IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 122 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

O’zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish yo’nalishlari

     “Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko’p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog’liqdir” deb O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlab o’tgan. Energiya resurslaridan tejamli foydalanish esa undan oqilona foydalanish hamda yangi turdagi arzon va uzoq muddat davomida iste’mol qilish mumkin bo’lgan muqobil manbalardan foydalanishni joriy qilish bilan amalga oshiriladi.

Prizidentimiz aytganlaridek “Biz iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari–neft, gaz, energetika, oltin qazib olish va kimyo sanoatini, qora va rangli metallurgiya, qurilish materiallari, qurilish materiallari sanoatini texnik qayta jihozlash va yanada rivojlantirish hamda ana shu asosda mamlakatning boy tabiiy va mineral-xom ashyo resurslaridan to’la va samarali foydalanishda iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning mazmun mohiyatini ko’rishimiz mumkin”.

Respublikamiz energiyaning har ikki an’anaviy va muqobil turlari bo’yicha yirik potensialga ega. Shunga qaramasgan O’zbekiston hududidagi energiya iste’molining juda katta qismi an’anaviy energiya manbalari hisobiga ta’minlanmoqda. Elektr ishlab chiqarishga xizmat qiladigan GESlarni hisobga olmaganda muqobil energetika iqtisodiyotimizdagi yangi va istiqbolli soha hisoblanadi.

Hozir O’zbekiston energiyaga bo’lgan ehtiyojining 97 foizini neft va gaz qoplaydi. O’zbekistonning Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ma’lumotiga ko’ra, O’zbekistonning gaz va neft zaxiralari mamlakatning energiyaga bo’lgan ehtiyojini yana 20-30 yil qondirishi mumkin xolos .

3.3-rasm Elektr stansiyalarida yoqilg’i iste’molining tarkibi

O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanishni birinchilardan bo‘lib akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950 yillardan boshlab uylarni isitish, issiq suv bilan ta’minlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir necha uylar qurilib tajriba sinovlari o‘tkazilgan .

O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari energetikaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va u boshqa davlatlardagi kabi O'zbekistonda ham umumiy milliy energetika siyosati doirasida rivojlantirilmoqda. Ana shunday sharoitda energiyaning yangi manbalarini qidirish mamlakat oldidagi eng muhim strategik vazifalardan biriga aylangan.

O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba to‘plandi. Serquyosh o‘lkamizda yilning 320 kundan ko‘prog‘ida quyosh charaqlab turadi. Quyosh energiyasining yillik salohiyati esa neft ekvivalentida 51 milliard tonnadan oshadi . Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda quyoshdan keladigan yillik energiya miqdori qazib olinayotgan neftga nisbatan o‘n ming marta kattadir.

O‘zbekistonda yer yuzasiga yaqin, ya’ni 10 metr balandlikkacha atmosferada shamol energiyasining texnik potensiali ancha yuqori. Agar shamol resurslari aniq va to‘liq o‘rganilsa, uning quvvati 20-30 mlrd kVt dan oshadi. Masalan, Bekobod shamolining kuchi 6-12 m/s ga yetadi. O‘zbekistonda shamol resurslaridan unumli foydalanilsa, elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojning yarmini shamol energiyasi yordamida qondirish mumkin .

Elektr va issiqlik energiyasi olishning yana bir qulay manbai chiqindilardan biogaz olish hisoblanadi. Ba’zi rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan yalpi elektr energiyaning muayyan qismini biogaz energiyasi tashkil etadi. Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlardan birida hajmi 3 tonnalik biogaz qurilma yasalgan. Undan olinadigan biogazdan bir oila 3 oy davomida uzluksiz elektr olishda foydalanishi mumkin. Xitoy davlatida 12 milliondan ortiq biogaz qurilmalari bor.

Mamlakatimizda ekologik toza muqobil energiya turlaridan foydalanish yangi energetika tarmog‘ining rivojlanishiga asos bo‘ladi. Bu tarmoqning rivojlanishi tufayli yuz minglab kishilar ish bilan ta’minlanadi.

Tog‘li, cho‘l hududlarda istiqomat qiluvchi aholining elektr energiya ta’minoti yaxshilanadi. Cho‘l hududlarida quyosh va shamol energiyalari orqali yer osti suvlarini nasos yordamida chiqarish va tomchilab sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish hisobiga katta maydonlarda sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, muqobil energiya manbalari yaylov re¬surslaridan bir tekis foydalanish imkonini ham beradi.

 

 

Muallif: Jumanazarov A.U., “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo’nalishi talabasi

2soglombola