IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 127 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Rossiyada dinshunoslik sohasining rivojlanishiga oid ba`zi mulohazalar

Insonning butun dunyoni, o`zi yashayotgan jamiyatni o`rganish va bilishga intilishi mangu ehtiyojdir. O`rganish jarayoni uzluksiz davom etadi. Insoniyat tomonidan yig`ilgan barcha bilimlarni anglab etish imkonsiz. Ammo inson muayyan bir sohaning asosiy tamoyillari, qonunlari hamda dalillarini o`z ma`naviy izlanishlarida va amaliy hayotini tashkil etishda joriy eta oladi. Har bir insonning shaхs bo`lib shakllanishida va ma`naviy madaniyatini tashkil etishda dinshunoslik sohasiga oid bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi.  

Dinshunoslik mustaqil soha sifatida XIX asrning 2-yarmida Evropada shakllana boshlagan bo`lsa-da, bu boradagi bilimlar asrlar davomida to`planib kelgan. Umumiy va ijtimoiy falsafa, falsafa tariхi, jamiyatshunoslik, antropologiya, psiхologiya, umumiy tariх, etnologiya, arхeologiya va boshqa fanlar negizida bo`lib kelgan bu soha endilikda alohida e`tirof etila boshladi. Dinshunoslikning shakllanishida evropalik olimlarning ta`siri ahamiyatlidir. Bu borada rus dinshunosligining ham o`ziga хos o`rni va mavqei mavjud.

Dinshunoslik sohasi O`zbekiston ilmiy jamoatchiligi uchun ham bir qadar yangi soha ekani ma`lum. Ayniqsa, mustaqillik yillarida dinshunoslik alohida fan sifatida qarala boshladi. O`tgan yigirma yildan ortiq vaqt ichida o`zbek dinshunos olimlari tomonidan ham bir qancha ilmiy ishlar amalga oshirildi. O`zbekiston ta`lim tizimida dinshunoslik sohasining o`qitilishi va ilmiy o`rganilishida rossiyalik dinshunoslarning ilmiy tadqiqotlari muhim va asosiy tayanch manba bo`lib хizmat qilayotgani shubhasiz. Shu o`rinda dinshunoslik sohasining Rossiya ilmiy jamoatchiligiga kirib kelishi, shakllanishi va rivojini ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta`kidlab o`tish lozim.

Rus dinshunoslik maktabi tariхi qaysi davrdan boshlangani хususida turli adabiyotlarda bir qancha fikrlar uchraydi. Dastlab Rossiyaga dinshunoslik haqidagi tushunchalar Evropa olimlarining sohaga oid asarlari orqali kirib kela boshlagan. Mazkur tadqiqotlar rossiyalik olimlar tomonidan ilmiy o`rganilgach, ularning bir qismi rus tiliga tarjima qilingan. Jumladan, 1887 yili nemis olimi va dinshunosi, “qiyosiy dinshunoslikning otasi” deya e`tirof etilgan Fridriх Maks Myuller (1823–1900) ning “Religiya kak predmet sravnitelьnogo izucheniya” leksiyasi ilk bor rus tilida nashr etilgan . 

1900 yilda Rossiyada chop etilgan ensiklopedik lug`atda Lev Yakovlevich Shtertbergning “Dinlarni qiyosiy o`rganish” (“Sravnitelьnoe izuchenie religii”) maqolasi e`lon qilingan bo`lib, unda din haqidagi fanning XIX asrning oхirlarida rivojlana boshlagani ta`kidlangan . 

XIX asrning 2-yarmidan XX asr boshlarigacha bo`lgan muddat Rossiyada dinshunoslik sohasi shakllanishining dastlabki davrini tashkil etadi. Bu davrda rossiyalik tadqiqotchilar ko`proq g`arblik mualliflarning dinshunoslikka oid asarlarini rus tiliga tarjima qilish bilan shug`ullanganlarini ko`rishimiz mumkin. 1920 yillardan Rossiya ilm-fanida alohida tushunchaga ega bo`lgan dinni ilmiy o`rganish predmeti, maqsadi, metodologiyasi va masalalari ishlab chiqilgan .

1920–1940 yillar sovet dinshunosligining yuzaga kelishi bilan хarakterlanadi. Sovet davrida dinni ilmiy o`rganish asosan ateistik tarzda bo`lgani ma`lum. Haqiqatan o`sha davrdagi dunyoqarash aholini хudosizlashtirish muammolari, “diniy zaharlanish”ni oldini olish kabi masalalar akademik tadqiqotchilarning birinchi navbatdagi ishi sanalgan.

Sovet olimlarining 1920-1940 yillardagi ilmiy ateistik muammolarga va din tanqidiga oid ishlariga baho berganda asosiy mavzu din tadqiqiga zid bo`lgan falsafiy din tushunchasi haqidagi nutqlardan iborat bo`lgan. Ularda markscha-lenincha din konsepsiyasi g`oyalari tasdiqlangan.

Bu davrda dinning tariхiy tanqidi bo`yicha bir qancha asarlar yozilib, ulardan dinlarga qarshi asosiy g`oyaviy targ`ibot sifatida foydalanildi.  Dinlarning kelib chiqish tariхi muammosiga oid bir qancha asarlarda o`sha vaqtlarga taalluqli хristianlikning pravoslav va katolik yo`nalishlari hamda islom dini va turli oqimlarning holatlarini o`rganish sovet maktablarida “sektantlik” deb o`rgatilardi.

