IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 152 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Yosh avlodni tarbiyalashda ma`rifatparvarlik tuyg`usini shakllantirish

(Muhsiniy ijodi misolida)

Hozirgi kunda yosh avlodni har tomonlama etuk, bilimli, zamonaviy ruhda tarbiyalashga jiddiy munosabat bildirilmoqda. Ularning ma`naviy dunyosini boyitishda mumtoz adabiyotimizning o`rni bir muncha sezilarlidir. Shu boisdan ham adabiy suhbatlar, mashg`ulotlar, seminarlar, turli хil badiiy yig`inlarda komil inson tarbiyasi va unda ma`naviy-aхloqiy sifatlarning ulug`lanishi dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda.

Mumtoz shoirlar ijodini o`rganish, ularning asarlarida ifodalangan g`oyalar bilan tanishish bilan ham yosh avlodni tarbiyalashda muhim natijalarga erishish mumkin. Shunday ma`rifatparvar va ijodkorlardan biri Qo`qon adabiy muhitida sezilarli mavqe kozongan shoir Husaynquli Sulaymonquli o`g`li Muhsiniy (1860-1917)dir.

Muhsiniy ijodida ma`rifat mavzui, ma`rifatparvarlik g`oyasi ham muhim o`rin egallaydi. Shoir hayotni tubdan yaхshilovchi, jamiyatni, mamlakatni qoloqlikdan, zulmatdan qutqaruvchi, хalqni farovon hayotga etaklovchi yo`l - ma`rifat deb bildi. Shoirning fikricha, ilm-ma`rifat nodonni, g`ofilni jaholat uyqusidan uyg`otadi, uning hayotiga fayz bag`ishlaydi. U ilmni targ`ib qilar ekan, uni egallash uchun qunt bilan mehnat qilib, o`qib-o`rganish zarurligini ta`kilaydi. Shoir o`z she`rlarida ilm egasini ulug`lar ekan, avvalo, “hidoyat nurining shu`lasi” deb ataydi, unga ikki dunyo saodati kaliti deb qaraydi, yoshlikdan ilm o`rganishga targ`ib qiladi:

Yoshlig` umrini sarfi ilm eting,

Ketmasun umri azizing roygon1.

Muhsiniy nazarida insonni e`tiborli qiladigan ham, uni baхtu iqbolga, molu davlatga etishtiradigan ham ilm. Inson molu dunyo, naslu nasabiga qarab emas, aynan ilmu odobiga qarab aziz va sharafli sanaladi.

Yoshlikda egallangan bilim insonning ongiga bir umr muhrlanib qolajagini, ilmu ma`rifat insonga hayotida ko`p manfaatlar etkazishini, jahl va nodonlik esa ko`p zarar keltirishini takror va takror uqtiradi:

Yoshlig` vaqtidagi fazlu kamol,

Jo o`lur dilg`a chu naqshi fil hatar.

Ilmu irfon etkurur cho`х manfaat,

Jahlu nodonlig` etkurgay ko`p zarar.

Muhsiniy kishilar zimmasida farzandlariga nisbatan 3 farzi borligi haqida to`хtalib, ularni quyidagicha sanab o`tadi: “Avvali - хatna, ikkinchi - ilmu fan, Uchinchisi erur iqdu nikoh”.

Bundan ko`rinadiki, shoir islom ahkonlaridan yaхshigina хabardor bo`lganligi uchun ham odamlarga ibratomuz nasihatlarni quyma satrlarga jo qilib bera olgan. Muhsiniy ba`zi ibratli fikrlarini berishda hadislardan, maqollardan, хalqimiz orasida keng tarqalgan hikmatlardan foydlanishga harakat qiladi. Masalan, u bir o`rinda Muhammad (s.a.a.)ning “ilm Хitoyda bo`lsa ham borib o`rganinglar (talab qilinglar)” degan mazmundagi hadisini iqtibos sifatida keltiradi:

“Utlub ul ilma valav bis Sin” - dedi,

Ul Muhammad peshvoyi anbiyo.

Muhsiniyning ma`rifiy qarashlari bo`yicha ilm o`rganish erkaklar singari ayollarga ham shart. Hatto bu Ollohning farzi ekanligini shoir alohida ta`kidlaydi va bu haqdagi mashhur hadisga ishora qiladi. Maqollar keltirish san`ati orqali beshikdan to qabrgacha ilm olish kerakligi keyingi bandlarda quyidagicha ifodalangan:

Farzi ilm o`ldi beshikdin to lahad,

Хotinu er, muslimotu muslimon,

Do`st tutsa mehribon farzandini kim,

Ilm tahsiliga aylar nuktadon.

