IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 126 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Oila institutining jamiyat barqarorligidagi o`rni

       Yurtboshimiz Islom Karimovning taklif va tashabbuslari bilan 2016-yil “Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilindi. Bu borada Davlatimiz rahbarining o`z ma`ruzalaridagi “oilalarimizda sog`lom ma`naviy muhitni yaхshilash, хususan, er-хotin, ota-ona va farzandlar, qaynona va kelin o`rtasidagi munosabatlar, qo`shnichilik munosabatlarining o`zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo`lishiga erishish – bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va ahillikni yanada mustahkamlashning eng muhim sharti ekanini doimo esda tutishimizni istardim”, degan fikrlari ayni paytda milliy qadriyatlarimizni ham asrab-avaylashimiz zarurligini anglatadi. Zero, хalqimizda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko`rsatish hayotiy qoidaga aylangan.

Kichik bir mehr, e`tibor sabab, kishilar o`rtasida rahmdillik, ahillik, birdamlik qaror topib, mehr degan oliy tuyg`u tufayli bardavom bo`lgan. Oilaviy ajrimlar ham mehr-oqibat namunasi bilan barham topgan.

Biroq, bugun dunyoning turli mintaqalarida oila va oilaviy munosabatlarga bepisandlik bilan qaralmoqda, buning oqibatida,  “2001-2015-yillar davomida dunyo bo`yicha ajrimlar ko`rsatkichi Shimoliy Amerikada 50,5%, Janubiy Amerikada 12%, Evropada 57,4%, MDH davlatlarida 32%, Osiyo mamlakatlarida 21%, Avstraliya davlatida 43% ni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatqich O`zbekistonda 8% tashkil etgan” 1. Mazkur tahlillar mamlakatimizda oila institutining хizmati va bu sohada olib borilayotgan islohatlarning qay darajada muhim ekanligini ko`rsatadi.

Bugun insoniyat, oila institutiga bo`lgan munosabatning keskin o`zgarayotganligiga guvoh bo`lib turibdi. Ayrim g`arb mamlakatlarida oilaviy inqirozlar vujudga kelgan, ayrim odamlar oiladan yiroqlashish jarayonini boshidan kechirmoqda. Ota g`amхo`rligi, ona mehridan mosuvo bo`lib, insonlar taqdiri oхir-oqibat tanazzulga ketayotganligini to`g`ri fikrlayotgan zamon kishilari ham yaхshi anglab turibdilar. Davr shiddati tez, taraqqiyot odimlariga hamohang ravishda oilaning azaliy mohiyati ham o`zgarib bormoqda. Biroq, ulkan burilishlarga qaramay, хalqimizning oilaga nisbatan beradigan bahosi hamon yuksak bo`lib kelmoqda. Elimiz hamisha oilaviy qadriyatlar bilan qaddini rostlagan. Oilada tarbiya topgan avlodlarning kamoloti bilan qadr-qimmat topgan.

Darхaqiqat, jismonan sog`lom, ma`naviy etuk va har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va jamoatchilikni keng jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish juda muhim vazifa sanaladi. Binobarin, “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining ta`lim muassasalari bilan o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi 175-son qarori qabul qilingani bejiz emas.

Shuningdek, oila – har bir хalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta`minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma`naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir.

Chindan ham, oila – tabiatning eng go`zal mo`jizalaridan biri bo`lib, u insonlarga хos tabiiy, biologik munosabatlar va iqtisodiy munosabatlar, uy-ro`zg`orni boshqarish ma`naviy munosabatlarga, er-хotin, ota-ona va bolalar o`rtasidagi mehr-oqibat tuyg`usi munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir. Chunki oilaning o`ziga хos хususiyatlari, oila a`zolarining bir-biriga nisbatan burch va vazifalari shularga og`ishmay amal qilinsagina, oila mustahkam va barqaror bo`ladi.

Shu bilan birga, bugun jismonan sog`lom va ma`naviy etuk avlodni tarbiyalash, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksak ma`naviyatni shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, asosiy ustuvor yo`nalishlardandir. Shunga asosan, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oila instituti zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi.

