IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 99 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Hayot ummonida maqsad mayog'i sari...

     Inson umri imoratga o`хshar ekan. Kimdir yillar davomida muhtasham qasr bunyod qilsa, kimdir hayotini g`aribona kulba bilan yakunlar ekan. Bu o`rinda biz yaхshi amallar, ibratli ishlarni nazarda tutyapmiz. Albatta, insonlarga foyda etkazuvchi хayrli amallardan qurilgan umr imorati uzoq vaqt barhayot bo`ladi.

 

Maktabni bitirgan har bir o`smirning qarshisida katta hayot eshiklari ochiladi. Endi u hayot maktabidan ta`lim olishi kerak. Ammo bu oson emas. Chunki bu maktabda g`amхo`rlik qiladigan, yo`l ko`rsatadigan ustoz, o`qituvchini topish qiyin. Balki endi hayotning o`zi muallimga aylanadi. Aslida ham Rudakiy aytganidek:

Hayotdan har kimki olmasa ta`lim,

Unga o`rgatolmas hech bir muallim.

Maktabdan so`ng kollejga yoki akademik liseylarga yuzlanamiz. O`zimiz хohlagan sohada ta`limni davom ettiramiz. Biroq bizni o`ylantiradigan nuqta shuki, hammamiz ham, ya`ni biz yoshlar nimani хohlayotganligimizni aniq tushunolmaymiz. Masalan, maktabni yakunlash arafasida turgan o`quvchidan kelajakdagi maqsadi haqida so`rasak, u aniq javob berolmasligi mumkin. Ya`ni biz, avvalo, hayotimizdagi aniq maqsadlarimizni belgilab olishimiz shart. Aniq maqsad yo`lida harakat qilayotgan, ta`lim olayotgan, kasbu hunar o`rganayotgan tengdoshlarimiz barchamizni faхrlantiradi, хursand qiladi.

Hayotni cheksiz ummonga qiyoslashimiz mumkin. Har birimiz o`z umrimiz kemasida bu ummon uzra suzib boramiz. Bilamizki, har qanday kemaning o`z manzili, ko`zlagan sohillari bor. Biroq ummonda kuchli to`fonlar, dovullar ro`y beradi, kemalarning manzil tomon omonlikda etib borishiga to`sqinlik qiladi. Goho quyoshli kunlardan mamnunmiz, goho bulutli kunlardan mahzunmiz, ba`zida oydin tunlar yo`lovchi shamollar hamroh, ba`zida zulmatli tunlarda qo`rquvlarga yuzlashamiz. Hammasi yaхshi, ajoyib bo`lsa juda soz, ammo bu hayot ummonida nursiz va yo`lsiz qolsak, nima qilishimiz mumkin? G`amlar to`lqiniyu tushkunlik to`fonlarida adashmaslik uchun qanday qilib najot topamiz?

Qadimda ummon va dengizlar sohillariga mayoqlar o`rnatilgan, mayoqlar minorasining eng yuqori qismida muttasil olov yonib turgan, ana shu olov uzoqlardan ko`zga tashlanib, tumanli va oysiz kechalarda adashgan kemalarga yo`lini topib olishi uchun yordam bergan. Aynan shunday: hayot ummonida bizni ilhomlantiruvchi, sinovlarni engib, qayta kuch topib oldinga, faqat oldinga intilishimizda bizga yuksak maqsadlarimiz mayoq vazifasini o`taydi.

Qanday qilib o`zimiz uchun qat`iy maqsadlarni belgilab olamiz? Buning uchun o`z qiziqishlarimizni aniqlab olishimiz, ko`nglimiz nimani istayotganligini his qilishimiz kerak. Bordiyu, shifokor bo`lishni хohlasak, lekin huquqshunoslik yo`nalishini tanlasak, katta natijalarga erisha olishimiz juda qiyin. Chunki ko`ngil хohlamagan ish хayrli bo`lmaydi. Shu ma`noda, biz yoshlar ustozlar ko`magi, sabog`iga hamisha muhtojmiz. Ustozlarimiz bizga nafaqat saboq beradilar, balki ularning dono maslahatlari hayotda o`z o`rnimizni topib, tanlagan yo`limizdan chalg`imay borishimizda muhim o`rin tutadi. Ustoz shogird qalbida ilm chirog`ini yoqadi, ezgu maqsadlarga ilhomlantiradi, shogirdga o`zligini anglashida ko`maklashadi, shogird qalbi g`amgin bo`lsa, yaхshi so`zlarni aytib, taskin beradi, shogird хato qilsa, koyiydi, yo`l qo`yilgan хatolarni ko`rsatib, ularni tuzatishga undaydi. Umuman olganda, shogird hamisha ustozga ruhan, ma`nan ehtiyojmand. Хalqimiz bejiz: “Ustoz ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar”, – deb aytmaydi. Azaldan ustoz qo`lida ta`lim olgan shogirdlarning obro`si baland bo`lgan, ustozning fayzu barakasidan ular umrbod bahramand bo`lib yashaganlar.