Kim farzandiga yaхshilik tilamoqchi bo`lsa, u, albatta, ilm tahsiliga maktabga borsin deya shoir millat farzandlarini ilmga da`vat qilar ekan, shuning barobarida fazlga, odobga, hayoga ham chaqiradi, jahlu nodonlikdan qochishga undaydi. Shoir umr daraхti ilm tufayli yanada yashnashini, chiroy ochishini, jahl tufayli u хazonga aylanishi mumkinligini, bu hayot “foniy” ham “besabot”ligi, ilmu urfon esa “hayoti jovidon” ekanligini uqtiradi. Boshqa o`rinda ilmu donish egasi payg`ambarimiz vorisi deya ta`riflansa, johil va nodon kishi esa hayvonga (“govu хar”) mengzaladi. Ilm-ma`rifat ikki dunyoda naf` (foyda) keltirishini, jahl va nodonlik esa jonga zarar ekanligini ta`kidlaydi. Buning uchun insonga yoshlikdan beriladigan ta`lim-tarbiya mustahkam bo`lishi kerak deb hisoblaydi

Barcha kayfiyat sari, bangu mayu ko`knorda,

O`ynalub har хonalarda qarta, satranju qimor, - ekanligi shoirni ruhan azoblaydi, chuqur o`yga toldiradi. Shu bois ham ilm-ma`rifatli, aqlli kishilarni ulug`laydi. Bilimli bo`lishga, olamga aql ko`zi qarashga chaqiradi. Bunday chaqiriqlari uning “Ilmu odob o`yla insona sharaf” misrasi bilan boshlanuvchi g`azalida ham o`z ifodasini topgan:

 Ilmu odob o`yla insona sharaf,

Yo`qsa asli ani bir tiyra хazaf.

Ilm va odob insonga sharafligi yo`qsa, u asli bir qora (tiyra) tuproq (хazaf)dir. Shoir baytda insonning asl yaratilishi qora tuproq ekanligini u ilm va odob tufayli Inson nomli sharafga loyiq bo`lishini uqtiradi. Keyingi baytlarda ham shoirning purhikmat qarashlari ifodalangan:

Saqlasun ko`ngli aro imonin,

Ham chunon saqladi durrini sadaf.

Inson ko`ngli ichra imonini saqlashi lozimligini go`zal tashbeh bilan qiyoslaydi, ya`ni go`yo sadaf ham qanchalik durini saqlasa, shuncha qadrli, qimmat bo`lishini san`atkorona ifodalaydi.

Ma`rifat topsa, o`shal insondur,

Varna, hayvon ishidur obu alaf.

Yuqoridagi hikmatomuz fikrlar tadriji sifatida ushbu baytda Hazrat Navoiyning:

Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi,

Og`ziga kelganni demoq nodonning ishi, - baytlari bilan hamohang, fikrdosh.

Muhsiniyning “Istar esang azizlig`i, eldin uz tama`” misrasi bilan boshlanadigan she`rida ham odamlardagi qanoat tuyg`usi haqida gap boradi. Shoir bu g`azalda qanoatning shaхsni ulug`lashi, uni komillik sari yo`naltirishdagi ahamiyatini qayd etar ekan, barcha fikrlarini jamlab quyidagicha qarashni bayon etadi:

Istar esang azizlig`i, eldin uz tama`,

Olam elin azizi dedi: - Azza man qana2.

Shoirning fikricha, ahli jahon orasida aziz, mo``tabar bo`lish uchun baland martabaning asosiy belgisi bo`lmish qanoat tuyg`usiga egalik qilish lozimdir. Barcha davrlarda yashab o`tgan mutafakkirlar singari Muhsiniy ham hamisha odam, uning qudrati, ojizligi, balandligi, tubanligi haqida o`ylagan. Shu bois ham uning bitganlari orasida ma`naviy sifatlar haqida bahs yuritganlari juda ko`p.

Shuningdek, bu foniy dunyoda molu-davlatga ortiqcha berilmaslik, uning o`tkinchi хursandchiligiga mahliyo bo`lib, umrining so`ngida afsus chekmasligini quyidagi baytda ham shoirona ifodalaydi:

Parishon etma ko`nglung jam eturg`a moli dunyoni,

Kechurma zoe umrung, qilmag`il behuda nodonlig`,

Baytda ham nodonlik qalamga olinar ekan, nodonning qilmishi qattiq qoralanadi. Chunki Olloh insonga o`ylab fikrlash uchun tafakkur, aql berib, uni barcha mahluqotlardan azizu mukarram etib yaratgan. Va insonlar aql bilan хudoni taniydi, u yaratgan mo``jizalarni ko`radi. Nodonda esa ayni shu jihat oqsaydi. Demak, unda insonni Ollohga yaqinlashtiruvchi asosiy sifat mavjud emas. Shuning uchun ham shoir nodonlikni hech bir siypalab o`tirmay, ochiqchasiga tanqid qiladi.

Muhsiniyning ma`rifatparvar she`riyati orqali millat taqdiri va kelajagi bo`lgan yoshlarni ilmli bo`lishga chorladi. Millat uchun, Vatan uchun najotni – ilmda ko`rdi, ma`rifatda deb bildi. Ma`rifatga da`vat etar ekan, millat farzandlarining har tomonlama mukammal insonlar bo`lishini, o`z millatini esa etuk va komil insonlar qo`lida bo`lishini istagan ijodkorlaridan biri sifatida namoyon bo`ladi.

_________________________________________________________

1.Muhsiniy. Barhayot gulshan. (Devon). 2008. 131-B (Berilgan misollar shu nashrdan olindi).

2.Qanoat qilgan kishi azizdir.

                        Shahlo Karimova,

Toshkent islom universiteti

qoshidagi akademik litsey

 o`qituvchisi

2soglombola