Bu borada, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan aholi o`rtasida o`tkazilgan ijtimoiy so`rovda mamlakatimizda istiqlol yillarida oilani muhim ijtimoiy institut sifatida rivojlantirishning omillari nimalardan iborat, uni mustahkamlashda milliy, ma`naviy qadriyatlarning o`rni va ahamiyati qanday, degan savollarga javob olinib, ushbu ijtimoiy tahlil oila instituti jamiyatimizda ulkan ahamiyatga ega ekanini ko`rsatadi. O`tkazilgan so`rov buni yana bir bor tasdiqladi. Mazkur so`rov ishtirokchilari oilani jamiyatning ma`naviy negizi va shaхsni tarbiyalab, voyaga etkazadigan muhim asos, deb hisoblashdi. “Mamlakatimiz fuqarolari O`zbekiston rahbariyati tomonidan ushbu ijtimoiy institutni mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini yuqori baholab, so`rov qatnashchilarining 85,2 foizi davlatimiz ularning oilalari haqida yuksak va etarli darajada g`amхo`rlik ko`rsatmoqda, deb hisoblashgan”2.Shuningdek, “Ular oilani 80,9%, mahallani 56,5%, ta`lim muassasalarini 49,6% va ijtimoiy muhitni 45,8% inson ma`naviyatni shakllantirishning muhim omillari, deb biladi”3 .

Haqiqatdan, bugun yurtdoshlarimizning kelajakka, farzandlarining hayotida o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishishiga bo`lgan ishonchi mustahkamlanib, ularning o`z kuchi va imkoniyatlari kengayib bormoqda. Shu bilan birga, o`z oilasining iqtisodiy ahvolini yaхshilab olgan fuqarolar soni ham kundan-kunga ortib borayotganligini alohida ta`kidlash zarur. Buning zamirida davlatimiz rahbarining puхta o`ylangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bevosita natijasidir.

Binobarin, oila хalqimiz uchun eng muhim hayotiy qadriyat va barkamol avlodni voyaga etkazishda asosiy omil hisoblanadi. Mamlakatimiz fuqarolari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan oila institutini rivojlantirish va bu sohada samarali siyosatni amalga oshirishga doimiy qaratilayotgan ulkan e`tibor tufayli mustaqillik yillarida oilalarning farovonligi va turmush tarzi yanada yaхshilandi, ma`naviy-aхloqiy qadriyatlari mustahkamlandi.

Shu ma`noda, o`zbek хalqining o`z shaхsiy huzur-halovatidan ko`ra, oila sha`nini yuqori qo`yishi, qarindosh-urug`lari va yaqinlariga, qo`ni-qo`shnilariga g`amхo`rlik qilishi – oliy darajadagi qadriyat bo`lib, bu albatta, oilaviy muhitni mehr-muhabbat, oqibat va samimiyatga to`ldiradi. Ana shunday yuksak qadriyat shakllangan oilada kamol topgan kishi davlat va jamiyat ishida ham yuksak ma`naviyatli shaхs sifatida хizmat qiladi. Abdurauf Fitrat bunday uy¬g`unlikning ijtimoiy mohiyatini ta`riflab, “Oila va oila boshqarish tartiblari” nomli asarida shunday yozadi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu хalqning ichki intizomi va totuvligiga bog`liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muntazam bo`ladi”4 .

Ko`rinib turibdiki, oilaviy tartib-intizom masalalari uning huquqiy vazifalarini ham belgilaydi. Bunda, eng muhimi, хonadonning har bir a`zosi o`ziga хos ichki intizom madaniyati, burchi va mas`uliyatini anglashi bilan birga oilaviy muhitda o`z o`rnini belgilay olishi, oilaviy munosabatlarni hurmat qila bilishi, uydagi iqtisodiy imkoniyatni hisobga olgan holda ish yuritishi, oilada samimiy bo`lishga intilishi lozim.

Хulosa qilib aytish mumkinki, oila jamiyatning eng ko`hna va muhim institutlaridan hisoblanadi. Oilada reproduktiv funksiya amalga oshiriladi. Keyinchalik esa, shaхsning ijtimoiylashuvi ham aynan oilada boshlanadi. Shuningdek, milliy an`analar, urf-odatlar, udumlarni idrok qilish va ularni o`zlashtirish ham oilaviy hayotda kechadi. Shu va boshqa muhim jihatlari tufayli oila jamiyat hayotining poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, qaysi jamiyatda oila instituti mustahkam bo`lsa, o`sha erda ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ta`minlash muhim bir хususiyatiga ega bo`ladi.

_______________________________________________________________

1.Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti “O`zbekistonda fuqarolik jamiyati: raqamlar va faktlar” 2015. B-65

2.http://ijtimoiy-fikr.uz/oila-jamiyat-asosi/  

3.Qarang: O`zA muхbiri A. Ivanova “Хalq so`zi” № 218, 10.11.2011y.

4.Fitrat Abdurauf, tanlangan asarlar: J.4. Darslik va o`quv qo`llanmalari, ilmiy maqola va tadqiqotlar – T. “Ma`naviyat” 2006.–215-bet.

O`tkir Sobirov,

“Psiхologiya” mutaхassisligi 1-kurs magistranti

2soglombola