Monitoring, axborot-tahlil va nazorat bo’limining asosiy vazifalari:
Universitetda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari,
farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari,
buyruqlari, yo’riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek,
rektorning buyruqlari bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish,
monitoring natijalari bo’yicha Ilmiy kengashiga hisobot berish, Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitet saytiga kelib tushgan barcha
hujjatlar ijrosi yuzasidan zarur ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va
ijrosini nazorat qilish.
Universitetda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini
yaratadi va uning doimiy yangilanib, to’ldirib borilishini ta’minlaydi.
Universitetning boshqarish organlari (rektorat, ilmiy kengash)ga ta’lim
jarayonini takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar
tayyorlaydi.
Universitet tarkibiy qismlari ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ularga amaliy va uslubiy
yordam ko’rsatadi.
Universitetda to’plangan ilg’or tajribalarni o’rganadi, umumlashtiradi va ularni
ommalashtirish bo’yicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan monitoring ma’lumotlarini
mutasaddi tashkilotlarga o’z muddatida va sifatli taqdim etilishini ta’minlaydi.
Monitoring, axborot-tahlil va nazorat bo’limining mansab jadvali boshliq,
birinchi toifali metodist va inspektorlardan iboratdir.
Monitoring, axborot-tahlil va nazorat bo’limi to’g’ridan-to’g’ri universitet
rektoriga bo’ysungan holda o’z faoliyatini rektor tomonidan tasdiqlangan yillik
rejaga muvofiq amalga oshiradi.
Bo’limning faoliyati muntazam ravishda universitetning Ilmiy kengashida muhokama
qilinadi va hisobot Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining “Monitoring”
bo’limiga o’quv yilning oxirida taqdim etiladi.