Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
 
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер
Баннер

 

www.dc.uz

  • Uzbek
  • English (United Kingdom)
  • Russian (CIS)
There are no translations available.

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI

MONITORING VA ICHKI NAZORAT BO'LIMI

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o'quv-ta'lim jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta'lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi me'yoriy hujjatlari va uslubiy ko'rsatmalarining, universitet Ilmiy kengashi qarorlari, universitet rektori buyruqlarining ijro etilishi, o'z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.

- Monitoring va ichki nazorat bo'limi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta'lim to'g'risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to'g'risidagi qonunlarga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at qarorlari, buyruqlariga, universitet rektori buyruqlari, Ilmiy kengash qarorlari va bo'lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi.

- Monitoring va ichki nazorat bo'limi boshlig'i rektor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo'shatiladi.

- Monitoring va ichki nazorat bo'limi o'z faoliyatini vazirlik bilan kelishilgan holda va universitet rektori tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

- Monitoring va ichki nazorat bo'limi faoliyati har yili universitet Ilmiy kengashida

muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot vazirlikka o'quv yilining oxirida taqdim etiladi.

- Monitoring va ichki nazorat bo'limi universitetda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etilishini amalga oshiradi. Shuningdek, fakul`tetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo'linmalarning o'quv, o'quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay'at va Ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va universitet bo'yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta'lim sohasidagi me'yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

- Universitetda O'zbekiston Resublikasining «Ta'lim to'g'risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlari, ta'lim masalalari bo'yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at qarori, buyruq, yo'riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarning bajarilishi haqidagi ma'lumotlarni vazirlikning Monitoring bo'limiga va tegishli boshqarmalariga o'z muddatida sifatli taqdim qilishni ta'minlaydi.

- Xulosa, ko'rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va hal qilish bo'yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.

- Universitetda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlari, ta'lim masalalari bo'yicha Respublika hukumati qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at qarori, buyruq, yo'riq, xat, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek universitetning Ilmiy kengashi qarori va rektor buyruqlarining bajarilishini fakul`tetlarda, kafedralarda, bo'limlarda tahlil qilish.

- Universitetda va unga tegishli ta'lim muassasalari (malaka oshirish fakul`teti, litsey va boshqalar)da ta'lim standartlariga hamda ta'limga oid me'yoriy hujjatlarga amal qilinishni tekshiradi.

- Universitetda va unga tegishli ta'lim muassasalarida bo'ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etadi.

- Universitet faoliyatini o'rganish bo'yicha fakul`tetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo'limlardan o'z xizmati vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlar va masalaga oid mutaxassislarni jalb qiladi.

- Monitoring va ichki nazorat bo'limi huquqi doirasidagi masalalarini joylarda o'rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakali professor – o'qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzadi.

 

21.02.2011 yangilandi