Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
 
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

 

www.dc.uz

  • Uzbek
  • English (United Kingdom)
  • Russian (CIS)
Bosh sahifa

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI

KENGASHI

Toshkent islom universitetining Ilmiy kengashi universitet Nizomiga muvofiq oliygoh faoliyatidagi muhim masalalarni ko'rib chiqish uchun rektor raisligida tuzilgan.

Hozirda Ilmiy kengash a'zolari jami 35 ta bo'lib, ular:

– rektor;

– prorektorlar;

– xalqaro masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi;

– respublikaning din sohasida ko'zga ko'ringan yetuk mutaxassis olimlari;

– islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi direktori;

– akademik litsey direktori;

– fakul`tet dekanlari;

– ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i

– magistratura bo'limi boshlig'i;

– mutaxassislik chiqaruvchi va boshqa kafedralar mudirlari;

– manbalar xazinasi mudiri;

– axborot-resurs markazi direktori;

– monitoring va ichki nazorat bo'limi boshlig'i;

– universitetning yetakchi professor-o'qituvchilari,

– universitetdagi Xotin-qizlar qo'mitasi raisi, Kasaba uyushmasi raisi, “Kamolot” YOIH boshlang'ich tashkiloti yetakchisi kabi jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat.

Ilmiy kengash tarkibida 6 ta professor, 16 ta dotsent va fan nomzodi mavjud.

Ilmiy kengash raisi – i.f.d., professor Abdullaev Ravshan Vohidovich

Ilmiy kengash kotibi – t.f.n. Makhsudov Davronbek Rustamovich

Ilmiy kengash o'z faoliyatini Kengash Nizomiga muvofiq olib boradi.

Nizom Ilmiy kengashning maqsad va vazifalari, Kengash ishini rejalashtirish, ko'rib chiqishga materiallar va hujjatlar tayyorlash, majlislar o'tkazish va qarorlar qabul qilish, qarorlarning bajarilishini nazorat qilish hamda ish yuritish tartibini belgilaydi.

Ilmiy kengashning maqsadi – Universitet jamoasi sa'y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta'minlash, davlat ta'lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko'nikmalarga ega bo'lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirishdan iborat.

Ilmiy kengashning asosiy vazifasi – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, Prezident farmoni va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha Universitet jamoasining barcha kuchini birlashtirishdir.

Ilmiy kengash:

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari va dasturlarining qat`iy bajarilishini o'rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo'yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

- fakul`tetlarning o'quv, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy ishlari to'g'risidagi, akademik litseylar, universitet talabalar ilmiy jamiyatining faoliyati,

qabul komissiyasining qabul natijalari to'g'risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo'jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to'g'risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o'qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari bo'yicha tegishli qarorlarini qabul qiladi;

- universitet rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-

texnik ta'minot va moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

- fakul`tet va kafedralarni ochish, tugatish, o'zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish yoki to'xtatish bilan bog'liq masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi;

- professor-o'qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o'tkazadi, professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko'rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

- stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutlariga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;

- universitet bitiruvchilari hamda professor-o'qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta'minlash va komp`yuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo'yicha tayanch ko'nikmalarni shakllantirish masalalari bo'yicha chora-tadbirlar belgilaydi;

- ta'lim jarayonining o'quv adabiyotlari bilan ta'minlanganligi, yangi avlod darslik va o'quv qo'llanmalari, shuningdek innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo'llashga asoslangan o'quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o'qituvchilar tarkibidan nomzodlarni «Iste'dod» jamg'armasi va boshqa belgilangan yo'llar orqali xorijiy oily ta'lim muassasalarida malaka oshirishni o'tashga tavsiya etadi;

- iqtidorli talabalar va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar safidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda boshqa davlat va nodavlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

- Universitet talabalari va jamoasi sog'liqlarini yanada yaxshilash va jismoniy tarbiya bo'yicha tadbirlar belgilaydi;

- tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

- xorijiy mamlakatlarning oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha qarorlar qabul kiladi;

- universitet qoshidagi akademik litsey, nashriyot, jamoat tashkilotlari, «ZIYO» studiyasi, ta'lim kurslari va boshqa muassasalarning faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi, ularni rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar beradi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- talaba va xodimlarning texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo'yicha tadbirlarni belgilaydi;

- Universitet yo'nalishidan kelib chiqib, boshqa zarur masalalarni ham ko'radi.

Ilmiy kengash o'z faoliyatini Kengash majlisi va rektor tomonidan tasdiqlangan bir o'quv yili muddatiga tuzilgan ish rejasi asosida olib boradi.

Ilmiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar Kengash raisi tomonidan imzolangandan keyingina kuchga kiradi.

Ilmiy kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Bayonnomalar Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.

Ilmiy kengash hujjatlari va ishlarini yuritish ilmiy kotib zimmasiga yuklatiladi.

01.05.2013  yangilandi