Fakultetning asosiy vazifasi ham dunyoviy, ham diniy bilimlarga ega bo'lgan malakali mutaxassis kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlashdan iborat.
Fakultetning "Islom huquqi", "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar", "Informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishlari bo'yicha tahsil olgan hamda arab, ingliz va boshqa chet tillarini mukammal o'zlashtirgan bakalavr kadrlar respublikamizning ilmiy tadqiqot va ta'lim muassasalarida, diniy muassasalarda, ijtimoiy - iqtisodiy sohaning boshqa barcha jabhalarida faoliyat ko'rsatishlari mumkin.
Fakultet asosan islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyalari mutaxassislari yetishtiradi.
Fakultet dekani -f.m.f.n., A.A. Alimov. Dekan muovini - A. Umarov.
Fakultetda 71 xodim ishlaydi. Shulardan 9 fan doktori va 31 fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Fakultetda jami 317 talaba uch yo'nalish bo'yicha ta'lim oladi. Jumladan, islom huquqi - 126, xalqaro iqtisodiy munosabatlar - 124 hamda informatika va axborot texnologiyalari - 67 talaba tahsil olmoqda.
Bugungi kungacha 590 talaba fakultetni tamomlagan.
Fakultet respublikamizning qator oliy o'quv yurtlari bilan, jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti, Jahon tillari universiteti va O'zbekiston milliy universiteti bilan yaqindan aloqa o'rnatgan.
Fakultet tarkibida oltita kafedra tashkil etilgan:
- Islom huquqi kafedrasi.
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi.
- nformatika va axborot texnologiyalari kafedrasi.
- Tabiiy fanlar kafedrasi.
- G'arb tillari kafedrasi.
Magistratura mutaxassisligi 2003 yilda ochilgan bo'lib, uning asosiy vazifalari- magistrlarni har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma'lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy tadqiqot(ilmiy-texnik) va ilmiy-pedagogik faoliyatlarga, shuningdek, ham dunyoviy, ham diniy bilimlarga ega malakali mutaxassis kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlashdan iborat.
Islom huquqi yo'nalishida 15 ta, musulmon mamlakatlari huquqiy tizimi mutaxassisligida 7 ta, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti mutaxassisligida 13 ta magistrant tahsil oladi. Tahsil olish bilan birgalikda ular davlat sohasining turli bo'g'inlarida, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitada, O'zbekiston musulmonlari idorasida, banklarda, jamg'armalarda va boshqa jamoat tashkilotlarida, shuningdek, Akademik lisey, kollejlar va maktablarda faoliyat ko'rsatishmoqda. Muhimi, magistrantlar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Magistrantlarning ilmiy izlanishlarida kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilar yaqindan yordam berishmoqda. Barcha kafedralarda magistrantlar bilan ishlash, ular bilan suhbatlar o'tkazish va turli tadbirlarda faol qatnashish keng yo'lga qo'yilgan. Universitet qoshidagi "Ziyo" studiyasida magistrantlar M.Musashayxov, SH. Usmonovalar ko'rsatuvlar tayyorlashadi.
Fakultet Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, Misr, Saudiya Aorabistoni, Kuvayt, Malayziya, Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim va ilmiy markazlari bilan o'zaro hamkorlik rejalarini tuzmoqda.