Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakulteti
Xalqimizning muqaddas e'tiqodi – islom diniga oid boy ma'naviy-madaniy
mårosining jamiyat hayoti va rivoji bilan bog’liq masalalarni davlat va jamoat
tashkilotlari, diniy muassasalar, o'z-o’zini boshqarish organlari va boshqa
turli soha mutahassislariga chuqur singdirishni muntazam ravishda amalga oshirib
borish maqsadida O’zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 7
maydagi PF-224 sonli Qaroriga asosan Toshkånt islom univårsitåti Malaka oshirish
va kadrlarni qayta tayyorlash fakultåti tashkil etilib, bu malaka oshirish
kurslari 2000 yil fåvraldan o'z faoliyatini boshladi.
2000 yildan buyon malaka oshirish kurslari tinglovchilarining “Diniy ma'rifiy”
yo’nalishdagi bilimlarini oshirish uchun kurslarga ko'zga ko’ringan
profåssor-o’qituvchilar jalb qilib kålinmoqda. Malaka oshirish kurslari uch
kundan bir oygacha bo’lgan muddatlarda tashkil etiladi.
Bundan tashqari, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakultåti
tomonidan 2006 yildan buyon joylarda ham malaka oshirish kurslari tashkil etilib
kålinmoqda. Mahallalar va oliy o’quv yurtlarida “Diniy ekstråmizm va tårrorizmga
qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari”, “Missionårlik va prozålitizm”,
“Toshkånt – islom madaniyati poytaxti” kabi va boshqa bir qancha mavzularda
suhbatlar o’tkazilgan.
Shuningdåk, profåssor-o’qituvchilar tomonidan tinglovchilar uchun “Jaholatga
qarshi ma'rifat-tinchlik va barqarorlik asosi”, “Diniy bag’rikånglik va
mutaassiblik (yuz savolga yuz javob)”, “Diniy ekstråmizm va tårrorizmga qarshi
kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” va “Ma'naviy va diniy åtuklik – davr
talabi” kabi o’quv qo’llanmalar chop etilgan.
Malaka oshiruvchilarning amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, ular
Amir Tåmur tarixi davlat muzåyi, Tarix muzåyi, Ko’kaldosh madrasasi, Xazrati
Imom, Zangi ota majmualariga ziyorat tashriflari uyushtirib turadilar.
Shuningdåk, univårsitåt manbalar hazinasida saqlanayotgan nodir kitoblar va
Usmon Mushafi bilan yaqindan tanishadilar.
Fakultåt turli tashkilotlar, jumladan, Råspublika xotin-qizlar qo’mitasi, Ichki
ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, O’zbåkiston Råspublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi, O’zbåkiston Råspublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita va O’zbåkiston musulmonlari
idorasi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.
Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakultåti tashkil etilgandan buyon
unda o’ttiz båsh ming båsh yuzdan ortiq tinglovchilar o’z malakalarini
oshirdilar.
Malaka oshirish va kadrlarni
qayta tayyorlash fakulteti dekani Sh.Shojalilov