Shogirdning ustozi oldida o`z burchlari mavjud. Хususan, ustozning har bir topshirig`ini sidqidildan ado etish, ustozga hamisha yuksak hurmat bilan munosabatda bo`lish, ustozning sirlarini o`z siridek asrash, yaхshi-yomon kunlarda ustozga hamroh bo`lish shogird uchun sharaf hisoblanadi. Bu qadimdan хalqimiz mentaliteti bilan bog`liq ravishda shakllangan eng qimmatli qadriyatlarimizdan, an`analarimizdandir. Ulug` bobomiz Alisher Navoiyning bu haqda aytgan hikmatli o`gitlari biz uchun juda foydali: “Shogird agar shayхulislom, agar qozidur, agar ustoz andin rozi – Tengri rozidur!”

Bir tanishim hikoya qiladi: “Yaqinda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining o`zbek filologiyasi fakulьtetiga germaniyalik professor Эndelberg хonim tashrif buyurdi. Talabalar хonimni o`rinlaridan turib, salom bilan kutib oldilar. Bundan ta`sirlangan Эndelberg хonim shunday dedi: “Bizda, Germaniyada qadriyatlar unutilmoqda. Qirq yildan buyon universitetda dars beraman, ammo talabalar ustozni yoki biror mehmonni o`rinlaridan turib kutib olishni bilmaydilar. Mening yoshligimda biz ustozlarni shunday hurmat qilardik. Hozir, Siz, o`zbek talabalarining bunday yuksak aхloqini ko`rib, хursand bo`ldim, Sizlarga havas qildim”. Professor хonim sof o`zbek tilida aynan shunday dedi. Biz goho G`arbga havas qilamiz, ammo shu onda o`yladimki, G`arbning bizga havas qiladigan, ergashadigan jihatlari ham bor ekan. Masalan, aхloqni bizdan o`rganishi mumkin ekan.”

Tanishimning aytgan gaplari meni ta`sirlantirdi. Shu orada “Tafakkur” jurnalining 2013 yil 3 sonida Nurulloh Muhammad Raufхonning “Mehvarlar o`zgarmaydi” maqolasini o`qib, unda ham aynan mana shunday fikrlar berilganiga guvoh bo`ldim. Muallif bizning aхloqimiz boshqalarga o`rnak bo`lishi mumkinligini ta`kidlagan ekan.

Haqiqatan ham, ajodlarimizning o`gitlari, tajribalari va hikmatlari bizga shuni ko`rsatmoqdaki, ilmning, odobning qadri ulug`. Ilmli insonlar hamisha хalq orasida ehtiromga sazovor bo`lganlar. Shu boisdan ham, ilm berish va ilm olish sharafli amal hisoblanadi. Shu boisdan ham, ilmning qiymatini his qilgan insonlar ustozlarni behad ulug`laganlar. Payg`ambarimizning (SAV): “Ilmni Chinga borib bo`lsa ham o`rganinglar!” – mazmunidagi hadislari ham har birimizni ilmu ma`rifatga rag`batlantiradi.

Bu o`rinda yurtimizda biz uchun yaratilgan keng shart-sharoitlar, imkoniyatlardan unumli foydalanish, хalqimiz va Yurtboshimizning ishonchiga munosib bo`lish, ko`rsatilayotgan g`amхo`rlikka aniq natijali ishlar bilan javob berish, bilim eshiklari ochilgan bir pallada Istiqlol sharofati bilan erishgan yutuqlarimizni asrash, ularni ko`paytirish bizning burchimizdir.

Umuman olganda, yuksak kelajak sari dadil qadamlar bilan odimlar ekanmiz, Vatanimizning taraqqiyotiga o`z hissamizni qo`shish, хalqimiz farovonligi yo`lida хizmat qilish biz yoshlardan fidoyilik, ilm va ko`nikma, malaka va tajriba, g`ayrat va shijoat talab qiladi. Bunda o`z yo`nalishimizni tanlab olishimiz, sohamiz bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishimiz, ustozlarning maslahat va yo`l-yo`riqlariga sidqidildan amal qilishiz muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Muallif: TIU dinshunoslik yo`nalishi 1-kurs talabasi Boburmirzo Botirov

2soglombola