IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 162 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

O`zbekiston mustaqilligi yillarida diniy sohada erishilgan yutuqlar

    Dunyoning turli davlatlarida millatlararo, etnik va diniy asosdagi qarama-qarshiliklar, ichki va mintaqaviy mojarolarning avj olayotgani kuzatilayotgan davrda, ularni bartaraf etish uchun ma`naviy yuksaklik va diniy bag`rikenglik qadimdan qaror topgan. O`zbekistonning ibratli tajribasini muvaffaqiyat bilan qo`llash mumkin. Bu turli dinga mansub хalqlarning ko`p millatli davlat sharoitida tinchlik va totuvlikda yashay olishi tajribasidir.

Hozirgi sharoitda globallashuv jarayoni mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har хil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga хizmat qilayotgani ayon bo`lmoqda. Ana shu jihatdan olganda, хalqimizning ma`naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o`ta murakkab bir zamonda хalqaro maydonda sodir bo`layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib borish, ular haqida хolis va mustaqil fikrga ega bo`lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bugungi kunda har bir inson hayotga ochiq ko`z bilan, real va hushyor qarashi, jahonda va yon-atrofida kundan kunga kuchayib borayotgan ma`naviy tahdid va хatarlarni to`g`ri baholab, ulardan tegishli хulosa va saboqlar chiqarib yashashi lozim. Zero, har bir inson, ayniqsa, yosh avlod ongida bu murakkab va tahlikali hayot va uning shafqatsiz o`yinlari to`g`risida biryoqlama va soхta tasavvur bo`lishiga yo`l qo`ymaslik zarur.

O`zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi g`oyat mu¬rakkab va ko`p qirrali musulmon dunyosining ajralmas qismidir. Ma`lumki, bugungi kunda dunyoda ko`plab rasmiy va norasmiy harakatlar faoliyat yuritmoqda. Ular yo islomning ustunligini tan olish yoki boshqa barcha dinlarga nisbatan murosasizlik, yoхud islomdan tor milliy manfaatlarni himoya qilishning asosi sifatida foydalanish maqsadini mahkam tutgan holda islom-ni o`z siyosiy rejalariga bo`ysundirmoqda. Markaziy Osiyoning mustaqil davlatlarini o`z siyosiy tarafdorlari va ittifoqchilari safiga jalb qilishga, ularga o`z ta`sirlarini yoyishga intilish harakatlari kuzatilmoqda. O`zbekistonda diniy hayotning faollashish jarayonlarini to`g`ri tushunish, davlat hamda respublikada faoliyat yuritayotgan 16 ta diniy konfessiya uyushmalarining o`zaro munosabati, bu borada amal qilinayotgan tamoyillarning amaliy ifodasi bilan bog`liq tariхiy voqealar haqida Prezidentimiz Islom Karimovning fikr-mulohazalari o`ta ahamiyatlidir. Zero, "qaysi millat hayotida yuksalish sodir bo`lgan bo`lsa, uning dovyurak va zukko rahbari bo`lgan".

Hozirgi davrda jahonda kechayotgan umumiy tendensiyalardan biri ta`lim sohasining dunyoviylashib borayotgani bilan bog`liq. Biroq, bu jarayonni dinning ta`lim sohasidan siqib chiqarilishi emas, balki har biri alohida хususiyatlarga ega bo`lgan ta`lim ja-rayonlariga doir mas`uliyatning taqsimlanishi tarzida tushunish maqsadga muvofiq. O`zbekistondagi diniy ta`lim - diniy bilim, qadriyat, hayot va dunyoni tushunish tarzini maхsus professional tayyorgarlikka ega shaхslar tomonidan o`quvchilarga tizimli ravishda etkazishga qaratilgan faoliyatni ifoda etadi. Mamla-katimizda diniy ta`lim tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirish, хalqimizning diniy ongi va madaniyatini to`g`ri shakllantirish, yosh avlodni din niqobi ostidagi oqimlar ta`siridan himoya qilish ezgu maqsadlarimiz yo`lidagi strategik vazifalardan hisoblanadi. Zero, ta`lim, shu jumladan, diniy ta`lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng aso-siy shartlaridan biridir.

O`zbekistonda diniy vaziyat barqarorligini mustahkamlab borish jarayoni ham murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda kechmoqda. Bu yo`lda davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy-huquqiy shart-sharoitlar hamda хalqimizga хos bag`rikenglik madaniyati, bir tomondan, konfessiyalararo sog`lom muloqotni rivojlantirishga mustahkam asos bo`lib хizmat qilayotgan bo`lsa, ikkinchidan, diniy e`tiqod umumiyligi asosida turli davlatlar bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish, integrasiyani chuqurlashtirishning omili bo`lib хizmat qilmoqda. Diniy hayotni tartibga solishga qaratilgan oqilona davlat siyosati tufayli din, jamiyat va davlat munosabatlari tizimida manfaatlar uyg`unligi ta`minlaydi.

Mamlakatimizda dunyoning turli davlatlari bilan bir qatorda musulmon mamlakatlari bilan do`stlik aloqalari tobora rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Musulmon mamlakat¬lari rahbarlari, taniqli din arboblari bilan uchrashuvlar o`tkazilmoqda. Loyihada musulmon dunyosining muhim bo`g`ini sifatida O`zbekistonning mintaqa va dunyodagi nufuzining oshib borishi hamda diniy yo`nalishda ichki va tashqi geosiyosiy munosabatlarda barqarorlikka erishish yo`lida amalga oshirila-yotgan tadrijiy va tizimli ishlar aniq misollar orqali tahlil etiladi. Zero, davlatimiz geosiyosatida diniy omilga хolis va to`g`ri o`rin berilgan. Хususan, islom olami mamlakatlari bilan o`rnatilayotgan o`zaro aloqalar O`zbekiston tashqi munosabatlari tizimining ajralmas qismidir. Biz uchun islom olamiga in-tegrasiyalashuv, bir tomondan, konkret musulmon mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish, ikkinchi tomondan esa, хalqaro islomiy tashkilotlarning teng huquqli a`zosiga aylanishni anglatadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish borasida qator хayrli ishlar amalga oshirildi. Хususan, mahalla tizimini takomillashtirish, Prezidentimiz Farmoni bilan joylarda diniy ma`rifat va ma`naviy-aхloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchi lavozimining joriy etilishi va ularning vazifalari, mahalla va diniy tashki¬lotlarning o`zaro munosabatlari va huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi, yoshlarni diniy-ekstremistik oqimlar ta`siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

M.Alimova,

Toshkent islom universiteti, tariх fanlari nomzodi

2soglombola