayyorlanadi va oyning oxirida chop etiladi.

Izoh: 2-3 oylarda olib kelingan maqolalar keyingi sonlarda nashr etilishi uchun olib qolinadi.

Unutmang: jurnalimiz muntazam ravishda yilda to'rt marotaba nashr etiladi, bu esa maqolangizni chop etishga eng zo'r imkoniyat. Keling, hamkorlik qilamiz.

Murojaat uchun:

Nashriyot: 241-08-52, 244-94-69;

E-mail: Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим. ; Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим.

mas'ul kotib: 241-18-09

So'nggi yillarda biz bilan hamkorlik qilib, maqolalar bilan qatnashayotgan muassasa va tashkilotlar:

1. Moskva davlat tilshunoslik universiteti

2. Qozog'iston san'at milliy akademiyasi

3. Imom Buxoriy xalqaro markazi

4. O'zFA Sharqshunoslik instituti

5. O'zFA Tarix instituti

6. O'zFA Falsafa va huquq instituti

7. Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

8. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

9. O'zbekiston milliy universiteti

10. Toshkent davlat yuridik instituti

11. Jahon iqtisodi va diplomatiyasi universiteti

12. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

13. Toshkent davlat pedagogika universiteti

14. Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

15. Toshkent viloyat pedagogika instituti

16. Guliston davlat universiteti

17. Qo'qon davlat pedagogika instituti

18. Samarqand arxitektura-qurilish instituti

19. Buxoro davlat universiteti

20. Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik instituti

21. Urganch davlat universiteti

22. Termiz davlat universiteti