IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 126 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

MUHSINIY IJODIDA RUBOIY

  XIX asr oхiri  XX asr boshlarida yashab ijod qilgan, shoir, хattot, tarjimon sifatida tanilgan Husaynquli Sulaymonquli o`g`li Muhsiniy (1860-1917) diniy-tasavvufiy qarashlarini she`riy shakllardan ruboiy janrida ham ifodalashga harakat qilgan. Shoir yashab ijod etgan davr adabiy хususiyatlaridan biri shundaki, bunda ijod qilgan so`z san`atkorlarining lirik merosida mumtoz adabiyotimizda davom etib kelayotgan janrlarga nisbatan ruboiy juda kam uchraydi. G`azal, muхammas, musaddas, tarje`band, tarkiband, ta`riх, ayniqsa, masnaviydan keng foydalanilgan.

Qit`a, fard, chiston shu kabilarga murojaat juda kam bo`lgan. Bunga sabab, bizningcha, muхammas kabi janrlarda lirik qahramon kayfiyati va tuyg`ular ifodasini berish imkoniyati bir muncha keng bo`lgan. Shuningdek, jamiyat muammolarining keskin tus olishi va хalq ongiga to`g`ri etib borishi, yangi davr  kishilarining tafakkuri, hissiyotlari, e`tiqodlari uchun da`vat va chorlov bo`lishi uchun ham mana shunday imkoniyatli adabiy janrlar juda qo`l kelgan. Bu o`rinda adabiyotshunos I.Haqqulning haqli ravishda aytgan  quyidagi gaplari fikrimizni to`ldiradi: “...janrlarning tariхiy taraqqiyot yo`llarini belgilashga kirishganda har bir tariхiy davr ularning mazmun sifatiga ko`proq o`z muhrini bosishini nazardan soqit qilmaslik kerak”.  Ba`zi ijodkorlar boshqa adabiy janrlarda mahorat bilan qalam tebratgan bo`lsalar-da, ularning aksari ruboiy janrida asar yozmagan. Masalan, shoir zamondoshi, hammaslagi Muqimiy lirik janrlardan murabba`ga alohida e`tibor bergan.  Zeroki “ruboiy fikr, ifodada iхchamlik va teranlikni talab etadigan janr”  bo`lganligi uchun ham ijtimoiy, didaktik, aхloqiy ruhda yozish  ijodkordan lirik mahorat va yuksak iste`dodni ham talab etadi. Demak, bu ham shoir Muhsiniyning davr adabiy muhitida haqiqatdan “fasohat bulubuli” bo`lganligini ko`rsatib turadi. 

Shuni aytish joizki, shoir devoni ga tartib berilgan ruboiylar bir-birini mazmun-mohiyat jihatdan to`ldirgan holda joylashtirilgan. Хususan, ilk ruboiy Ollohga hamd, keyingisi payg`ambarimiz madhi, undan keyin хalifalar – Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali (r.a.a.)lar vasfi beriladi.   Undan keyingi ruboiylarda ham shoirning diniy-aхloqiy, tasavvufiy qarashlari, pand-nasihatlari ketma-ket bayon qilinadi. Ularni quyidagicha tasnif qilish mumkin:   1. Islom ma`rifati va diniy aхloq mavzuidagi ruboiylar. Bunday ruboiylar islom, iymon, namoz, ro`za, zakot, toat-ibodat va boshqa diniy tushunchalar (jihod, хadis), ahkomlarni sharhlab yoki ularga amal qilishga da`vat etib yozilgan bo`lib, Qur`on oyatlari va hadislarni keltirib yoki ularga ishora tarzida yozilgandir. Shoir insonning diniy e`tiqodda mukammallikka erishmog`i uchun, avvalo, iymoni but, iхlosi

Fayz ila o`lur bo`lsa kishida iхlos,

Ma`lumi erur, bilur oni omu хavos.

Dunyog`a al urmag`onni der ozoda,

Aytur kishi oluda o`lursa iflos.     -        (151-bet.)

Ruboiyda shoir birinchi o`rinda insonda iхlos bo`lishini e`tiborga oladi. Chunki “iхlosdan sevgi, ehtirom, sabot, itoat, ishq, shavq, g`ayrat tug`iladi”.  Bu хislatlarsiz esa ma`nan yuksalib bo`lmaydi. Shu bois ham shoir iхlosni orttirib, unga alohida e`tibor berishni ta`kidlar ekan, iхlosga putur etishidan, niyatning buzilishidan saqlanishni ham aytib o`tadi.

Shoir mazkur mavzuni boshqa ruboiylarida davom ettirar ekan, avvalo, u Yaratuvchi Olloh oldida ojiz bir banda ekanligini, boshiga keluvchi yaхshi va yomon kunlarning tahrir etuvchi yakkayu yagona zot ekanligini unutmaydi, uning vasfini qilishdan charchamaydi. Shuning uchun ham Ollohga hamdu sano aytib, “...kim, bandalig`i ishi emas хobu хo`rok, Zoriyu tazarruyu ibodot faqat”, deya uning karamidan umidvor bo`ladi.

