Struktura O'quv jarayoni Manbalar Hazinasi Bitiruvchilar Foydali Ma'lumotlar Bog'lanish
 

Bosh sahifa

"Toshkent islom universiteti", O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil 7-apreldagi, Islom dinining boy va o'ziga xos boyliklarini chuqur o'rganish, avaylab asrash, yuksalib kelayotgan kelajak avlodga yetkazish, hamda aholining diniy ilmlar bo'yicha bilimlarini boyitish, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadidagi qarori asodida tashkil etilgan.

O'zbekiston prezindenti islom uiniversitetining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimda shaxsan ishtirok etdilar va faxriy mehmonlarni qayd qilish kitobida quyidagi yozuvni yozib qoldirdilar:

Yangiliklar

28.01.2010 TIU majlislar xonasida Respublika “Salomatlik va tibbiy statistika” instituti “Sog’lom turmush tarzi” bo’limi uslubchi-shifokori N.S.Maqsudova va “Sotsiologik monitoring” bo’limi guruh rahbari Q.O.Musayevlar “Sog’lom turmush tarzi va hayot” mavzusida zamonaviy axborot texnologiyalarini hamda aniq faktlarga asoslangan slayd va videoroliklarni qo’llagan holda ma’ruza o’tkazdilar.

28.01.2010 TIU iqtidorli talabalari bilan “Ziyo” studiyasi, “Islom ziyosi” talabalar gazetasi hamda “Ziyo sadosi” radiosi faoliyatining sifatini yaxshilash yuzasidan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni mas’ul xodimi Sh.Islomov, prorektor Sh.Akmalov, MMITBIB boshlig’i M.Artikova, dekan o’rinbosari O.Mavlonovlar ishtirok etdilar.

26.01.2010 TIU majlislar zalida “Barkamol avlod va ekologiya” mavzusida ilmiy-uslubiy davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda O’zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo’mitasi devoni rahbari A.A.Tulyaganov va Mintaqaviy ekologik markazining O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori T.A.Sultonovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Davra suhbati sermazmun va savol-javob shaklida bo’lib o’tdi.

23.01.2010 23.01.2010 TIU Informatika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan «XXI asr – intellektual yoshlar asri» mavzusida «Islom huquqi» yo’nalishi va «Dinshunoslik» yo’nalishi 1-kurs talabalarining o’zaro bellashuvi bo’lib o’tdi.

22.01.2010 TIU XQK raisi H.To’ychiyeva va MMITBIB boshlig’i M.Artikovalar ishtirokida universitet talaba-qizlari bilan “Ma’naviy qadriyatlar va diniy marosimlarda ayollarning o’rni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

20.01.2010 TIU talabalarining “Islom huquqi” kafedrasi o’qituvchilari bilan “Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

19-20.01.2010 TIU sport majmuasida “Vatan himoyachilari va O’zbekiston qurolli kuchlari kuni”ga bag’ishlab talabalar va litsey o’quvchilari terma jamoalari o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

16.01.2010 “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab “Vatanimiz o’g’lonlari” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi. Kechada sahna ko’rinishlari qo’yildi va talabalar o’rtasida viktorina savol-javoblari o’tkazili. G’olib talabalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbirni Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishi 1-kurs talaba-qizlari tashkil etdilar.

05.01.2010 TIU Kasaba uyushmasi tomonidan professor-o’qituvchi va xodimlar uchun yangi yil bayram kechasi uyushtirildi.

05.01.2010 TIUda “Barkamol avlodni shakllantirish omillari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Seminarda barcha kafedralar professor-o’qituvchilari, xodim va tadqiqotchilari ishtirok etdilar.



Arhiv >>



Barcha huquqlar himoyalangan 2010, © Toshkent Islom Universiteti
Sayt ziyo.uz tomonidan tayyorlandi