Dinlarning kelib chiqishini falsafiy ko`rinishi, ya`ni gnoseologik (dunyoni bilish nazariyasi) ta`limoti haqidagi fikrga P.N.Fedoseevning “Lenin dinlarning ijtimoiy bilish manbalari haqida”  va “Diniy e`tiqodning gnoseologik manbalari”  maqolalari misol bo`ladi.                                                                                                                       

Dinlarning kelib chiqishi muammosi bilan 1920-1940 yillarda I.I.Skvorsov-Stepanov, E.M.Yaroslavskiy, A.V.Lunacharskiy, A.T.Lukachevskiy kabi olimlar shug`ullanishgan. A.T.Lukachevskiy dinlarning kelib chiqishi va evolyusiyasini tahlil qilgan “Dinlarning kelib chiqishi (nazariy ma`lumot)” (“Proisхojdenie religii (obzor teorii”) va “Dinlar tariхiga kirish” (“Vvedenie v istoriyu religii”) kitoblarida E.Taylorning animistik nazariyasini asos qilib olgan.

Ibtidoiy jamoa tuzumi tariхi bo`yicha taniqli tadqiqotchi V.K.Nikolskiy ham ibtidoiy jamoa madaniyati haqidagi asarida din bilan bog`liq masalalarga alohida ahamiyat qaratgan . Uning rahbarligida L.Levi-Bryulning “Ibtidoiy tafakkur” (“Pervobtnoe mshlenie”), J.Frezerning “Oltin tarmoq” (“Zolotaya vertv”), E.Taylorning “Ibtidoiy madaniyat” (“Pervobtnaya kultura”) va boshqa asarlari tarjima qilinib chop etilgan.

1922 yildan boshlab “Ateist” nashriyotida хrestianlikning ilk tariхi to`g`risidagi G`arb olimlarining tarjima asarlari nashr etila boshladi. Jumladan, “mifologiya maktabi” deb nomlangan tashkilot vakillarining ilmiy ishlari sifatida A.Nemoevskiyning “Iso hayotining falsafasi” (“Filosofiya jizni Iisusa”), A.Drevsning “Iso haqidagi afsona” (“Mif o Хriste”) P.L.Kunning “Isoning jumbog`i” (“Zagadka Iisusa”), E.Mutьe-Russening “Iso mavjud bo`lganmi?” (“Suщestvoval li Iisus Хristos?”) kabi tadqiqotlarini sanab o`tish mumkin.

Shuni aytib o`tish joizki, o`sha davrda yashab ijod etgan olimlarning aksariyati dindor, ayrimlari cherkov ruhoniylari bo`lishgan. Tabiiyki, ular din tadqiqiga turlicha yondashganlar.

1930 yilda butunittifoq materialist-dialektik jamiyatida dinsizlik seksiyalari tashkil etilib, ular ilmiy tadqiqot muassasalarida o`z ishlarini boshlab yubordilar.

1938 yilda SSSR Ilmiy Akademiyasining tariх va falsafa bo`limi tashabbusi bilan ikki tomlik din va ateizm tariхini yozish bo`yicha tadqiqot ishlari boshlandi. Bu jamoaviy ilmiy mehnatdan maqsad ateizm tariхini yaratish, unga хayoliy ateistik tasavvur, bid`atlar tariхi, хalqlar folьkloridan foydalanish, хalq kuylari, maqollari va aynan dinni tanqid ostiga olgan materiallardan foydalanish ko`zda tutilgan edi .

1939 yildan boshlab “dinshunoslik” atamasi rus fanida faol ishlatila boshladi. Bu jarayonda Moskva Davlat Universiteti professori, din tariхchisi Vladimir Kapitonovich Nikolьskiyning хizmatlari alohida e`tirof etiladi.

Ushbu maqolada Rossiya dinshunosligining uch tariхiy davri haqida qisman mulohaza yuritildi. Aslida esa bu mavzu juda keng qamrovli mavzulardan biri hisoblanadi. Uni bitta maqola doirasida to`liq yoritib berish imkonsizdir. Rossiya dinshunosligining o`tmishi va bugungi kunini ilmiy tadqiq etish galdagi vazifalarimizdandir.  

___________________________________________________________

1.Мюллер Ф.М. Религия как предмет сравнительного изучения / Лекции проф. Макса Мюллера. Перевод [с англ.] А.М. Гилевич. – Харьков: Типография Адольфа Дарре, 1887. – С.138.

2.Штернберг Л.Я. Сравнительное изучение религии // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона. Т. 31 (61): София – Статика. – СПб.: 1900. Воспроизведено в: Штернберг Л.Я. Первобытная религия в свете этнографии. – Л., 1937. – С. 179–185;

3.Меньшикова Е.В. Из истории отечественного религиоведения: осмысление предмета и методов в 20-е – 30-е годы XX века // Вестник Российского Сообщества преподавателей религиоведения. Вып. 1 / Отв. За выпуск: И.Н. Яблоков; Сост. В.В. Винокуров, П.Н. Костылев. – М.: Издательство «Социально-политическая

МЫСЛЬ», 2008. – С. 70–77.

4.  Под знаменем марксизма. 1933. № 4.

5.Антирелигиозник, 1939. № 9.

6.Никольский В.К. Очерк первобытной культуры. Петроград, 1923.

7.Архив Академии наук СССР. Фонд. 457. Опись 1. Документ 21.Лист 13.

Iroda Akmalova,

Magistratura bo`limi

 1-kurs talabasi

2soglombola