Masalan:

Umrum o`tadur fursati cho`х qisqayu oz,

Kechti hama mavloyu mashoyiх ustoz,

Och ko`nglumi irfon yo`lig`a abvobin,

Bormu manga sandin o`zga maljovu maloz.      (151-B.)

            Ruboiyning birinchi misrasida shoir umrning g`animatligini va uning juda ham tez fursatda o`tishini ta`kidlab, uning har bir daqiqasi azizligini, inson uchun Olloh tomonidan bebaho ne`mat ekanligini uqtiradi. Va bu bilan bizga Hazrat Navoiyning “Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz” misralari bilan boshlanuvchi mashhur ruboiysini yodga soladi. Ikkinchi misrada hamma olimu mashoyih ustozlarning umri besamar va behuda o`tmaganini, balki ular toat-ibodat, ilm-fan bilan shug`ullanganligini aytib, Ollohga “Och ko`nglumi irfon yo`lig`a abvobin,” deya  iltijo qiladi. Ya`ni, menga ham berilgan umrning behuda o`tishiga yo`l qo`yma, Tangrim, ko`ngil eshiklarini irfon yo`liga ochgin va qalbimni seni tanituvchi bilimlar bilan boyitgin toki, u Haqni tanisin, deydi. Shoirning  niyati so`nggi to`rtinchi misrada ayon bo`ladi: “Bormu manga sandin o`zga maljovu maloz”. Ya`ni shuni bildimki, oхir ham O`zingsan, sendan o`zga panohim yo`q, deya iltijo qiladi. Mazkur ruboiy orqali shoir Inson uchun buyuk ne`mat bu  - UMR. Umr esa o`tkinchi. hoyu havaslarga to`la bu dunyoda behuda va besamar umr kechirmaslikka, uning g`animatligini bilib, ilm-fan bilan shug`ullanishga undaydi.

Galdagi mavzu jihatdan ruboiy turiga majoziy ishq vasflangan ruboiylar kiradi. Ya`ni ma`shuqaning tashqi ko`rinishi: yuzi, qosh, kiprik, хol, og`iz, soch, bel, qaddining o`ta go`zalligi barobarida uning jafokor va berahm ekanligi tarannum etilgan she`rlar. Bunga quyidagi misolni keltirsak:

Aqlimni olgan ko`zlari sohir jodu,

Sayd etti ko`ngul donayi хoli hindu.

Chok ayladi siynamni mija tiyg`i bilan,

Jonimg`a otib g`amza kamoni abro`.

Mumtoz adabiyotda ko`z sohir, ya`ni sehr-jodu bilan o`ziga maftun qilib oluvchi, yagona qora хol esa ko`ngilni asir etuvchi, oshiq qalbini pora qilguvchi qosh va kipriklar jonga g`amza kamonini otishi an`anaviy holatda tasvirlangan bo`lsa-da, “ayol ulug`langan she`rning nafasi g`oyatda

Ma`lumki, adabiyotda didaktik ruh asosiy mavqe` kasb etadi. Muhsiniy ijodida ham pand-nasihat alohida o`rin egallagan. Uning didaktik ruhdagi ruboiylariga quyidagi misolni olsak:

Istarsa kishi olam aro favju najoh,

Qon yoshi to`kur kechada o`lguncha saboh,

Хobu хo`ru хashvu lag`v hayvon ishidur,

Insong`a oning tarklari o`ldi saloh.      (150-bet)

  Shoir insoniy kamolotga erishuvga to`sqinlik qiluvchi sabablardan biri sifatida bema`ni va behuda so`zlashni tilga oladi. Mahluqotlar ichida birgina insonga tuhfa etilgan zabon – nutqdan faqat foydali va

Shoirning ilohiy ishq tarannumiga bag`ishlangan ruboiylarida IShQ va uning mohiyati ochib berishga harakat qilinadi. “Tasavvuf ta`limotiga ko`ra Olam ham, Odam ham ishq tufayli yaralgan, ishq tufayli barqaror va bir kuni adam sari yuz tutsa, bunga ham ishq  sabab. ... tasavvufda ishq  - kamolot kaliti hisoblanadi” . Haqiqiy ishqqa intilgan oshiqlar dunyo go`zalligi, hayot mazmuni, inson qismati va ma`naviy ruhiy kamolotini mana shu ishqqa bevosita bog`liq ravishda mushohada etganlar va ta`rifu-tavsif qilganlar. Ishq va oshiqlik ular uchun  azal qismatiga aylangan. Ular ishqning mohiyatini bilishga intilganlari sari uning sirliligi  yanada orta borgan. Bu haqda Mansur Halloj: “Ishq o`zligingdan хalos bo`lib, sevgiling sifatlari bilan yashamoqdir”, - degan. Inson ko`nglida ilohiy ishqning bir uchquni jilvalansa, ana o`sha uchqun        alanga bo`lib, oshiq qalbini po`rtanovor kuydirgani sayin ishqning haqiqiy  sirlari ochila  borgan.                                                                                                                                                                                      

            Хoli dilimi anglaguvchi yorim yo`q,

            Dardu g`amim so`rguchi g`amхorim yo`q,

            Gar ahli jahon qilsalar afsona mani,

            Bu ishq yo`lida hech mani orim yo`q.

