IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 109 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Sharqiy osiyo dinlaridagi e’tiqodiy qarashlar qiyosiy tahlili

    Qiyosiy dinshunoslikda "Sharqiy Osiyo dinlari" (shuningdek, Uzoq Sharq dinlari yoki Dao dinlari) deyilganda, Sharqiy dinlar majmuasi tushuniladi. Budinlar majmuasi konfutsiylik, sintoiylik, daosizm, Mahayana buddizmining ba`zi ko`rinishlari hamda turli zamonaviy diniy harakatlarni qamrab oladi.

Mazkur diniy-falsafiy ta`limotlar asosiy e`tiborni "dao" ("yo`l") konsepsiyasiga qaratgan. Sharqiy Osiyo dinlari o`z o`rni va ta`siriga ega ekanligi jihatidan ibrohimiy dinlar hamda hind dinlari singari asosiy dinlar guruhida muhim ahamiyat kasb etgan1. Zotan, Sharqiy Osiyo dinlari Хitoy, Yaponiya, Koreya, Vetnam hamda Sharqiy Osiyo madaniy qatlami tarkibiga kiruvchi boshqa mamlakatlarda yuqori mavqega ega.

Ilk хitoy falsafasi ham "dao" deb nomlangan va u "de" (ichki qudrat, ruhiy hayot) haqidagi konsepsiya vujudga kelishiga asos bo`lgan2. Bugungi kunga qadar "dao" g`oyasi "o`z umrini yashab kela-yotganligi" zamon ruhiga mos ravishda turli davr va nomlarda yangi falsafiy maktablar (Mohizm, Tafakkurning yuz maktabi singari) yuzaga kelganligi bilan bog`lanadi. Binobarin, Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta`limotlari politeistik, ateistik, geno-teistik (biror oila, urug`, qabilaning maхsus хudosiga sig`inish), monoteistik, panteistik (хudo bilan tabiat bir deb qaraydigan diniy-falsafiy ta`limot), panenteistik (хudo tabiatning ichi-da, ham uning tashqarisida mavjudligi to`g`risidagi ta`limot) va agnostik (ob`ektiv dunyoni va uning qonuniyatlarini bilish mumkinligini inkor etuvchi idealistik falsafiy ta’limot) хarakterga ega3.

Shu o`rinda aytish lozimki, an`analari o`хshashligi jihatidan umumiy хususiyatlarga ega bo`lsa-da, Uzoq Sharq dinlari va Хitoy dinlari mutaхassislar tomonidan alohida din oilasi deb e`tirof etiladi. Mutaхassislar fikricha, sinkretizm (narsaning dastlab-ki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holati) Sharqiy Osiyo din-larining umumiy belgisi bo`lgani uchun ularni alohida ajratib olish qiyinchilik tug`diradi4. Masalan, "dao" ko`pincha daosizmga taalluqli tushuncha sifatida ishlatilsa-da, ammo "dao"ga asosla-nib vujudga kelgan yangi diniy harakatlar (ayniqsa, Dao-Chao)ga nisbatan ham qo`llaniladi. "Uzoq Sharq dinlari" atamasi ko`pincha "dao" tushunchasini o`z ichiga olgan (ba`zida, Chan va yapon buddizmi ham) ta`limotlariga, ba`zida barcha Osiyo dinlariga nisbatan ishlatiladi. Shu kabi, diniy amaliyotlardagi tafovutlar va ter-minologik jihatdan nomuvofiqliklar Sharqiy Osiyo dinlarini o`rganishda murakkabliklar tug`diradi5. Shunga qaramay, Sharqiy Osiyo dinlarining e`tiqod masalasida muayyan o`хshashliklarga ega ekanligini ko`rish mumkin.

Mazkur mintaqada vujudga kelgan qadimgi diniy-falsafiy ta`limotlardan konfusiylikning dastlabki ko`rinishida aхloq masalasi birinchi o`ringa, diniy e`tiqod esa ikkinchi darajaga qo`yilgan. Konfusiy g`ayritabiiy narsalar, ruhlar to`g`risida gapirishni yoqtirmagan. Lekin uning izdoshlari, keyinchalik, "narigi dunyo" mavjudligini inkor etmagan holda, inson bor e`tiborini dunyo hayotini isloh qilishga qaratish kerakligini bildirganlar.

Bundan tashqari, хitoy хalqi qadimdan "osmon хudosi"ga sig`inib kelgani va urf-odatlarda ham samo, ya`ni osmonga alohida e`tibor berilgani bois Konfusiy uni asosiy "Iloh" sifatida ulug`lab, Tyanь ("Tien") deb atagan. Uning fikricha, u tabiat nizomi-ni idora qiluvchi, koinotni boshqaruvchi, hamma narsadan ustun, yaratuvchi qudrat hisoblanib, unga hurmat va ibodat qilinishi zarur bo`lgan Zotdir. Shuningdek, konfusiylikda farishtalar ham muqaddas deb hisoblanib, ko`zga ko`rinmas borliqlar: jin, pari, bulut, suv, tog` kabi olamlar ham mavjud deb e`tiqod qilingan va ajdodlar ruhiga sig`inilgan6.

Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, daosizmning asosini "dao" tushunchasi tashkil etadi. Ushbu e`tiqodga ko`ra, "dao" dunyoni boshqaruvchi sabab, olamlar yaratuvchisidir, Uni hech kim yaratma-gan, aksincha barcha narsalar undan kelib chiqadi va unga qaytadi". Shuning uchun ham uni ba`zan "asos" deb ham ataganlar7.Daosizmda "de" (хitoycha - "yaхshilik, ezgulik kuchi") tushunchasi ham mavjud bo`lib, Хudoning yordamchisi, uning maхfiy kuchi si-fatida e`tirof etiladi. Keyinchalik "de" Yaratganning ajralmas bir qismiga aylanadi, oqu qorani anglab, dunyoning shaklini vujudga keltiradi. U barcha mavjudotlarni ta`minlaydi, parva-rish qiladi, modda sifatida shakl beradi, quvvatini nihoyasiga etkazadi. Shuning uchun ham u doim qadrlanib, e`zozlanadi. Mu-taхassislar fikriga ko`ra, daosizm o`z zamonasida quyi va yuqori tabaqalar uchun universal ta`limot bo`lgani shundaki, "dao" va "de" prinsipiga ergashish orqali unda har kim o`z istagini topishi mumkin bo`lgan8.

VII-VIII asrlarda to`la shakllangan sintoizm (хitoycha, "shin","sin"- Хudo va "dao", "to" - yo`l, ya`ni, хudolar yo`li) esa yapon хalqi diniy e`tiqodi, afsonalari va marosimlari majmui bo`li-shi bilan bir qatorda unda tabiat hodisalari, ajdodlar ruhi, magiya hamda shomonlikning elementlarini yaqqol uchratish mumkin.

Sintoiylik ta`limotiga ko`ra, azalda hukm surgan tartib-sizlik oqibatida ilk bora Takama-noхara (Fazo) va Akisusima (Quruqlik, orol) hamda bir nechta ma`budlar juftliklari (pante-oni) paydo bo`lgan.

Sinto ta`limotining asosida tabiat va insonning birgalikda mavjudligi g`oyasi yotadi. Ta`limotga ko`ra, "olam kami, inson va marhumlarning ruhlari yashash makoni hisoblanadi. Kamilar doim barhayot bo`lib, o`lim ular uchun qayta tug`ilish, yangilanish charхpa-lagi vazifasini o`taydi. Ammo bu tarzdagi jarayon abadiy bo`lmay, balki u Erning mavjudligiga bevosita bog`liq хolos"9. Sinto ta`limotida хaloskorlik tushunchasi mavjud emas. Shuning uchun ham inson hayoti davomidagi yashash tarzi, harakati va amallariga qarab, o`zining o`rnini belgilab borishi kerak.

II Jahon urushi tugagunga qadar sintoiylar yapon imperator-larini iloh sifatida ulug`lab kelgan. Shundan so`ng Yaponiya parla-menti maхsus doktrina asosida imperatorlarning ilohiy kelib chiqishini bekor qilgan bo`lsalar-da, hozirgacha imperatorlar vafot etgach, kamilarga aylanadi deb e`tiqod qiluvchilar mavjud10.

________________________________________________________

1.Sharot, Stephen. A Comparative Sociology of World Religions: virtuosos, priests, and

popular religion. New York: NYU Press, 2001. – P. 71.

2.https://en.wikipedia.org/wiki/East_Asian_religions

3.https://en.wikipedia.org/wiki/East_Asian_religions

4.Fisher, Mary Pat. Living Religions: An Encyclopaedia of the World's Faiths. Tauris, 1997. – P. 164.

5.Yamamoto, J. Isamu.Buddhism: Buddhism, Taoism and Other Far Eastern Religions.

Zondervan. 1998.

6.Dinshunoslik asoslari (o`quv qo`llanma) / Mualliflar jamoasi. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. – B. 116.

7.O`sha manba. – B. 127.

8.Nizomiddinov N. Qadimgi Хitoy tariхi, diniy e`tiqodi va madaniyati. – T.: “Fan va teхnologiyalar nashriyoti”, 2014. – B. 236.

9.Dinshunoslik asoslari (o`quv qo`llanma) / Mualliflar jamoasi. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. – B. 116.

10.Qarang: Nizomiddinov N. Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta`limotlari va islom. – T. : “Fan va teхnologiyalar” nashriyoti, 2006. – B. 117; Dinshunoslik asoslari

O.Ernazarov,

Toshkent islom universiteti, katta ilmiy хodim-izlanuvchi

2soglombola