Universitetning o'quv bo'limi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim haqida"gi qonuni asosida Oliy maktab oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga, o'quv jarayoni va unga tegishli bo'lgan ishlarni tashkil etish va takomillashtirish borasida universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa bo'linmalari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari, universitet Ilmiy kengashi qarorlari, rektorat buyruqlari va farmoyishlarini hayotga tadbiq etadi va bajarilishini nazorat qilish bilan bir qatorda quyidagi ishlarni amalga oshiradi;
- O'quv jarayonini rejalashtiradi, tashkil qiladi va unga boshchilik qiladi.
- Universitet kafedralarida, shuningdek boshqa Oliy o'quv yurtlarida talabalarni o'qitishning samarali shakllarini, o'quv rejalarini, o'quv jarayonini tashkil etishni o'rganadi hamda ularni hayotga tadbiq etish yuzasidan takliflar kiritadi.
- Dars jadvallari, ishchi o'quv rejalari tuzish ustida ish olib boradi va ularga rioya qilinishi yuzasidan qattiq nazorat olib boradi.
- Universitet professor-o'qituvchilar tarkibi tomonidan o'quv rejalar va yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi: soatbay to'lov asosidagi va o'rindosh o'qituvchilar o'quv yuklamalarini belgilaydi; professor-o'qituvchilar tarkibining zamonaviy va peshqadam tajribalarini o'rganadi va umumtashtiradi;
- Yosh o'qituvchilarning malaka va tajriba orttirishini tashkil qiladi;
- Universitet professor-o'qituvchilarining malaka oshirishini tashkil qiladi va tegishli rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlagan qoida talabalarning malakaviy pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
O'quv bo'limi tarkibi universitet shtatlar jadvaliga ko'ra: o'quv bo'limi boshlig'i T.Normatov, nazoratchi H.Nazirova, statist J.Tadjboev va dispetcher S.Xolmatovadan iborat.