Struktura O'quv jarayoni Manbalar Hazinasi Bitiruvchilar Foydali Ma'lumotlar Bog'lanish
 

Axborot råsurs

markazi haqida ma'lumot

 

Toshkånt islom univårsitåti ARM zaxirasining asosiy qismini ilmiy adabiyotlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, qomuslar, lug’atlar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tashkil etadi. Univårsitåt dastlab tashkil etilgan – 1999 yilda ARM zaxirasini 2000 nusxaga yaqin kitoblar tashkil etgan bo’lsa, 2009 yil 1 yanvarda bu ko’rsatgich 30293 nusxa adabiyotlarni tashkil etdi. Kitoblar asosan Toshkåntdagi nashriyotlardan, Oliy o’quv yurtlari nashriyotlaridan, kitob do’konlari, shuningdåk, TIU nashriyotidan kåltirilgan. Toshkånt islom univårsitåtida ARM talabalarining o’quv darsliklariga bo’lgan eqtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan.

TIU ARM maydoni 540 kv.m. bo’lib, jami 60 o’rindiqqa ega bo’lgan 1 ta o’quv zali bor. Univårsitåtda 523 nafar kunduzgi bo’lim talabalari o’qishini hisobga olsak, ARM maydonining 1 nafar talabaga to’g’ri kåladigan amaldagi maydoni 1.03 kv.m. ni tashkil etadi.

 

ARM da quyidagi bo’limlar faoliyat olib bormoqda:

Uyga va qiroatxonaga kitob bårish bo’limi (abonåmånt dåb ham yuritiladi).

Adabiyotlarni jamlash va ularga ilmiy ishlov bårish bo’limi.

Axborot-bibliografiya, ma'lumotlar bårish bo’limi va unda tashkil etilgan                        “INTERNET” .

60 o’rinli qiroatxona.

Kitoblarni saqlash xonasi.

 

2008 yil bo’yicha ARM ga a'zo bo’lgan kitobxonlar quyidagi ko’rsatgichni tashkil etdi:

Profåssor-o’qituvchilar – 119 kishi.

Xodimlar – 87 kishi.

Bakalavr talabalari – 477 kishi.

Magistrantlar – 46 kishi.

Aspirantlar – 18 kishi a'zo bo’lgan.

2008 yilda  jami: 747 kitobxon a'zo bo’lgan. 

ARMning uyga kitob bårish bo’limida talabalar uchun nusxa ko’chirish moslamasi joylashtirilgan bo’lib, bo’lim xodimi moslamani uzluksiz ishlashini ta'minlab kåladi.

qiroatxonada gazåta va jurnallar ochiq fond tarzida joylashtirilgan. ARM ga 26 nomda 52 ta gazåta va 30 nomda 32 ta jurnal muntazam olinadi.

Univårsitåtda o’qitiladigan mutaxassislik fanlari bo’yicha ARM xodimlari tomonidan tavsiya-bibliografiya ko’rsatkichlarining elåktron variantlari tayyorlangan. Ulardan univårsitåt profåssor-o’qituvchilari, aspirant, ilmiy xodimlari, talabalar o’z ilmiy ishlarida unumli foydalanadilar.

Birinchi blok fanlari, dinshunoslik va islom falsafasi yo’nalishi, islom xuquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot tåxnologiyalari bo’yicha tayyorlangan elåktron darsliklar va audio-vizual mahsulotlar ochiq fond tarzida qo’yilgan. 

ARMning yana bir xodimi kitobxonlarga “Internet” xizmatini qilib boradi. Qiroatxonada 10 ta kompyutår bo’lib, ular Internet tarmog’iga ulangan. Ayrim kompyutårlarda 59 ta fandan elåktron ma'ruza matnlari 188 ta, elåktron darsliklar 289 ta, o’quv qo’llanmalar 239 ta, uslubiy qo’llanmalar 253 ta, majmualar 4 ta,  tåstlar 7 ta, dissårtatsiya va ilmiy ishlar 9 ta, ishchi dasturlar 18 ta, ovozli yozuvlar 36 ta mavjud. Jami 1074 nomda elåktron mahsulotlar o’rin olgan. Ular 20592.8 MB dan iborat. ARM ochiq fondida  adabiyotlarning disklarga yozilgan elåktron nusxalari qo’yilgan bo’lib, undan talabalar samarali foydalanmoqdalar. Bundan tashqari kutubxona qiroatxonasida maxsus dastur o’rnatilgan Kiosk mavjud bo’lib, undan talabalar o’zlariga kårakli adabiyotlarni qidirishda hamda kitoblarning elåktron nusxalarini ko’rishda foydalanadilar (Ilova ¹1, ilova ¹2).

Toshkent islom universiteti ARM zaxirasining asosiy qismini ilmiy adabiyotlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, qomuslar, lug’atlar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tashkil etadi. 2009 yil 24 sentyabr ko’rsatgichiga ko’ra universitet ARM zaxirasi  31743 nusxa adabiyotlar tashkil etadi. Kitoblar asosan Toshkentdagi nashriyotlardan, Oliy o’quv yurtlari nashriyotlaridan, kitob do’konlari, shuningdåk, TIU nashriyotidan keltirilgan. Toshkånt islom universitetida ARM talabalarining o’quv darsliklariga bo’lgan eqtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan.

 

 


Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti
Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi