IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 138 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid

O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan.

Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan.

Hozirgi kunda Ozbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bolib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e'tiqod qiladi. 3,5% ga yaqin fuqarolar pravoslav diniga mansub bolib, qolganlarini boshqa konfessiya vakillarini tashkil etadi. Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bagrikenglikning amaliy ifodasidir.
Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha ulkan yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. 
Ma'lumki, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to'qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda goyoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zoravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qol urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma tort yilligiga bagishlangan tantanali marosimda ta’kidlaganlaridek: “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli toqnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar ortasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo'layotgani barchamizni  tashvish va xavotirga solmay qoymaydi”.
Ushbu holat davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat’iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne’mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda.
Songgi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko'rinishda tarqatish, internet orqali targibot otkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, internet tarmog'ida ozini “Islom davlati” (ISHID), “Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar go'yoki islom ravnaqi yo'lida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targibot-tashviqot keng kolamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning koplab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etib da’vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qoshilayotganining guvohi bolmoqdamiz. 
Afsuski, yoshlar muayyan qismi ISHIDni haqiqatda ham islom dinini butun dunyoga tarqatish, islomiy davlat barpo etgan holda dunyoda adolat o'rnatishni maqsad qilgan tashkilot deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchilar Markaziy Osiyoda, xususan, Ozbekistonda ham bor ekani hech kimga sir emas. Bunday yoshlar yuqorida qayd etilgan hududlarda insonlarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni goyoki xalifalik qurish uchun joiz amal hisoblab qattiq adashmoqdalar. Aslida, mutaassib oqim a’zolarining maqsadlari - “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “kofir bo'lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqali yoshlarimizni oilasi va yaqinlarining ta’siridan chiqarish, oqish yoki ishidan ajratib olish hamda ularni qurolli toqnashuvlar ketayotgan Suriya, Iroq, Afg'oniston yoki Pokiston kabi mamlakatlarga jonatib, manqurt-jangari yoki “tirik bomba”ga aylantirishdan iborat.

BMTning inson huquqlari boyicha Bosh komissari Navi Pilley e'lon qilgan ma'lumotga kora 2012-yilning iyul oyidan boshlab Suriya va Iroqda har oyda 5000 nafar odam olmoqda. O'layotganlar orasida qariyalar, ayollar, oilalar, hatto emizikli godaklar ham bor. Frantsiyaning Frans-Press nashri “Syrian Observatory for Human Rights” tashkilotiga tayanib tarqatgan xabariga kora 2011-2015-yillar davomida halok bolganlarning soni 230000 ga yetgan. Ulardan 69494 tasi tinch aholi vakillari, 11493 tasi bolalar, 7371 tasi ayollardan iborat. Bu faqat rasmiy ma'lumotlar bolib, asl raqamlar mazkur ko'rsatkichlardan ancha yuqori bolishi hech kimni hayron qoldirmaydi. 
Joriy yilning yanvar` oyida Suriyaning ozini “Islom davlati” deb atayotgan terrorchi guruh nazoratida bolgan Raqqa shahrida koz korib quloq eshitmagan mudhish ish sodir boldi. 40 yoshli mushtipar ona 20 yoshli oglini terrorchi guruhni tark etishni so'rab qilgan iltijolarini oqpadar ogil oz qomondoniga yetkazgan. Songra esa rahnamolaridan “tegishli” korsatma olib, o'z onasini xaloyiqning ko'zi oldida, bechora ayol butun umr ishlagan pochta binosi oldida otib o'ldirgan. Yana e'tibor berish lozim bolgan bir holat, Iroq va Suriyada terrorchilar ozlariga ergashmagan bacha musulmonlarni “kofir”ga chiqarib, erkaklarni qatl qilib, ayollar va bolalarni esa qul sifatida sotish kabi qabig ishlarga qul urayotgani guvohi bo'lmoqdamiz. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytiladi: “Nabiy (s.a.v.) dedilar: “Alloh dedi: “Uch (kishi) borki, Qiyomat kuni men ularga xusumatchiman: Mening nomim bilan (ahd) berib, keyin hiyonat qilgan kishi; hur odamni sotib, pulini yegan kishi; ishchi yollab, undan (ishni) tola talab qilib olib, haqini bermagan kishi”. Goyoki “hijrat” savobini olamiz deb da’vo qilayotganlar ba’zi adashgan yurtdosh yoshlarimiz yuqoridagi kabi onakush va odamfurushlardan o'rnak olmoqchimi? Qur'oni Karimda aynan shunday holatlar haqida “Zulm (nohaqlik) qilganlarga suyanmangiz, toki sizlarga (do'zaxdan) olov yetmasin!” (“Hud” surasi, 113-oyat), deyilgan. Hozir butun dunyo ulamolari terrorchi guruhlarning islomga umuman aloqasi yo'q ekani haqida fatvo bermoqdalar. Jumladan, Butun dunyo islom ulamolari kengashi raisi Yusuf Qarazoviy: “Biz ulamolar buzgunchilarga qarshi kurashmog'imiz zarur.

Hozir ISHID tarkibida aldangan yoshlar juda ko'p. Ular “kofirlarga qarshi jihod qilyapmiz, orzuimiz jannat”, deyishyapti-ku, ammo musulmonlarni qatl etib, ogir gunohga botmoqda. Biz bunday nobakorlikning oldini olishimiz darkor”, deb ta’kidlagan.
Misr Bosh muftiysi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Tayyib ISHIDning Islom dinidan yiroq tuzilma ekanini ta'kidlab, shunday deydi: “Iroq xalqi barcha imkoniyat va kuchini mamlakatda oqayotgan qonlarni to'xtatish hamda ISHID tomonidan olib borilayotgan nohaq odam oldirish, qinsonlarning obrosini poymol qilish, masjidlarni xarobaga aylantirish, nasroniy hamda boshqa din vakillarining quvgin qilinishi kabi ayanchli holatlarni bartaraf qilishga sarflashlari zarur. Islom dini vayronagarchilik va qotillik kabi ishlarni amalga oshiradigan qurolli harakatlarni rad qiladi. 
   Islom bunday ishlardan mutlaqo yiroq!”. Aslida “hijrat” lugatda “ko'chish, biron narsadan ajrash, tark etish” ma'nolarini anglatadi. Istilohda Paygambarimiz Muhammad (s.a.v) boshchiliklaridagi bir guruh musulmonlar jamoasining Quraysh taziyqidan qutilish maqsadida Makkadan Madinaga kochib otishlariga hijrat deyiladi. Aqidaparastlar yoshlarni avrab, islom diyori bolgan, azon aytiladigan, juma va hayit namozlari oqiladigan, umuman, islomning besh arkonlari emin-erkin ado etilib, musulmonchilik amalda bolgan va fuqarolar tinchlik-xotirjamlikda hayot kechirayotgan Vatanini tark etishga targib qilmoqda. Vaholanki, oz yurtini tashlab, ozga yurtlarda sarson-sargardon yurish, manqurt shaxslar bilan birlashib, kindik qoni tokilgan yurtiga qarshi qurol kotarish ayni islom ta’limotiga zid ishdir. Insonlarni tinch va osoyishta diyordan din nomidan qotilliklar oshkora qilinayotgan fitna makonlariga chorlashdek qabih ish hech qachon “hijrat” bola olmaydi.

Paygambarimiz (s.a.v) hadisi sharifda: “Haqiqiy muhojir Alloh va Rasuli qaytargan narsadan hijrat qilgan (qaytgan) musulmondir” deb marhamat qilganlar. Islom dini Vatanga hiyonat, qotillik, buzg'unchilik, ozini ozi oldirish, ozgalarga zum qilish, ota-onaga oq bolish kabilardan qaytaradi.

“Jihod” sozi lugatda kishining oz maqsadiga erishish yolida bor imkoniyatlarini ishga solib, qattiq harakat kilishi ma’nosini anglatadi. Darsini ozlashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib harakat kilayotgan osmir mujtaxid talaba deb ataladi. Binobarin, uni ilmiy jihod kilmokda desa boladi. Istilohda dini, vatani, oilasi, obrosi va moli himoyasini shariat ruxsat bergan yollar bilan amalga oshirishni anglatadi. Kishining oz vatanini bosqinchilardan, isyonkorlardan himoya qilishi ham ayni jihoddir. Hadisda insonning oz nafsi yomonliklariga qarshi turishi, yaxshiliklarga intilishi katta jihod ekanligi ta’kidlanadi. Imom Buxoriy rivoyat kilgan hadisda aytiladi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayxi vasallamning huzurlariga u zotdan jihodga izn so'rab keldi. Shunda u zot unga: “Sening ota-onang bormi?” dedilar. “Ha”, dedi. “Bas, ikkovlari (xizmati)da jihod qil!” dedilar”.

Diniy ekstremizm dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaaatlariga tahdid solib kelmoqda. Jumladan, diniy ekstremistik oqim tarkibiga kirib qolgan shaxs:

- oilasi, qarindosh-uruglari va yaqin insonlaridan mahrum boladi;

 - jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini yo'qotadi, chuqur ilm olish, yaxshi kasb egas bolish va hayotda munosib orin egallash imkoniyatlaridan ayriladi;

  - yon-atrofidagi jarayonlarga shaxsiy munosabatga ega bola olmay, voqelikka faqat DEO nuqtai-nazaridan qarashga majbur boladi;

- umri qamoqda yoki ozga yurtlarda xor-zor va sargardonlikda otadi, ota-onasi, turmush ortogi va farzandlari oldidagi insoniy majburiyatlarini bajara olmaydi.
Oz navbatida, diniy ekstremistik goya va yot diniy qarashlarning jamiyatdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit va tadrijiy rivojlanishga zararli ta’siri quyidagilarda aks etadi:
   - DEO a’zosi qonuniy jazoga tortilishi yoki “hijrat” da’vosida xorijiy yurtlarga chiqib ketishi oqibatida jamiyatning birlamchi bogini bolgan oilalarda parokandalik yuzaga keladi, farzandlar tarbiyasiz, oilalar esa boquvchisiz qoladi;

- jamiyatda an'anaviy qadriyatlarni avloddan avlodga uzatish tizimi va tadrijiy rivojlanish jarayoni buziladi, mazkur jamiyatda asrlar osha muhim orin tutgan milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlar ahamiyatini yoqotishi oqibatida ma'naviyat pasayadi; 
  - ekstremistik va terroristik harakatlar sodir etilish orqali jamiyatda “yovuzlik chegarasi” pasayib, odamlar qotillik, qiynoq, bosqinchilik, garovga olish, qulchilik kabi jinoyatlarga konikib qoladi. 

Ayni chogda, ushbu yovuzliklar jamiyatning muayyan qismida vahima uygotadi, qochoqlar oqimi paydo boladi; 

-         terrorizm va ekstremizm, ular oqibatida kelib chiqadigan ijtimoiy beqarorlik jamiyatda kriminal jinoyatlarning avj olishiga xizmat qiladi;

-         davlat tomonidan xavfsizlik choralarini korish uchun byudjet mablag'larini sarflashi, shuningdek, terroristik harakat oqibatida ko'rilayotgan moddiy zarar jamiyatga iqtisodiy jihatdan katta zarar yetkazadi. Oqibatda ishsizlik oshadi, ijtimoiy muhofazaga yo'naltirilgan loyihalar bajarilmay qoladi, aholining turmush darajasi pasayadi;

-         mamlakatning taqdiri iqtisodiy donor va qurol-aslaha sotuvchi davlatlarga bogliq bolib qoladi.

Xorijga ish axtarib ketgan ayrim yoshlarimiz DEO oqim a’zolarining ta’siriga tushib, yurtga qaytgandan song yon-atrofdagilardan “jamoat” tuzishga, ularni “hijrat”ga olib chiqishga qaratilgan harakatlar sodir etayotgani kuzatilmoqda. Albatta, ish joyi tanlash huquqi har kim uchun kafolatlangan, biroq hozirda ayrim xorijga ketganlarning odam savdosi qurboniga aylanib qolayotgani, xoru zor bolib, biron narsa orttirib qaytish o'rniga boridan ham ayrilib kelayotani ham bor gap. Eng yomoni pul topish istagida xorijga ketganlarning ba’zilari chet eldagi yasama “din da’vatchilari”ning qarmog'iga ilinib, soxta “hijrat” va “jihod” da'vatlariga uchayotgani, uch-to'rt so'm uchun Suriya, Afg'oniston kabi kabi nizo va urush ochoqlarida qollarini qonga belab, oz ona-yurtiga qurol oqtalish darajasidagi manqurtga aylanib qolayotgani bu masalaga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini taqozo qilmoqda. U yerlarda diydasi qotgan jallodlarga aylangan bu johillar yurtiga qurol oqtalib oz xalqi, ota-onasi va dindoshlariga tahdid bilan dagdaga qilishdek tubanlikka yuz tutyaptilar. Ma'muriy javobgarlik togrisidagi Kodeksning 202-moddasi 1-bandida faoliyati ta’qiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning faoliyatida qatnashishga undash eng kichik oylikning 5-10 miqdorida jarima to'lash yoki 15 sutka sutka qamoq jazosi belgilangan. Jinoyat Kodeksining 216-moddasi 1-bandiga kora, yuqoridagi qonunbuzarlik ma'muriy jazo qollanilgandan keyin qayta sodir etilgan bolsa, eng kichik oylikning 25-50 miqdorida jarima tolash, 3 yilgacha axloq tuzatish, 6 oygacha qamoq, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

Ekstremistik oqimlar oz safiga yangi shaxslarni jalb etishda internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Ba'zi yoshlarimiz “Internet” orqali ozini “Islom davlati” deb atayotgan terrorchi tashkilot aqidaparast guruhlar ta’siriga tushib qolishi, “Obid qori”, “Abduvali qori”, “Rafiq qori” kabi mutaassib shaxslarning ma’ruzalarini diskda yoki qo'l telefoni xotirasida saqlab, tinglab yurish holatlari mavjud. Ayniqsa, so’nggi vaqtda hatto osmir yoshdagi bolalar Suriya, Iroq kabi mamlakatlardagi jangarilarning faoliyatini targ'ib qiluvchi materiallarni telefonda qolma-qol qilayotganlari kuzatilmoqda. Bunday holatlar yuzasidan Din ishlari boyicha qomitaga huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan ekspertiza uchun koplab materiallar kelib tushmoqda. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 184-moddasi 2-bandiga muvofiq, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish eng kam ish haqining 25-100 barobari miqdorida jarima to'lash bilan jazolanadi. Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 3-bandiga kora, yuqoridagi noqonuniy xatti-harakat agar ma'muriy jazodan so'ng sodir etilgan bolsa, eng kam ish haqining 100-200 barobari miqdorida jarima to'lash yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Songgi vaqtda Markaziy Osiyodan chiqqan jangarilarning bir qismi Suriyadan oz mamlakatlariga suqilib kirib olib pinhona fitna chiqarishga harakat qilmoqdalar. Vaziyatning bunday tahlikali ozgarib borishi respublikamizda barcha jonkuyar fuqarolaridan hushyorlik va ogohlikni keskin oshirishlarini taqozo etadi. Tinchlikni saqlash xushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Afsuski, hayotimizda sodir bolayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni korib kormaslikka oladigan, tinchlikni saqlash faqat davlatning ishi deb oylaydiganlar, farzandlarining tarbiyasi bilan qiziqmaydigan ota-onalar ham borligini qayd etish lozim. Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bolsa, mahalla, qishloq, shahar, viloyat va nihoyat mamlakatda osoyishtalik boladi, yurt ravnaq topadi. Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu-xunarlari bilan axloqiy fazilatlarini ham ostirib borishimiz kerak. Yosh avlodning turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish togrisida gamxorlik faqat hukumatimiz yoki ta’lim muassasalarining vazifasi emas, balki har bir ota-onaning ham muhim burchlaridan biridir.
Yana ta’kidlash joizki, tinchlikni ulug ne’mat deb e’lon qilgan dinimizda bu yolda nafaqat amal bilan, balki soz bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yolida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan say’i-harakatlarni e'tiqodan qollab-quvvatlashlari va qolidan kelgancha ularga yordam berishlari lozim. Tahdidlarni oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, dindorlarimiz xotirjamlikda ibodatlarini kongildagidek ado etmoqdalar. Shu sababdan yurtimizga galamislik qilishga harakat qiluvchi, goyoki dindorlarga tayziq qilinmoqda degan tuhmat tarqatayotgan kimsalarning tegirmoniga suv qoyib qoymasligimiz ham lozim.

Zero, Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilganlaridek: “Haqiqiy musulmon bu – musulmonlar uning tili va qolidan omonda bolishliklaridir”.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoshish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bolishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bolib qolmogi lozim. 


O‘. Hasanboyev.

Religions.uz saytidan olindi

2soglombola