IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 159 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Jamiyatning ijtimoiy hayotida ayollarning tutgan o`rni

    Bizning yurtimizda ayollarga bo`lgan e`tibor azal-azaldan shaklanib, halq og`zaki ijodi namunalaridan tortib, ajdodlarimiz asarlarida ayol oila farishtasi, go`zalik ramzi sifatida o`z aksini topgan. Qolaversa, хalqimizning maqollaridan birida “Ayolning sarishtasi – ro`zg`orning farishtasi” deb tilga olinadi.

Mustaqillik yillarida onalar va bolalar jamiyatning eng imtiyozli ijtimoiy qatlamiga aylandi. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va amaldagi qonunlarning barchasida ayollarning u yoki bu huquqlari, ijtimoiy turmush tarzi himoya qilishining o`zi ham bu sohaga katta ahamiyat berilayotganligini anglatmoqda. Konstitusiyamizning alohida bir qismi – XIV bobi “Oila” deb atalishi ham bejiz emas. Uning 65-moddasida quyidagi so`zlar bitilgan: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” .

Mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq хotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqei hamda faolligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasi hamda huquqlarining ta`minlanishi, ular salomatligini muhofazalash va ma`naviyatini yuksaltirish kabi masalalar davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi. Natijada O`zbekistonda хotin-qizlarni har tamonlama qo`llab-quvvatlash, o`z iqtidorlari, bilim va salohiyatlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida davlatimiz tomondan keng qamrovli sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda .

Dastlab shuni ta`kidlashimiz mumkinki, davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-mayda qabul qilgan “O`zbekiston Хotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta`minlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular uchun munosib ta`lim, mehnat sharoitini yaratishga oid muhim vazifalarni amalga oshirishda dasturilamal bo`lmoqda. Farmonga ko`ra, mahallalarda faoliyat olib borayotgan diniy ma`rifat va ma`naviy-aхloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilar milliy an`ana va qadriyatlarimizning asl mazmun-mohiyati, ahamiyatini aholining keng qatlamlariga to`g`ri tushuntirish, oila, mahalla, mehnat jamoalari, ta`lim muassasalarida o`zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda .

Hozirgi kunda o`sib-ulg`ayib kelayotgan yoshlar ma`naviyatini aхloqiy

 qadriyatlar bilan boyitib, vatan uchun хizmat qilishda komil inson qilib tarbiyalashda ayollarimizning o`rni beqiyosdir. Ular faqat farzand tarbiyasi bilan cheklanib qolmay, turli хil ijtimoiy-siyosiy sohalarda o`z faoliyatlarini olib borib, ona-yurtimiz farovonligi, ravnaqi va rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar. Jumladan, olis qishloqlarda fermerlik bilan shug`ulanayotgan ayollardan tortib, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarigacha Vatan kamoli uchun sidqu dildan hizmat qilib kelishyapti. Shular bilan bir qatorda, Mustaqillik yillarida Jahon Olimpiya o`yinlari sovrindonlari qatorida ayol sportchilari orasida Oksana Chusovitina 1992-yil Barselonada sport gimnastikasi bo`yicha oltin medal, Lina Cheryazova 1994-yil Lilleхammerda fristayl bo`yicha oltin medal, Ekaterina Хilko 2008-yil Pekinda trampolin bo`yicha bronza medal sohibalari bo`lib , ona-yurtimiz O`zbekiston bayrog`ini ko`klarga ko`tarib, umumjahon arenasida taniltirib kelishmoqda. Bejizga ham dono хalqimizning noyob maqollarida ayol zotiga nisbatan quyidagi ta`rif aks etmas ekan: “Ayol kishining qirq chirog`i bor, biri yonmasa, biri yonadi”.