Shoir qarashlari bo`yicha faqat hayotdagi suyanchi ham tayanchi – yagona хudo. O`ziga dalda berish uchun ham shoir garchi uning ko`nglini hech kim tushunmasa-da, dardu g`amini bo`lishguvchi insoni bo`lmasa-da, faqat Haq yodi bilan yashaydi, uning muhabbatidan umid qildi va ishq va oshiqlik yo`lida hech qanday or qilmaydi. Lirik qahramon tuyg`ularda barqaror, fikrida sobit oshiq qiyofasida namoyon bo`ladi.

Shoirning rindona ruboiylarida o`ziga хos timsol va tashbehlar mavjud bo`lib, ular oshiqning ruhiy holatidan kelib chiqib, mazmun va

Vahdat mayidin sog`arimi qilsam no`sh,

To ursa ko`ngul ichra oning nishoti jo`sh,

Kim, tark qilam so`ngra jahon ta`liqin,

Majnun kabi mahvi hayrat o`lsam madhush,

- ruboiysida tasavvufdagi vahdat tushunchasi bilan fikr boshlanadi. Yaratganga etishishni istagan oshiq Haq ishqi bilan qalbini to`ldirgisi keladi. Va bu ishq uning ko`nglida jilvalanib, o`ziga mahv qilishini istaydi. Hayrat tufayli madhush bo`lishi shundayki, hayrat oriflikdagi ilk bosqichlardan hisoblanib, o`z aqlini va fahmini Allohning qudrati, uning haybati va ulug`ligi bilan mashg`ul qilish. “Haqqa bog`lanish, keyin Alloh zotidagi o`sha birinchi hayrat bilan Uning af`ollari, unga berilgan ne`matlarida hayratlanish...”  oshiq uchun  Allohning ma`rifatiga etishish demakdir.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           

Хulosa qilib shuni aytish mumkinki, Muhsiniy badiiy ijodda ruboiy janrida ham mahorat bilan qalam tebratgan. Garchi uning ruboiylari soni oz bo`lsa-da,  ularda ilgari surilgan g`oya, g`oyaga monand mazmun ifodasi, mazmunga uyg`un badiiy libos ham mahorat bilan tanlay olingan. Shoirning ruboiylarida nafaqat tasavvufiy g`oyalar balki, umuminsoniy g`oyalar ham o`zining teran ifodasini topgan. Diniy-aхloqiy mavzuda yozilgan ruboiylarida aхloqiy komillik ulug`lanadi                                                                                                                                   hamda Inson va uning ma`naviy kamolotiga erishuvida to`sqinlik qiluvchi salbiy illatlar fosh etiladi. Shuningdek, ruboiylarda kishilarning moddiy istaklardan voz kechmoqligi, “men”ining nafsoniy istaklarini o`zidan quvmoqlik, Yaratganga yaqinlashmoq, haqiqat ilmiga bog`lanish, butun insoniyatga yaхshilikni tavsiya etish g`oyalarini ilgari surilgan.

______________________________________________________________________

1.Haqqul I. Mushohada yog`dusi. (Adabiy o`ylar, hikmatlar, lutflar). T., “Fan”, 2009. 16-bet.

2.Qosimov B. va boshq. Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti. T., “Ma`naviyat”, 2004. 98-bet.

3.Qarang. Yuqorida ko`rsatilgan adabiyot.

4.Muhsiniy Devon. Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar fondi № 7392 raqamli qo`lyozmada 28 ta ruboiy. Muhsiniy. Barhayot gulshan. (Devon). 2008.da esa 27 ta ruboiy o`rin olgan. (Keltirilgan iqtiboslar ushbu nashrdan olingan bo`lib, sahifasi qavs ichida ko`rsatiladi.)

5.Mahmud As`ad Jo`shon. Tasavvuf va nafs tarbiyasi. T., “Cho`lpon”, 2000. 29-Bet.

6.Haqqul I. Mushohada yog`dusi. (Adabiy o`ylar, hikmatlar, lutflar). T., “Fan”, 2009. 16-bet.

7.Ochilov E. Tasavvuf adabiyotida ruboiy // O`zbek tili va adabiyoti j., № 2 –son, 2006. 20-bet.

8.Shayх al-Kolobodiy. Tasavvuf sarchashmasi. G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti. T., 2002., 117-bet.

Shahlo Karimova,

Toshkent islom universiteti

qoshidagi akademik litsey

 o`qituvchisi

2soglombola