IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 155 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Talabalar turar joyi

      Talabalar turar joyi to’rt qavatdan iborat bo’lib, 180 nafar talabaga mo’ljallangan. Uning har bir qavatida talabalar orasidan sardorlar tayinlangan. Har bir qavatda ma’naviyat xonalari, oshxonalar, maishiy xizmat ko’rsatish xonalari hamda har bir sektsiyalarda alohida-alohida yuvinish xonalari mavjud. Har bir ma’naviyat xonasida kompyuterlar, turli mavzudagi adabiyotlar, gazeta va jurnallar mavjud.

Talabalar turar joyida 2 kishilik hamda 4 kishilik xonalar bo’lib, u katta va kichik shkaflar, karavotlar, stol-stullar, gilamlar, elektr chiroqlari va idish-tovoqlar bilan ta’minlangan.

Iqtidorli va intizomli talabalar uchun alohida «lyuks» xonalar ajratilgan.

«Kamolot» YoIH va kafedra tomonidan Talabalar turar joyida har oyda turli xil tadbirlar, davra suhbati, bahs-munozara shaklidagi ma’ruzalar o’tkazib turiladi.

Shuningdek, yotoqxonada talabalar uchun maishiy xizmat turlaridan sartaroshxona va tikuvchilik to’garagi hamda tibbiy ko’rik punkti xizmat ko’rsatadi. Talabalarning ota-onalari va boshqa qarindoshlari uchun talabalar turar joyiga kirishga va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishishga ruxsat beriladi. Talabalar tashabbusi bilan ochilgan pianino chalish va ingliz tilini o’rganish to’garagi ham faoliyat ko’rsatmoqda.

2003-yilda universitet talabalar uyi Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlari orasida o’tkazilgan «Talabalar turar joyi – mening ikkinchi uyim» ko’rik-tanlovida 1-o’rinni olgan.

Universitetda har yili «Eng namunali xona», «Eng toza qavat» ko’rik-tanlovlari o’tkazilib, g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Universitet ma’muriyati tomonidan talabalarning yashash sharoitlari doimiy nazorat qilib boriladi.

 

 

2soglombola