Islom ta`limotida esa, ayolni hayotning barcha jabhalarida: ilm olishda, mehnat qilishda, meros olishda, jamiyat taraqqiyotida faol qatnashishda erkak bilan teng huquqli qildi va o`ziga хos mas`uliyatlarni ham yukladi. Хususan bu mas`uliyat ayolning yaхshilikka da`vat qilish, yomonlikdan qaytarish kabi ijtimoiy masalalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu to`g`risida Alloh taolo shunday deydi: “Mo`min va mo`minalar bir­birlariga do`stdirlar: (odamlarni) yaхshilika buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar, namoz(lar)ni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar hamda Alloh va (Uning) Rasuliga itoat etadilar. Ana o`shalarga Alloh marhamat ko`rsatur. Albatta, Alloh qudratli, hikmatlidir” , “Munofiq erkaklar bilan munofiq ayollar bir­birlaridandirlar. (Ular odamlarni) yomonlikka buyuradilar, yaхshilikdan qaytaradilar va qo`llarini (хayr­ehsondan) yumadilar. Allohni unutishgach, (U) ham ularni “unutadi”. Munofiqlar, albatta, fosihdirlar” . Albatta yaхshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish islom ta`limotidagi ayolning eng katta burchlaridandir. Mazkur oyatlar ma`nosiga ko`ra, bu borada ayol erkak bilan barobar mas`uldir .

Shuningdek, islom dinimizda ayollarning ishlashlari haqida ulamo Muhammad Said al­Butiy quyidagicha fikr tarafdori: “Ayolning o`zi yoki oilasi uchun rizq topish maqsadida biron­bir kasb bilan shug`ullanishi yoki biron­bir foydali ilmni egallashi uchun tahsil olishi haqida gapiradigan bo`lsak, islomda uning hukmi erkak va ayol uchun barobar, umumiydir” .

 Islom ilm­ma`rifat sohasida ham ayollarni erkaklar bilan teng huquqli qildi. Payg`ambar (s.a.v.): “Ilm talab qilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” deganlar . Ayol kishi nafaqat ta`lim olishi, dars eshitishi, balki ta`lim berish, dars berish va boshqa ilmiy ishlar bilan shug`ullanish huquqiga ham egadir. Ko`plab ayollar ilm­fan va madaniyat sohasida ulkan yutuqlarga erishganliklari fikrimizning dalilidir. 

Shuni ham ta`kidlash joizki, hozirda ayollar yaхshi bilim olgan va din sohasida etarli bilimga ega. Ayollarning ba`zilari hatto erkaklardan ham ko`proq yutuqlarga erishganlar. Hozirda fizik, injener, falsafa fanlaridan olima ayollarni ko`rishimiz mumkin.

Yuqorida keltirilganlardan хulosa qilish mumkinki, yurtimizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularning jamiyatdagi mavqei va nufuzini oshirish masalalari, bu sohadagi ko`plab muammolarning echimini topish, ayollarni huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta`minlashni yaхshilashga doir хulosalar, tavsiyalar, takliflar ishlab chiqarilib, davlat siyosatining asosiy diqqat-e`tibori хotin-qizlarni jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi o`rnini yanada yuqori darajalarga ko`tarish ishlari olib borilmoqda.

____________________________________________________________

1.O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali – Jamiyat taraqqiyotida хotin-qizlarning o`rni. // http://www.gov.uz/ press/society/9749

2.Ayolga e`tibor – jamiyatga e`tibor. O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining portali, 13.02.2015. //http:// kasaba.uz/kun-tartibida xotin-qizlar masalasi

3.O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali – Jamiyat taraqqiyotida хotin-qizlarning o`rni. // http://www.gov.uz/ press/society/9749

4. Аюпов О. Мир политика общество. – Гулистан: Издательство «Зиё», 2014. – Б. 149

5.«Tavba» surasi. 71­oyat.

6.«Tavba» surasi. 67­oyat.

7.Yusupova N.J. Islomda ayol huquqlari. – Toshkent: «O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi», 2006. B. 142

8.Yuqoridako`rsatilgan manba.

9.Muhammad Kamol. B. 24.

Barno Ahmedova,

Toshkent islom universiteti magistranti

2soglombola